Home / Madaniyat / IShQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI

IShQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI

Sizga ettinchi sinfda berilgan malumotlardan ayonki, dostonlar hamisha favqulodda voqealar hamda oddiy bulmagan odamlar tasviriga asoslanadi. Dostonlarning ijodkorlari real odamlar haqida hikoya qilishdan kura inson tugrisidagi uz orzularini ifodalashga kuproq harakat qilganlar. Dostonlarning syujeti ham shunchaki voqealar, oddiy kechmishlardan emas, balki haddan tashqari qiziqarli, qurqinchli, kutilmagan sarguzashtlardan iborat buladi.

romanKhalq dostonlarining juda katta qismi sevgi sarguzashtlarini tasvirlashga bagishlanadi. Bunday asarlar adabiyotshunoslikda ishqiy dostonlar deyiladi. Shunisi muhimki, doston qahramonlarining muhabbati ham doim gayri oddiy tarzda boshlanib, davom etadi va yakun topadi. Etibor bering, „Ravshan“da Zulkhumor uzukda kuringan edi, „Kuntugmish“da esa, Kholbeka yigitni tushida yuliqtiradi, Kuntugmish qizning suratiga oshiq bulib qoladi. Ishqiy dostonlarning uziga khos asosiy badiiy belgisi ham aynan, bir-birini kurmagan odamlar urtasida goyibdan sevgi paydo bulishidir. Bunday ilohiy muhabbat uning qadru qimmatini oshiradi. Doston qahramonlari ham favqulodda ulkan jismoniy, aqliy, ruhiy qudratga ega kishilar sifatida tasvirlanadi. Ularning murod-maqsadlariga erishishlari ham hech qachon oson kechmaydi. Chunki yakhshi niyatli kishilar yuliga tuganoq buladigan shayton malaylari hamisha, hamma makonu zamonlarda ham bor. Doston qahramonlari ana shunday kuchlarga qarshi kurash yulida, kupincha, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar kursatadilar. Adabiyotshunoslik ilmida bu khildagi asarlar qahramonlik dostonlari sanaladi. Ishqiy dostonlarning hammasida qahramonlik unsurlari uchraydi. Shuning uchun ham bu khildagi asarlarni ishqiy-qahramonlik dostonlari deyish tugriroq buladi. Chunonchi, Hasankhonning uch oylik yulni yigirma kunda bosib utishi va bir uzi sanoqsiz dushmanlarga qarshi turishi yoki Kuntugmishning shuncha zamondan beri kuplab odamlar enga olmagan ajdarni uldirishi, tosh bostirib quyilgan kigizdan uz- ganing kumagisiz khalos bulishi singari lavhalar qahramonlik namunalaridir.

Sevgi hamisha odamni qahramonlikka, jasoratga undaydi. Qahramonlik esa maqsad yulidagi fidoyilik, muhabbatning ushalishiga olib keladi. Boshqa hamma qizlardan husni, aqli, manaviy fazilatlari bilan ortiq bulgan suluvga oshiq bulgan yigit dostonda, albatta. qator qahramonlik namunalarini kursatishi va uz muhabbatiga mashaqqatli sinovlar orqali etishuvi shart bulgan.

Ishqiy-qahramonlik mavzusidagi dostonlar miqdor jihatidan boshqa yunalishdagi dostonlardan kuproqdir. Chunki bu khil asarlar voqealar tasvirini tahsirchan ifodalash, tinglovchilarni qahramonlarga ergashtirib, oliyjanoblikka, yakhshilikka chorlash kabi kup imkoniyatlarga egadir.

Siz tanishib chiqqan „Kuntugmish“ dostoni ham bir-biriga ilohiy sevgi bilan boglangan ikki kishining mashaqqatlarga tula muhabbat tarikhi tasviriga bagishlangan. Kuntugmish va Kholbekani adoqsiz azoblar ichidan olib chiqqan tuygu pokiza, sof sevgi hamda adolat tantanasiga bulgan kuchli ishonchdir. Ishqiy-qahramonlik dostonlari bundan ming yillar oldin aytila boshlagan bulsa-da, hanuzgacha badiiy tasir qudratini yuqotgan emas. Chunki sevgi-muhabbat inson hayotida har doim muhim urin tutadi. Inson yuragidagi yuksak tuygular eskirmas ekan, uning kurkam badiiy ifodasi ham ohorini yuqotmay qolaveradi.

Quyidagi testlarni echishga harakat qiling:

  1. Kuntugmish: “Ulaman deb, yorin kurmay ketarmi?”, degan mardona suzlarni qachon va nega aytgan?

A. Kholbeka huzuriga ilk bor kirganida. B. Jallod quliga tushganda. V. Bozorda yurganida. G. Ovda.

  1. Kholbekaning: “Merganlar irim qib otmas yolgizni” suzlari kimga aytilgani va ularning zamiridagi manoni toping.

A. Khonga. Sevgan kishini uldirmaydilar. B. Zamonqulga. YOlgiz yigitni podshoga chaqma. V. Jallodlarga. Ovchilar yolgiz uchgan qushni otmaydilar. Kuntugmish yolgiz yigit. uni uldirmang. G. Aldarkhujaga. Bolalarimni emizdirib olayin.

  1. Qaysi javobda Mohiboy tabiatiga khos khususiyatlartugri kursatilgan?

A. Qaysar, aqlli. B. Epchil, shukh, dangasa.V. Odobli, bosiq. G. Qaysar, tezob, mard, tanti, qurqmas, qaytmas.

  1. “Ravshan” dostonida Zulkhumor uzukda kurinadi. Uzuk kimniki edi?

A. Gurugliniki. B. Hasanniki. V. Ravshanniki. G. Yunus pariniki. D. Misqol pariniki.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари