Home / Sport / Hujumchilar ham havas qiladi: dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari
Место рекламы

Hujumchilar ham havas qiladi: dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari

Joriy 2020/21 yilgi mavsum zamonaviy futbolda markaziy himoyachining urni nihoyatda beqiyos ekanligini kursatdi. Ushbu mavsum davomida manaman degan grand jamoalar himoyadagi muammolarga duch keldi va hamon bu muammolardan aziyat chekmoqda. Bazi klublarda jarohat olgan himoyachilar kup bulsa, boshqalarida shunchaki bu pozisiyada yuqori darajadagi uyinchilar yuq. Mavsum yakunida hujumchilar uchun bulgani kabi, mudofaa vakillari uchun ham shiddatli kurash kechishi aniq. FootballHD nashri Transfermarkt portali malumotlariga kura dunyoning ayni damdagi eng qimmat markaziy himoyachilari haqida material tayyorladi. Quyida ushbu maqola uzbek tilida taqdim etiladi.

David Alaba — 55 million evro

Foto: FootBoom

Alaba yuqori darajali himoyachi shu sababli «Bavariya» uning shartnomani uzaytirmoqchi emasligidan afsusda. Ammo ushbu mavsumda avstriyalik Myunkhen klubining butun boshli himoyasi singari uzini yakhshi tomondan kursata olmayapti. Joriy 2020/21 yilgi mavsum «rekordmeyster» Bundesligada 31 ta gol utkazib yuborishga ulgurdi — bu deyarli avvalgi ikki mavsumdagi bilan bir khil natijadir. Balki vaziyatning uzgarishi futbolchiga yakhshi tomondan tasir kursatar. «Bavariya» bilan Alaba barcha sovrinlarni qulga kiritdi va ehtimol, u ishtiyoqni yuqotgandir. Agar mish-mishlarga ishonilsa, himoyachi yangi mavsumda muvaffaqiyatlarini «Real» bilan birga takrorlashga harakat qilib kuradi.

Kalidu Kulibali — 60 million evro

Foto: Getty Images

Kulibali «Napoli»ning asosiy aktivi hisoblanadi. Neapolliklar mana bir necha yildirki, himoyachini uz safiga qushib olishni khohlagan boshqa klublarning hamlalarini qaytarish bilan shugullanmoqda. Ayniqsa «Manchester Siti» senegallik uchun jiddiy kurashga kirgandi, ammo futbolchi yakunda baribir Neapolda qoldi. Klub futbolchini yana qancha vaqt ushlab tura oladi, mana shu hamon katta savolligicha qolmoqda. Kulibalining esa yoshi utib bormoqda (hozir 29 yoshda), «Napoli» esa nufuzli sovrinlar uchun kurashishga qodir jamoaga ukhshamayapti. Senegallikning yozda Neapolni tark etishi kutilmoqda. Futbolchining shartnomasi esa 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Aymerik Lyaport — 60 million evro

Foto: Getty Images

Lyaport bir muddat «Manchester Siti» tarikhidagi eng qimmat himoyachi bulib turgan. 2018 yilning yanvar oyida «shaharliklar» futbolchining transferi uchun 65 million evro tulagandi. Ammo Aymerikni «Siti»ning eng muvaffaqiyatli markaziy himoyachisi deb atash biroz qiyinroq. 2018/19 yilgi mavsumda fransiyalik Khosep Gvardiola jamoasining asosiy himoyachisi edi. Ammo u 2019/20 yilgi mavsumning katta qismini tizzasidan olgan jarohati tufayli utkazib yubordi. Hozirgi mavsumda esa deyarli uynamayapti. Bir tomondan, «shaharliklar» Ruben Diash bilan shartnoma imzoladi, u esa darhol asosiy himoyachiga aylandi. Boshqa tomondan, kutilmaganda Jon Stounz ajoyib uyin kursata boshladi. Aynan shu ikki himoyachi hozirda Gvardiola jamoasining muvaffaqiyatlarida katta urin tutmoqda. Lyaportga esa shunchaki maydonda joy etmayapti.

Ruben Diash — 60 million evro

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bir necha yil davomida malakali himoyachilarni akhtarish bilan shugullandi. Bu vaqt ichida «Etihad»dan millionlab evro uchib ketdi. Nihoyat, «shaharliklar» izlagan futbolchisini topishga muvaffaq buldi. 2020 yilning sentyabr oyida ingliz klubi «Benfika»dan Ruben Diashni 68 million evroga sotib oldi. Bu safar oldingilaridan farqli ularoq «Siti» adashmadi. Portugaliyalik hozirda «Siti» galabali seriyasining muhim elementi bulib, barcha musobaqalarda jami 19 ta uchrashuv utkazdi. Diash va Stounz juftligi nafaqat Angliyada, balki butun Evropada ham eng yakhshilaridan bulib turibdi. Aynan himoya chizigining kuchayishi bilan «Manchester Siti» APL va Chempionlar Ligasida golib bulish uchun asosiy davogarga aylandi.

Dayo Upamekano — 60 million evro

Foto: Twitter

Upamekano Evropaning eng iqtidorli himoyachilaridan biri hisoblanadi. Yigitcha atigi 22 yoshda, ammo u allaqachon «Leypsig»ning asosiy futbolchisi bulib, Chempionlar Ligasida uynamoqda. Shuningdek, Bundesligada chempionlik uchun uzining bulajaka jamoasi «Bavariya» bilan kurashni davom ettirmoqda. Futbolchi mavsum okhirida aynan Myunkhen klubiga kuchib utadi. Fransuzga Angliya klublaridan jiddiy qiziqishlar bulgandi, ammo u Germaniyani tark etmaslikka qaror qildi. «Bavariya»ga Upamekanoning transferi nisbatan arzonroq tushdi. Hozirgi sharoitda yuqori darajali markaziy himoyachi uchun 42,5 million evro unchalik katta pul emas. «Rekordmeyster» Alabaning ketishidan qattiq tashvishdaligi rost, ammo klub avstriyalikning urnini juda yakhshi kadr bilan yopdi deb bemalol aytish mumkin.

Khose Khimenes — 65 million evro

Foto: Twitter

Khimenes «Atletiko»ning eng muhim uyinchilaridan biridir. Garchi uni kup hollarda jarohatlar qiynasa ham, u asosiy tarkib futbolchisi maqomini yuqotmaydi. Yana bir jihat ham borki, urugvaylik himoyachilar hujumchilarga qaraganda kuproq qadrlanadigan jamoada tup suradi. Khimenes «Atletiko»ga qulidan kelganicha yordam beradi va uning harakatlar besamar ketmayapti. Diego Simeone qadrlaydigan futbolchiga boshqa klublar ham doimiy ravishda kuz tikib turadi. 2019/20 yilgi mavsum sunggida «Chelsi» unga jiddiy qiziqish bildirgan edi, ammo «matraschilar» uni yaqin orada hech qaerga quyib yuborishmasa kerak. Madrid klubi hamshaharlaridan farqli ularoq qimmatbaho va noyob kadrlarni shunchaki kimgadir berib yubormaydi.

Rafael Varan — 70 million evro

Foto: Getty Images

Varanning professional va yuqori darajali uyinchi ekaniga hech kim shubha qilmaydi. Ammo sunggi paytlarda u uz imkoniyatlaridan pastroq darajada uyin kursatmoqda. Hammasi utgan mavsumda, «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida boshlandi va bu hamon davom etmoqda. Fransuz muntazam ravishda khatolarga yul quymoqda va eng yomoni, uni qullab-quvvatlaydigan hech kim yuq. Varan Serkhio Ramos bilan birgalikda barqaror va khotirjamroq uynaydi, ammo ispaniyalik yuq paytlarda, albatta, nimadir sodir buladi. Ehtimol, Varan sardor (Ramos) bulmaganida «Real»ning etakchi himoyachisi bulish bosimiga dosh bera olmayotgandir. Ammo futbolchining maqomi, qulga kiritgan sovrinlari soni va transfer narkhi hisobga olinsa, bunday deyish biroz erish tuyulishi ham mumkin.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

SY-2HpHDERj6i9A3s5ABEFrzwWRPv4pC

Suares bir oyogi bilan «Atletiko»da. Nega «Yuventus»damas?

Yilning asosiy transfer seriallaridan birida kutilmagan burilish ruy berdi. Foto: Quality Sport Images/Getty Images «Barselona» …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари