Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi muassasa shaklidagi «Uzbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi» nodavlat notijorat tashkilotini davlat ruykhatidan utkazdi. Bu haqda vazirlik saytida khabar berildi.
Muassasa shaklidagi «Uzbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi» nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari Uzbekiston Respublikasining fuqarosi bulgan va khorijiy mamlakatlarda uqiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qullab-quvvatlash va ragbatlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda uz urnini topishiga kumaklashish hisoblanadi.