Home / Jamiyat / Hojatkhona inqilobi – amalda ham buldimi? Yana usha ulmas mavzuga qaytib

Hojatkhona inqilobi – amalda ham buldimi? Yana usha ulmas mavzuga qaytib

Hojatkhonalar masalasida kup va khub yozildi. 2018 yil boshida Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi tashabbusi bilan Uzbekistonda mamlakatimiz fuqarolari va khorijiy mehmonlar uchun sayohat davomida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hojatkhona khizmatini takomillashtirish buyicha keskin islohotlar utkazilishi rejalashtirilayotgani malum qilindi. Avvalo khorijiy sayyohlar, uz khalqimiz uchun qulay hojatkhonalar juda kamligi tan olindi va masala echimi yuzasidan qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hojatkhona qurib ishga tushirganlarga bir qancha soliq imtiyozlari taklif qilindi. Yurtimizda endi «Hojatkhona inqilobi» ruy beradigandek edi. Ammo hanuz bir joyda depsinib turgandekmiz.

Bekobod tumani, Zafar shaharchasi, 2017 yil. Foto: KUN.UZ

Hojatkhonalar muammosi nafaqat bizda, balki butun dunyoda murakkab muammolardan biri hisoblanadi.

Uzbekiston

Dastlab dunyoni quyaturamizda, uzimizdagi ahvol tugrisida gaplashamiz. Oddiy misol, shaharlarni boglovchi katta yullar yoqasida teskari qarab hojatini chiqarayotgan odamlarga albatta kuzimiz tushadi. Avval bunday holat faqat uzoq yullarda kuzatilardi, hozir yirik shaharlarda, hatto poytakhtda ham «yul chetiga utish» odat tusiga kirmoqda.

Yullar chetlariga hojatkhonalar qurish masalasi bir necha marta kutarildi va yana ushancha marta unutildi. YOqilgi quyish shokhobchalari, dukonlar ham hech bulmasa uz kharidorlari uchun sifatli khizmatni yulga quyishni uylamadi, uylaganlari, amalga oshirganlari ham bizning «uta kuchli madaniyatimiz» tufayli qullarini yuvib qultiqqa urdilar. Ishlab turganlariga ham servis nolga yaqin bulgani holda durustgina pul tulanadi. Mayli, shularning ham boriga shukr, harqalay jonga oro kiradi. Lekin ular juda kam.

Misollarga etibor bering: poytakhtdagi Oybek metrosidan «Shahrisabz» kuchasi buylab Mustaqillik maydoniga qadar boraylik. Maqsad yagona — hojatkhona topish! Ammo kuchalar gavjum, obod, katta-katta binolar bisyor, ammo usha kichkinasi yuq. YOki Bunyodkor kuchasi buylab Chilonzor metrosidan Novza metrosiga qadar 3 kilometrga yaqin masofada birorta hojatkhona uchratmaysiz. Guyoki bunday maskan shahar qiyofasini buzadigandek. Khush, shahar qiyofasini hojatga zarurati tugilganlar majburiyatdan buzishmaydimi? Bu hali davlatimiz markazi bulgan poytakhtdagi ahvol. Viloyatlardagi vaziyatni tasavvur qilish mushkul emas.

Uzbekistonda bu muammo buyicha alohida tadqiqot olib borilgani, rasmiy malumotlar chop etilganidan bekhabarmiz. Bir qarashda muammo u qadar yaqqol kuzga tashlanmasa-da, qilinadigan ishlar hali kup. Qishloq hududlarida hamon chuqurlar shaklidagi hojatkhonalardan foydalaniladi, ayrimlari oqar suv havzalariga ulab yuborilgan, «ochiq osmon osti»dan hojatkhona urnida foydalanishdan ham tuliq voz kechilmagan. Tumanlarda, hatto viloyat markazlarida ham markaziy kanalizasiya tizimida muammolar bor, suv taminoti past darajada. Tibbiyot tizimi etarli rivojlangani, har qanday yuqumli kasalliklarning kupayishiga jiddiy qaralishi tufayli bu muammo ortidan kelib chiqishi mumkin bulgan asoratlargina jilovlab turiladi.

Alohida masala – hojatkhonadan foydalanish madaniyati.

Bu muammo yakhlit qaralganda qars ikki quldan chiqayotgani yaqqol kuzga tashlanadi. Bizda jamoat hojatkhonalari yuq hisobi, borlaridan ham lozim darajada foydalana olmaymiz, kirib chiqarkanmiz, uzimizdan keyingi ahvolni faqat uzimiz bilamiz.

Buni bir misol bilan tushuntirish mumkin. Yangi masjidlar qurilmoqda, mavjudlari tamirlanmoqda. Ularda birinchi navbatda va qurilishi zarur bulgan bino tahoratkhonalardir. Yangi masjid, yangi tahoratkhona. Kirganingizda bahri-dilingiz ochiladi. Har qadamda hojatkhonadan foydalanish odobi haqida elonlar osilgan. Ammo masjid khodimlari har qancha harakat qilishmasin, ortimizdan tozalashmasin, kup utmay har qanday tahoratkhonani abgor holatga keltiramiz quyamiz.

Aslida bor hojatkhonalarni ham badbuy qilayotgan, uzidan keyin birovni yaqinlashtirmay quyadigan, bu jarayonga faqat burun jiyiradigan holat degan tushunchani ongimizga singdirib olgan sizu biz emasmi?! Turizm buyicha katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Uzbekiston umumiy uyimiz deymiz, uyimizga kup sonli va obruli mehmonlar kelishmoqda. Khush, ularni qanday kutib olamiz? Qanday jihatlar bilan mehmonlar yodida qolamiz?! Davlat hojatkhonalar muammosiga jiddiy kirishgudek bulsa, biz ularni lozim darajada saqlay olamizmi?

Uzimizku birorta bunday maskan qurishni, ishga tushirishni khayolimizga ham keltirmaymiz. Ammo boridan tugri foydalana bilishni ham boplaymiz. Jamoat hojatkhonalarining kirish eshigidan tortib eng ichki khonasigacha, suv saqlagich bakigacha turli-tuman ogohlantiruvchi yozuvlar ilib tashlangan: «Iflos qilmang!», «Suvni haydang!», «Qogozni chelakka tashlang!», «Pista chaqmang», «Nos tuflamang!», «Chekmang!»… Darvoqe, chekuvchilar!.. O, bu endi alohida mavzuning ichidagi alohida mavzu. Chekish va hojat jarayonini uygunlashtira bilgan, uzi har ikki «lazzat»dan bahra olgani etmaganday, ketganidan sung qoldirgan hidiga suvarak ham mast bulib agdariladigan bunday insonlar qanday paydo buladi, qaerdan keladi, bunisi endi rosa katta savol.

Dunyo – «Butunjahon hojatkhona tashkiloti»

Ha, aynan mana shunday tuzilma bor va u juda jiddiy tashkilot hisoblanadi. Singapurda asos solingan «Butunjahon hojatkhona tashkiloti» aynan mana shu masala bilan dunyo miqyosida shugullanadi va ularning tadqiqotlari hayratga soladi.

Yigirma birinchi asrga kelib ham qashshoq davlatlarda qishloqlar qolib, butun bir shaharlar ham markaziy kanalizasiya tizimiga ega emas va davlatlarning iqtisodiy ahvoliga kura yaqin yillarda ega bulmaydi ham. Insonlar esa yashashda davom etadi, ulardagi tabiiy jarayonlar ham tukhtab qolmaydi, albatta. Va shusiz ham abgor hududlar yana inson organizmidan chiqayotgan chiqitga botib ketaveradi.

2015 yilda BMT ochiq osmon ostida hojat chiqarishga butunlay barham berish buyicha chaqiriq bilan chiqqan. Bunga etarli asoslar bor. Hindiston, Bangladesh, Keniya, Haiti, Serra-Leone kabi davlatlarda milliardlab odamlar etarli sharoit yuqligi tufayli kuchalardan hojat chiqaradi. Bu atrof-muhit, tozalikka tasir qilmay qolmaydi.

Malumot uchun: Har yili antisanitar holat, zararli suv ortidan kelib chiqqan kasalliklar tufayli 1,5 million nafarga yaqin bola nobud buladi. Mazkur holat hojatkhonalar muammosiga uzviy bogliq. Bu bezgak, qizamiq va OITS kabi kasalliklar tufayli yuz beradigan ulimlar soni jamlanganida hosil buladigan raqamdan ham kuproqdir!

Kup davlatlarda qizlar hayz kurishdagi noqulayliklar, hojat chiqarish uchun sharoit yuqligi kabi sabablar tufayli maktabga umuman borishmaydi. Ayniqsa, Hindistonda katta aholi punktlarida ham hojatkhonalarning umuman yuqligi asrlardan buyon muammo bulib kelmoqda. Kuchalardan hojatkhona sifatida foydalanish odat tusiga kirib qolgan, bunga qarshi kurashda inglizlarning jazo qullashi-yu, sabr bilan saboq berishlari ham, Makhatma Gandining «Sanitariya biz uchun mustaqillikdan muhimroq!» degan iztirobli undovi ham kerakli natijani bermagan. Hindistonda hamon bu odatdan voz kechilmayapti.

1,33 milliard odam yashovchi bu davlatda aholining deyarli yarmi (dahshatli raqam) yo tugri kelgan ochiq joy yoki oddiy va iflos chuqurlardan hojatkhona urnida foydalanadi. Qishloq aholisining 72 foizi yashash uchun minimal sharoitga ham ega emasligi hisoblab chiqilgan. Muammo ortidan chiqib kelgan asoratlar ham juda jiddiy – 2015 yilning 4 iyulida 17 yoshli qiz kuchada hojat chiqarishga uyalgan, ota-onasi esa uzlarining asriy odatidan voz kechmagan holda hojatkhona qurishmagan. Bu esa qizning uz joniga qasd qilishiga sabab bulgan. Uttar-Pradesh shtatidagi ikki usmir qiz kechasi tabiiy ehtiyoj tufayli kuchaga chiqqan va bir guruh zuravonlar tomonidan zurlanib, osib uldirilgan.

2012 yil statistikasiga kura, dunyo buyicha 1 milliard odam muntazam ravishda ochiq osmon ostidan hojatkhona urnida foydalangan va raqam kamaygani yuq. Shu bois, dunyoning eng boy insonlaridan biri Bill Geyts ham insonlarni hech bulmaganda minimal sharoit bilan taminlashga bel boglagan va uning fondi kichik hamda arzon hojatkhonalar loyihasi echimi uchun 5 mln dollar mablag ajratgani, buning uchun dunyoning etakchi tadqiqot markazlari uz takliflarini kiritganlari bejiz emas.

Khulosa qisqa – inson uz umrining takhminan 6 oyini hojatkhonalarda utkazadi. Uyat hisoblangan bu jarayonga sarflagan vaqtimiz sanatoriy yoki kurortda dam olishimiz, aksariyat yaqin qarindoshlarimiz bilan birga utkazgan onlarimizdan ham kuproq.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари