Home / Jahon / Khitoy BMTni Hongkong ishlariga aralashishda aybladi
Место рекламы

Khitoy BMTni Hongkong ishlariga aralashishda aybladi

Foto: REUTERS / Tyrone Siu

BMTning inson huquqlari buyicha oliy komissari Mishel Bacheletning Hongkong haqida The South China Morning Post nashrida chop etilgan maqolasi Khitoy hukumati tomonidan keskin norozilikka sabab buldi.

Bachelet uz maqolasida Hongkongda namoyishchilarni tarqatish uchun qattiqqullik qilayotgan polisiyachilar ustidan shikoyatlarni tergov qilishga chaqirgan.

Khitoyning BMTdagi doimiy vakolatkhonasi maqolani “nomaqbul izoh” va “mamlakatning ichki ishlariga aralashuv” deb atagan.

Pekinda takidlanishicha, BMT tomonidan bunday qullab-quvvatlov namoyishchilarni yanada keskinroq harakatlarga undaydi, vaholanki ayni vaqtdagi birinchi navbatdagi vazifa “tartibni tiklash” hisoblanadi.

“Biz shuni takidlamoqchimizki, Hongkong Khitoyning bir qismidir va Hongkong ishlari Khitoy ichki ishlari hisoblanadi. Ularga birorta davlat, tashkilot yoki odam biror-bir shaklda aralashmasligi lozim”, deyilgan Khitoy tomoni bayonotida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp “Hongkongda inson huquqlari va demokratiyaning himoyalanishi tugrisida”gi hamda Hongkongga muayyan turdagi polisiya anjomlarini etkazishni taqiqlash tugrisidagi qonunlarni imzolagandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Gs-dcMc93ctyV6wNg2KFsEJLFUZa0caw

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Otabek Roziqov

Tailandda utayotgan futbol buyicha U-23 Osiyo chempionatida olimpiya jamoamizni qullab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ruziqul Berdiev …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари