Home / Iqtisodiyot / Hasana Qarzi – bu chiroyli qarz nima?
Место рекламы

Hasana Qarzi – bu chiroyli qarz nima?

Qarzi hasana – chiroyli qarz nima?

Foto: Shutterstock

Insoniyat jamiyati borki, unda odamlar uzaro muloqotda buladi, turli munosabatlar urnatadi va albatta har khil kurinishda oldi-berdi ham buladi. Khususan, quni-qushnilar va tanish-bilishlar urtasida biror buyumlarni foydalanish uchun berib turish, ijaraga taqdim etish holatlaridan tashqari, qarz oldi-berdisi ham bulishi shubhasiz. Qarz umuman olmayman, yoki umuman qarz bermayman, degan inson dunyo hayotida topilmasa kerak, yani har qanday inson umrida bir marta bulsin, kimdandir qarz oladi yoki kimgadir qarz beradi.

Shu bilan birga, qarz oldi-berdisi bilan bogliq munosabatlarda qarz olganning uz vaqtida qaytarmasligi yoki qarzni qaytarishga shoshilmasligi, qarz berganning haqini talab qilishida haddidan oshishi, zulm qilishi kabi holatlar tez-tez quloqqa chalinadi.

Ayni chogda, Islomda qarz berishning yana bir tushunchasi ham borki, bu ham bulsa, Allohning Uziga chiroyli qarz – qarzi hasana berishga bulgan chaqirigidir.

Khush, Islomda bu ijtimoiy muomala qanday tartibga solinadi? Islom moliyasi saytida elon qilingan maqolada shu savolga javob olishingiz mumkin.

«Qarz» suzining lugaviy manosi «kesish» degani. Qarz beruvchi uz molidan bir qismini kesib (uzib) bergani bois shunday deyilgan. Qarz, «kimdir foydalanishi va qaytarib berishi uchun berilgan mablag», – deya tariflangan. Qarz beruvchi bergan qarzidan ortigini talab qilishi, ribo (sudkhurlik)dir. «Qarzi hasan» – yakhshi qarz degani. Demak, qarz berishning yakhshisi ham, yomoni ham buladi.

Qarz, qaytarish sharti bilan Alloh taolo roziligini istab muayyan muddatga beriladi. Ammo qarzni kechib yuborgan yakhshiroqdir, zero Alloh taolo Baqara surasi, 280-oyatida shunday marhamat qiladi:

«Agar (qarzdor) qiynalsa, boyigunga qadar kutish lozim. Agar bilsangiz (bergan qarzingizni qarzdorga) cadaqa qilmogingiz, uzingiz uchun yakhshidir».

Quroni karimda «qarzi hasan» iborasi bir necha bor zikr etilgan, jumladan Hadid surasining 11-oyatida Alloh taolo:

«Allohga yakhshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta kupaytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor», – deya khitob qiladi.

Mufassirlar qarzi hasananing mukofoti jannat, deyishgan.

Qarzdor noqulay holatda buladi. Ana shu holatni etiborga olib, qarzdorga osonlik yaratgan boyga qiyomat kuni Alloh taolo tomonidan osonlik yaratilar ekan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kambagalga muhlat bersa yoki undan bazisini utib yuborsa, uni Alloh qiyomat kunida, Uzining soyasidan boshqa soya yuq kunda Arshining soyasiga oladi», – dedilar». Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.

Albatta qarzdor qarzini vada qilingan kunda yoki iloji bulsa undan oldinroq qaytarishi kerak. Olgan qarzini mol-mulkini sotib bulsa ham uzishi shart. Qarzni uzish zarurligi islomda shu qadar kuchli takidlanganki, qarzdan qutilish uchun sadaqa yoki zakot surashga ham izn berilgan. Chunki bu masala nafaqat moliyaviy, balki manaviy majburiyatdir.

Qarzni tulashga qodir bula turib uni uz vaqtida tulamaslik harom

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam qarz yuki, ayniqsa qaytarilmagan qarzning khunuk oqibatlari haqida ogohlantirib, undan ehtiyot bulishga chaqirganlar.

«Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdodni uqib bulib, uch marta: «Bu erda Banu Fulondan kim bor?», – dedilar. Bir kishi: «Men», – dedi. «Sohibingiz qarzi tufayli jannatdan tusilib turibdi», – dedilar». (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Islom bankchiligida qarzi-hasan tushunchasi

Islom moliyasi buyicha taniqli olim Munavvar Iqbol qarzi-hasanni quyidagicha tariflagan:

«Foizsiz qarz. Bank bunday qarz shartnomasi tuzgan holatda mijozga malum bir pul miqdorini beradi, mijoz esa aytilgan muddatda qarzni qaytarish majburiyatini oladi. Bank, qarzni qaytarish kafolati sifatida garov talab qilish huquqiga ega. Qarzni qaytarayotgan mijoz mamuriy kharajatlarni (yani bankning shu qarzni berish bilan bogliq turli kharajatlari) qoplash uchun ikhtiyoriy mukofot – hiba kurinishida bankka malum bir miqdorda pul berishi mumkin».

Bugungi kunda bazi ulamolar qarz faqat foizsiz bulishi mumkin, qarzi hasan esa Alloh taolo roziligi yulida qilingan ehsondir. Mumin kishi qilgan ehsonining ajrini Allohdan umid qiladi, degan manoda islom moliya tizimida «qarzi hasan» iborasini «foizsiz qarz» manosida qullashdan qaytarishadi (malumki foiz asosidagi qarz ayni ribo bulib, buni Islom qattiq qaytargan). Shunga asosan islomiy banklar qarzi-hasan iborasini qullashmaydi, balki oddiy «qarz» suzini ishlatishadi.

Alloh bandalari orasida, shu jumladan Uzbekiston mumin-musulmonlari ichida Uziga qarzi hasana beradigan bandalarini kupaytirsin!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ILfLzuj19-fbjwHOjhzJP9hv0tXFayXQ

Ohangaronga Niderlandiyadan 61 bosh zotdor qoramol olib kelindi, khorijdan yana 600 bosh olib kelish rejalashtirilgan – viloyat hokimligi

Ohangaron tumanidagi qoramolchilikka ikhtisoslashgan “Qurama qorabayirlari” MChJ tashabbusi bilan Niderlandiyadan 61 bosh naslli qoramol olib …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари