Home / Siyosat / Hasad – kuplab gunohlar manbai. Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbat
Место рекламы

Hasad – kuplab gunohlar manbai. Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbat

Insoniyat er yuzida istiqomat qilishni boshlagach sodir etilgan ilk gunoh hasaddan buldi. Qobil ukasi Hobilni uldirdi. Bugungi kunda ham hasaddan azob chekayotganlar yoki hasad illati bilan kasallanganlar oramizda kam emas. Khuja Alambardor masjidi imom khatibi Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbatimiz shu mavzuda kechdi.

Hasad nima? U qanday paydo buladi?

Hasad – manaviy illat. Insoniyat tarikhida ilk qotillikka hasad sabab bulgan. Lekin undan ham oldin Odam alayhissalomga jannatda hasad buldi. Shayton Odamga hasad qildi. Alloh taolo Odamni mukarram yaratganligini elon qilib, butun farishtalarni unga sajda qilishlikka targib qildi. Lekin yolgiz shayton uzini yaratilishdagi unsurda ulug ekanligi, yani «men olovdan yaratilgan bulsam, Odam tuproqdan yaratilgan bulsa», deb hasad qilib unga sajda qilmadi. Bu hasad natijasida shayton malun buldi. Allohning lanatiga giriftor buldi.

Odam alayhissalom er yuziga tushgach, aka ukasiga hasad qildi va ukasining qotili buldi. Bashariyat tarikhida ilk qotillik sodir buldi. Keyingi davrlarga qaraydigan bulsak, insoniyat eng kup hasaddan ozor kurgan va kurib kelmoqda.


Toshkent shahar «Khuja Alambardor» jome masjidi imom khatibi
Rahimberdi Rahmonov

Hasad – hamma gunohlarning onasi

Hasadguy odam uzi hasad qilgan odamning giybatini qiladi, yolgon guvohlik beradi, chaqimchilik qiladi, odamni lanatlaydi. Hasad odamni janjal qilishga, qul kutarishga, hattoki u qotil darajasiga eltadi.

Mana shu gunohlar: yolgon, chaqimchilik, buhton – hammasini urgansak, zamirida hasad yotibdi.

Alloh taolo Quroni karimda hasadni shunchalar katta gunoh ekanini takidlab, undan saqlanish lozimligini eslatgan. Alloh taolo hasadguyning hasadidan panoh surashga buyurgan. Odatda biz tuhmat, yolgon, er-osmon balolaridan qutqargin, deb duo qilamiz. Lekin Alloh Quronda, Falaq surasining okhirgi oyatida urgatyaptiki, hasadchining hasadidan ham panoh surash kerak ekan. Hasadguy shunchalik yomon inson ekanki, undan panoh suraladigan odam ekan.

Gohida farzand, shogirdimizda boshqalarga nisbatan hasad paydo bulganini payqaymiz. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini bolaligidan boshlab boshqalardan qizganishga emas, aksincha ilinishga urgatishi kerak.

Hasadning shakllanishiga atrof-muhit ham sababchi bulib qoladi. Tevarak-atrofda unga nisbatan tasiri kuchliroq bulganlarning fel-atvori hasadga sabab bulib qoladi. Hasadguy ota-onaning farzandi ham shunday buladi.

Hasad tarbiyasizlikdir

Hasad suzining manosi shilishdir. Insonni butun nematlar, yakhshiliklardan yuq qilib, shilib tashlash tushuniladi. Hasadguyning fikr-u niyati shu. Bir odamga berilgan ortiqcha fazilatni kurolmaslik, nematni usha insondan yuq bulishini umid qilish, khohlash – bu hasad.

Buning ziddi havas buladi. Bir odamda uzidan ortiq nematni kurdimi, ushanga havas qilib ushanday inson bulishga intilish havasdir. Farzandlarimizni bir yigitga ukhshatib niyat qilyapmiz: qani endi uglim shunday olim, tadbirkor bulsa, degan havasni qilsak, bu ulug fazilatdir. Lekin bu yigit nega unday buldi-yu, mening farzandim undaymas, deyilsa bu illat buladi.

Hasad qanday davolanadi?

Hasadni davolash choralari bor. Bu, albatta, yakhshilar bilan kup suhbatda bulish. Hasadning ogir illat ekani va natijada qilgan savoblaridan mahrum bulishini anglashi kerak. Hasadning ulkan gunoh ekanligini bilishi lozim.

Quliga kitob olib usha ish khatarli ekanini, Quroni karimda hasad haqida aytilganlarni uqib, yakhshilar suhbati bilan hasaddan qutulish imkoniyatlari bor.

Iymonli qalbda ikki narsa jam bulmaydi

Paygambarimiz alayhissalom aytadilarki, muminning qalbida ikki narsa jam bulmaydi. Biri iymon, ikkinchisi hasad. YOki u buladi, yoki bunisi.

Iymonli odam hasad qilmaydi yoki hasadguy odam iymonli bulmaydi.

Qanday qilib Allohga iymon keltirgan, yakhshilik-yomonlik Allohdan ekaniga, bandaning taqdiri Allohdan bitilganiga iymon keltirib, yana shu odamning fazilatini kurolmaslik mumkin? U odamga Alloh berdi-ku. Bu Allohning qahrini keltirish emasmi?

Masalan, ikkala farzandimizga ikki narsa berdik. Endi bir bolamiz ikkinchisiga berganimizdan noroziligini aytsa, ota-ona qanday munosabatda buladi? Farzand uziga yoki aka-ukasiga berilganidan noroziligini izhor qilsa, ota-onani ranjitmaydimi?

Hasadguylik iymonga zid ish

Banda bir fazilatga ega buldi, ikkinchisi undan-da ziyoda fazilatga ega buldi. Alloh uning taqdiriga shu fazilatni yozdi, ilm, martaba, boylikni berdi. Hammasini Alloh berdi. Shunday ekan, hasadguylik taqdirga qarshi chiqish emasmi? Allohga qarshi isyon, quzgolon emasmi?

Agar aqlan uylab kuradigan bulsak, hasadguylik iymonga zid ishdir. Bu – taqdirga iymon keltirmaslikdir. Akhir biz iymon keltirganmiz-ku. Bandaning harakati, intilishi bir sabab, kholos. Lekin banda ming harakat qilmasin taqdiriga ilm bitilmagan bulsa, olim bulmaydi. Kecha-kunduz mehnat qilsin, taqdiriga mol-u davlat bitilmagan bulsa, boy bulmaydi. Kimga qanday daraja, fazilat bergan bulsa, bu Allohning marhamati. Endi bandadagi usha fazilat uchun kungilda hasad bulishi Allohning taqdiriga isyon qilish buladi.

Ikki toifa insonga havas qilsa buladi

Paygambarimiz alayhissalom hasad faqat 2 narsada buladi, deganlar. Bu manaviy manoda, yani usha insondek bulishga intilish manosida. Birinchisi – Alloh bir insonga boylik berdi, bu boylikni sakhovat, yakhshilik, ezgulik yuliga sarf etyapti. Topgan boyligini yomonlik, fahshga emas, yakhshilikka sarf etyapti.

Ikkinchisi, Alloh taolo bir insonga ilm berdi. U ilm-marifati bilan odamlarga khizmat qilyapti. Bir olimning ortidan qancha odam ergashadi, suhbatidan qancha odam naf kuradi? Mana shu ikki toifa odamga ergashish, ularga ukhshashga harakat qilish fazilat buladi.

Allohdan suraylik: farzandlarimiz ham olim, marifatli, boy bulsin, taraqqiy topsin, yurtiga faqat yakhshilik qilsin.

Parvardigor, borliging, buyukliging haqqi kutargan qullarimizni quruq qaytarmagin. Bu oylar fazilatli damlar. Kutargan qullarimizni duolarimiz, iltijolarimizni ijobat aylagin. Avvalo, yurtimizga tinchlik, mehnatkashlarimizga farovonlik bergin. Ota-onalarimiz, azizlarimiz duolarini ijobat aylagin, saharlik, iftorlikda qilayotgan duolarimizni qabul aylagin! Omin.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

sdgaeb

AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar kurgan oilalar uchun zarur vositalarni etkazib berdi

Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiena vositalari, kurpa-tushaklar, choyshablar, suv tozalash uchun …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари