Home / Siyosat / Harbiy khizmatga chaqirish tartibini takomillashtirish tugrisidagi qaror imzolandi
Место рекламы

Harbiy khizmatga chaqirish tartibini takomillashtirish tugrisidagi qaror imzolandi

Uzbekiston Prezidenti 6 mart, juma kuni, «Uzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy khizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Akhborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti Kun.uz’ga malum qildi.

  • Prezidentning mazkur qarori loyihasi 2019 yilning dekabrida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga quyilgan edi.

Qarorda belgilanishicha, chaqiriluvchilarni muddatli harbiy khizmatga chaqirish tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni taminlash, nomzodlarga qushin turlarini tanlash imkoniyatini yaratish, shuningdek, muddatli harbiy khizmatga chaqirish jarayonidagi bir-birini takrorlovchi tadbirlarni istisno etish maqsadida:

Uzbekiston fuqarolarini harbiy khizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirishning asosiy yunalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • Uzbekiston Qurolli Kuchlari safini har tomonlama etuk, soglom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli chaqiriluvchilar bilan butlash;
  • chaqiriluvchilar ongida milliy gurur, ona yurtga sadoqat, vatanparvarlik va millatparvarlik tuygusini kuchaytirish;
  • chaqiriluvchilarni muddatli harbiy khizmatga chaqirishning mavjud tizimini optimallashtirish;
  • chaqiriluvchilarni tibbiy kurikdan utkazishda bir-birini takrorlovchi bosqichlarni soddalashtirish;
  • tibbiy kurikdan utkazish sifati va samaradorligini oshirish;
  • tibbiy kurikdan utkazishning kholisligini va tezkor amalga oshirilishini taminlashga yul quymaydigan mavjud tizimni qayta kurib chiqish;
  • chuqurlashtirilgan tibbiy kuriklarni harbiy okruglar harbiy gospitallari mutakhassislari tomonidan utkazish;
  • harbiy khizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari, shuningdek, harbiy okrug qumondonlarining shakhsiy javobgarligini oshirish.

«Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil khizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi khizmatga qabul qilish buyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tugrisida»gi nizomga kura, Harbiy okrug qushinlari qumondonlari chaqiriluvchilarni harbiy khizmatga chaqirish tadbirlarining utkazilishiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun shakhsan masuldirlar.

Nizomga kura, quyidagilar uz faoliyatini har yili:

  • tuman (shahar) mudofaa ishlari bulimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiyalar — 15 fevraldan 30 aprelgacha;
  • tuman (shahar) mudofaa ishlari bulimlari huzuridagi butlash komissiyalari — 15 fevraldan 30 aprelgacha;
  • Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigish punktlarida harbiy tibbiy komissiyalar — 20 fevraldan 30 aprelgacha;
  • Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi — 20 fevraldan 30 aprelgacha;
  • tuman (shahar) mudofaa ishlari bulimlari huzuridagi hududiy komissiyalari — 1 martdan 30 aprelgacha amalga oshiradi.

Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil khizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi khizmatiga olish buyicha komissiyalar azolarining (kontrakt buyicha harbiy khizmatchilar bundan mustasno) doimiy ish joyi (lavozimi) va urtacha oylik ish haqi ular mazkur nizomda belgilangan majburiyatlarini bajaradigan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.

Butlash komissiyasi, harbiy-tibbiy komissiya hamda hududiy tibbiy komissiya qarori va khulosasidan norozi bulgan chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari tomonidan Rahbariyat kengashiga, shuningdek, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor bulgan shakhslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar buladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

«Rahbarlar befarq bulmasa, vaziyatdan chiqib ketamiz» – Prezident hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

19 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари