Home / Madaniyat / Har bir narsaga kifoya qiluvchi oyatlar
Место рекламы

Har bir narsaga kifoya qiluvchi oyatlar

oyatAbdulloh ibn Khubayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir yomgirli va zulmatli kechada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bizga namoz uqib berishlari uchun izlab chiqdik. Bas, u Zotni topdik. Shunda u Zot menga:

«Ayt», dedilar.

Men hech narsa aytmadim. U Zot yana:

«Ayt», dedilar.

Men hech narsa aytmadim. U Zot yana: «Ayt», dedilar.

«Nimani aytaman, ey Allohning Rasuli?!» dedim.

«Qul huvallohu ahad va muavvizataynni ertalab bulganda va kechqurun kirganda uch marta aytsang, har bir narsadan kifoya qiladi», dedilar».

Sharh: Shu bilan birga, Ikhlos surasini alohida qiroat qilishning fazli haqida ham kuplab rivoyatlar kelgan.

Bu suraning «Ikhlos» deb nomlanganining sababi Allohning Uzigagina ibodat qilish, faqat Uzigagina yuzlanishga, ikhlos qilishga undaganidir.

Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida: «Ikhlos surasi Quronning uchdan biriga tugri keladi», deganlar.

Chunki Quroni Karimning asosiy maqsadi uchga bulinadi:

a) Allohning tavhidi, yagonaligining isboti va aqidani tuzatish;

b) ibrat, isloh va urnak olish uchun keltirilgan qissalar;

v) shariat hukmlari.

Ikhlos surasi ushbu narsalarning birinchi qismini uz ichiga olgan.

Bazi ulamolarimiz Ikhlos surasi haqida quyidagi umumiy mulohazani qilganlar:

«Ushbu surai karima turt oyatdan iboratdir. U juda ham mujaz va juda ham mujiza bulib kelgandir. U Alloh taoloning jamoli va kamolini ochiqlab kelgandir. U Alloh taoloni barcha ojizlik va nuqson sifatlaridan poklab kelgandir.

Uning birinchi oyati vahdoniyatni isbot qilib, kup adadlikni rad qilgandir.

«Ayt: «U Alloh yagonadir».

Uning ikkinchi oyati Allohning kamolini isbot qilib, ojizlik va nuqsonini rad qilgandir.

«Alloh somaddir».

Uning uchinchi oyati Allohning azalligi va boqiyligini isbot qilib, zurriyoti va naslining borligini rad qilgandir.

«U tugmagan va tugilmagan».

Uning turtinchi oyati Allohning azamatini va ulugvorligini isbot qilib, tengi va ziddi borligini rad qilgandir.

«Unga hech kim teng bulmagan».

Bas, bu sura jamol va kamol sifatlarining isbotidir. U Robbni nuqsonlardan poklashning eng oliy suratidir».

Imom Bukhoriy Oisha roziyallohu anhu onamizdan rivoyat qiladilar:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam bir kishini topshiriq bilan bir guruh qurolli kishilarga boshliq qilib yubordilar. U birodarlariga imom bulib, qachon namoz uqishsa, «Qul huvallohu ahad»ni uqiyveribdi. Qaytib kelganlarida buni Paygambar sollallohu alayhi vasallamga aytishgan ekan, u kishi:

«Suranglar-chi, nima uchun shundoq qilibdi?» debdilar.

Surashsa, u kishi: «Chunki bu sura Rohmanning sifati va men uni uqishni yakhshi kuraman», debdi.

Shunda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Unga, Alloh seni yakhshi kuradi, deb khabar beringlar», debdilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Paygambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

«Kim «Qul huvallohu ahad»ni okhirigacha un marta uqisa, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr quradi».

Imom Termiziy qilgan rivoyatda Abu Hurayra roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:

«Paygambar sollallohu alayhi vasallam bilan yurib borar edim. U Zot bir odamning «Qul huvallohu ahad. Allohus somad» deb qiroat qilayotganini eshitib, «Vojib buldi», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, nima vojib buldi?» dedim.

«Jannat», dedilar».

Imom Termiziy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

«Kim har kuni «Qul huvallohu ahad»ni ikki yuz marta qiroat qilsa, ellik yillik gunohlari uchiriladi, (agar qarzi bulmasa)», deyilgan.

Imom Ahmad Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

«Kim «Qul huvallohu ahad»ni un marta uqisa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», deyilgan.

Imom Bukhoriy Oisha onamizdan rivoyat qiladilar: «Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotsalar, ikki kaftlariga «Qul huvallohu ahad», «Qul auuzu birobbil falaq» va «Qul auuzu birobbinnasi» suralarini uqib, dam solib, badanlariga surtib yotardilar».

Falaq va Nas suralari bir-birlariga uzviy bogliqdir. Ularning nozil bulishi ham birga bulgan va doimo birga zikr qilinadi. Ushbu ikki sura birgalikda qushilib «Muavvizatayni» — ikki panoh tilovchi, deb nomlanadilar. Chunki, ikkovlari ham «auzu» — «panoh tilayman» suzi ila boshlanadi.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham ikki «muavvizatayni» birgalikda zikr qilingan.

Imom Bukhoriy, Imom Muslim va Imom Abu Dovudlar rivoyat qilgan hadisda Oisha onamiz roziyallohu anho: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam qachon toblari qochsa, «muavvizatayn»ni uqib dam solar edilar. U Zotning dardlari ogirlashganda men qiroat qilib, barakasi umidida qullarini surtar edim», deganlar.

Imom Muslim va Imom Termiziy Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u Zot:

«Menga ushbu kecha nozil qilingan oyatlarni bildingmi? Ularning misli hech kurilmagan. «Qul auzi birobbil falaqi», «Qul auzu birobbin-nasi», dedilar.

Imom Abu Dovud va Imom Nasaiy Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini safarda etaklab borardim. U Zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Uqba, eng yakhshi ikki surani senga urgatib quyaymi?» dedilar va «Qul auzu birobbil falaqi» va «Qul auzu birobbinnasi»ni urgatdilar.

Imom Abu Dovud va Imom Nasaiy yana Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan al-Juhfa va al-Abva orasida yurib borar edim. Bizni yomgir va shiddatli zulmat qoplab oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «muavvizatayni» ila panoh suray boshladilar va: «Ey Uqba, ikkovi ila panoh tila, hech bir panoh tilovchi ikkovichalik narsa ila panoh tilamagan», dedilar. Sungra bizga imom bulib, namozda ham ikkovini qiroat qilganlarini eshitdim».

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4S6J7wvgRLJySdzYpelxtEFZLzuBzNnr

Karantin sababli yaqinlaringizga pul junatish masalasida muammoga keldingizmi?

Karantin sababli viloyatlar, tumanlar urtasida transport orqali harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sabab uz yaqinlariga pul junata …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари