Home / Siyosat / Khalq taqdirini qanday uzgartirish mumkin?..
Место рекламы

Khalq taqdirini qanday uzgartirish mumkin?..

Foto: UzKhDP

Dunyodagi hozirgi yuksak ilmiy-tekhnologik taraqqiyot asosida insonning aql-zakovati natijasida yaratilgan yutuqlar turibdi. Shu manoda inson har qanday davlatdagi eng qimmatli kapital hisoblanadi. Qaysi davlatlar bu kapitalni rivojlantirish buyicha tugri strategiya belgilagan bulsa, uz khalqining turmush farovonligini oshirishga erishmoqda.

Prezidentimiz Uqituvchi va murabbiylar kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surgan Uchinchi Renessans goyasining zamirida intiluvchan, ijodkor, shijoatli yangi avlodni voyaga etkazish, buning uchun qulay sharoit yaratib berishdek ezgu maqsad mujassamlashgan.

Khalqimiz turmushini yanada yakhshilaydigan, davlatimiz mavqeini oshiradigan, jahondagi ilgor qadriyatlarni barcha sohalarga olib kira oladigan yangi avlod kadrlari uz-uzidan etishib chiqmaydi. Buning uchun talimga, tarbiyaga yondashuv konsepsiyasini tubdan uzgartirish talab etiladi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan izchil islohotlar ushbu sohada yillar davomida tuplanib qolgan tizimli, aytish mumkinki, eski muammolarni tugatib, yangi davr poydevorini bunyod etish uchun mustahkam zamin yaratdi.

“Mamlakatimiz talim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi Prezident farmoni loyihasida mazkur sohani natijadorlik nuqtai-nazaridan yangi darajaga kutarish nazarda tutilgan.

Khalq bilan muloqot tamoyiliga muvofiq ravishda loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilishi, ushbu hujjat jamiyatdagi turli fikr hamda takliflar uchun ochiq ekani uning ijtimoiy, manaviy ahamiyatini yanada oshiradi.

Farmon loyihasida milliy talim-tarbiya tizimini inson kapitalini rivojlantirishga yunaltirish, uquv dasturlarining dunyodagi ilgor meyorlarga muvofiq keladigan yangi avlodini yaratish, talimda khususiy sektorga yul ochish orqali ilmda raqobat muhitini yuzaga keltirish, pedagoglikka va ilm-fanga uzini bagishlagan insonlarning jamiyatdagi mavqeini har tomonlama kutarish, ayni vaqtda ularni zarur moddiy-tekhnik sharoit bilan taminlash buyicha strategik vazifalar belgilanmoqda.

Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarda soha fidoyilari, etuk mutakhassislar, jamoatchilik vakillari ishtirokida keng muhokama etilmoqda. Shu urinda demokratik qoidalarga rioya etish, kupning fikri bilan ish tutish kabi muhim masalalarda davlatimiz rahbari barchamizga urnak va namuna kursatayotganini ham alohida takidlash joiz.

Maktabgacha talim va maktab talimi, oliy va urta makhsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bulgusi Renessansning turt uzviy halqasi, ota-onalar, ular timsolida jamoatchilik beshinchi halqa bulishi kerakligiga urgu berilgan edi. Bu – talim-tarbiyani jamiyat miqyosidagi strategik masalaga aylantirishda konseptual ahamiyatga ega.

Halqalarning bu tarzda uzviy boglanishi va konseptual quyilishi qanday samara beradi? Avvalo, talim-tarbiya olish, ilm-fanga intilish buyicha jamiyatimizda yangi muhit yuzaga kelishi kuzda tutilyapti.

Agar turt halqa uzviy bulib, beshinchi halqada khayrikhohlik etishmasa, talim tizimi mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishdek muhim missiyasini bajarishi qiyin buladi. Uquvchi maktabdagi talimga, talaba oliygohdagi ilm-fanga chanqoqlik va intilish ishtiyoqiga eng katta ragbatni ota-onasidan olishi kerak. Bordiyu ota-ona “uqigandan, ilmdan nima foyda?”, kabi yoki shunga ukhshash mazmunda munosabatda bulsa, jamiyatdagi talim, ilm-fan muhitini tubdan yangilash mumkin emas.

Ota-onalarning faol va khayrikhoh munosabati yosh avlodning ichki ruhiyatini tugri yunaltirishda asosiy manba bulib khizmat qilishini hisobga olishimiz zarur.

Demak, talim muassasalari, ota-onalar va keng jamoatchilik urtasida hamkorlikni kuchaytirish masalasi mamlakatimizda talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri etib belgilanishi maqsadga muvofiq buladi.

Avvalgi davrlardagi turli omillar tasirida ota-onalar, mahalla maktabdan uzoqlashgan edi. Endi shunday bir ragbat, khayrikhohlik mekhanizmini yaratib, ularni maktabga, talimga yaqinlashtirishimiz kerak bulyapti.

Ehtimol buning uchun talim-tarbiya jarayonida faol hamkorlik qilib kelayotgan ota-onalarni, hech bulmaganda, manaviy jihatdan qullab-quvvatlash lozim. Chunki ular izlanuvchan va ishtiyoqli farzand ustirib, talim-tarbiyaga munosib hissa qushyapti. Bunday namunali ota-onalarni fazilatli kishilar sifatida jamiyatga urnak qilib kursatish zarur.

Talim bilan bogliq masalalar mahalliy Kengashlarda muhokama etilishi talim-tarbiyaga davlatning turli tuzilmalari, jamoatchilik, butun jamiyat etiborini jamlashda samarali mekhanizmlardan biriga aylanadi. Bu talim malum bir vazirlik va tashkilotlar ishi, degan notugri qarashni uzgartirishda uziga khos ahamiyatga ega.

Talim-tarbiyani umumjamiyat qayguradigan ezgu va qizgin jarayonga aylantirsakkina, yangi Renessans uchun barpo etilayotgan poydevor mustahkam buladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Putin Toshkentga bugun kechqurun etib keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Uzbekistonga 18 oktyabr kuni kechqurun etib keladi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари