Home / Jahon / Khalqaro diplomatiya, uzbeklarga khos sifatlar va Abdulla Qodiriy haqida — AQSh elchisi bilan suhbat
Место рекламы

Khalqaro diplomatiya, uzbeklarga khos sifatlar va Abdulla Qodiriy haqida — AQSh elchisi bilan suhbat

AQShning Uzbekistondagi favqulodda va mukhtor elchisi Deniel Rozenblyum Kun.uz mukhbiri bilan onlayn intervyuda mamlakat haqidagi taassurotlari, elchikhona faoliyati, pandemiya sharoitidagi khalqaro munosabatlar va boshqa qator mavzulardagi fikrlari bilan urtoqlashdi.

– Assalomu alaykum, janob Rozenblyum. Intervyuga vaqt ajratganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Ayni damdagi karantin holati elchikhona faoliyatiga qanday tasir kursatdi?

– Avvalambor, intervyuga taklif etganingiz uchun rahmat. Siz va sizning auditoriyangiz bilan suhbat qurish doimo maroqli.

Karantin bizning elchikhona faoliyatiga qanday tasir qilgani haqidagi savolga javob berishdan avval Uzbekiston fuqarolari, ayniqsa, Sirdaryo va Jizzakhda suv toshqinidan aziyat chekkan insonlarga uz hamdardligimni bildiraman. Odamlar uz uylari, mol-mulklarini yuqotganlarini kurish juda ham qayguli. Aminmanki, butun mamlakat aholisi jabrlanganlarga yordam berish haqida uylamoqda. Odamlar tinimsiz kiyim-kechaklar, oziq-ovqat va boshqa narsalarni tuplab, Sirdaryo va Jizzakhga yuborishayotganiga guvoh buldim.

Kuni kecha Sirdaryoga yuborish uchun khayriya yigilayotgan joyga – Toshkentdagi YOshlar ittifoqi idorasiga bordim. Amerikaning nodavlat notijorat tashkiloti ham Sirdaryoda yordamga muhtoj bulgan oilalarga kerakli narsalar uchun moliyaviy kumak ajratish maqsadida ushbu khayriyaga qushildi. U erga narsalarni yuk mashinasiga ortish va jarayonni kuzatish maqsadida bordim. Bunday holatni kurish juda ham qayguli, biroq odamlarning bir-biriga yordam berayotganiga guvoh bulish ruhlantiradi.


AQShning Uzbekistondagi favqulodda va mukhtor elchisi Deniel Rozenblyum

Savolingizga kelsak, avvalo mening AQSh elchisi sifatidagi asosiy burchim – elchikhonamizda ishlaydigan mahalliy va amerikalik khodimlar, shuningdek, Uzbekistonda bulgan va yashayotgan Amerika fuqarolarining khavfsizligi va salomatligini taminlashdan iborat. Bular mening juda muhim bulgan asosiy vazifamdir. Shu bois biz pandemiya vaqtida salomatlik va khavfsizlikni qanday himoya qilish haqida uyladik.

Birinchidan, khodimlarimizning kup qismi ishga, yani elchikhonaga kelishmayapti. Ular mobil telefonlari, kompyuterlaridan foydalangan holda masofadan turib ishlashmoqda. Biroq ayrim insonlar ish faoliyatlari turi yoki imkoniyatlari tufayli masofadan turib ishlay olishmaydi. Shunga qaramay, ular uyda qolishsa ham, kamroq ish qilishsa ham, uz maoshlarini vaqtida olishadi.

Biz barchani uz lavozimida ushlab qolish imkoniga egamiz. Hech kim ishini yuqotmaydi va khodimlar oylik maoshlarini olishda davom etishadi.

Umuman olganda, pandemiya elchikhona faoliyatiga katta tasir kursatdi. Sababi, diplomatik harakatlar deyarli tukhtab qoldi. Kup narsalar koronavirus tufayli cheklangani uchun odatdagidek diplomatik faoliyat va aloqalarni olib borish juda qiyin.

Albatta, Uzbekiston hukumati pandemiyaga qarshi choralarga katta etibor qaratmoqda. Men okhirgi 7 hafta ichida birorta hukumat vakili bilan yuzma-yuz uchrashganim yuq. Hozirda ayrim insonlar bilan aloqalarni telefon, hozirgidek videomuloqotlar orqali ushlab turishga harakat qilmoqdaman.

Masalan, sizlarning AQShdagi elchingiz, janob Vahobov bilan Skype orqali suhbatlashdim. Utgan hafta Oliy Majlisda bulib utgan selektorda video orqali ishtirok etdim. Unda senator Akmal Saidov «Inson huquqlari» mavzusida nutq suzladi.

Shuningdek, tashqi ishlar vaziri bilan khorijiy masalalar, jumladan, Afgoniston borasida telefon orqali muntazam ravishda muloqotdaman. Shunday qilib, pandemiya faoliyatimizga katta tasir kursatdi, lekin biz aloqalarni ushlab turish uchun doim harakatdamiz.

– Fikringizcha, pandemiyadan sung khalqaro diplomatiyaning holati qanday buladi? Mamlakatlar khalqaro munosabatlarda nimalarga kuproq etibor qaratishlari lozim?

– Bu chindan ham ajoyib savol. Bu meni oldindan bashorat qila olmaydigan masalalar haqida kuproq uylashga undaydi. Mazkur pandemiya ilgari boshimdan utkazgan holatlarga mutlaqo ukhshamaydi. Fikrimcha, bu borada kupchilik shunday fikrda bulsa kerak.

Bu vaziyat sunggi 35 yil ichidagi professional tajribamda kuzatganlarimdan butunlay farq qiladi. Va bu kelajagimizga qanday tasir utkazishi mumkinligini bashorat qilish juda ham mushkul. Bu menga khuddi bundan bir necha ming yillar avval kashfiyotchi-tadqiqotchilar Atlantika okeani orqali AQSh tomon suzib, uzlari uchun mutlaqo notanish bulgan hududga borgan vaqtdagi hissiyotni yodga solmoqda. Ular okeanning u tomonida qanday davlat bor bulishi mumkinligi haqida hech nimani bilishmagan va biz ayni damda khuddi mana shunday vaziyatdamiz.

Menga aniq bulgan bir narsa shundan iboratki, mazkur pandemiya har birimizga bizning dunyo bir-biriga chambarchas bogliqligini anglashni urgatdi. Dunyo davlatlari turizm, tashqi savdo va yana kuplab murakkab aloqalar bilan bir-biriga boglangan.

Bu, aksar hollarda, ijobiy bogliqlikdir. U dunyoga va insonlarga turli khil manfaatlarni taqdim etadi. Biroq bazida bu salbiy kurinishga, murakkablikka ham ega bulib, hayotimizga khavf tugdiradi. Mening fikrimcha, bu inqiroz bilan barcha mamlakatlar hamjihatligini qay darajada zaiflashtirishini qayta baholaydigan davr keladi.

Sizga kichik bir misolni aytib utmoqchiman. Ayni damda AQShning salomatlik bilan bogliq zarur vositalar borasida boshqa davlatlarga qaramligi buyicha turli tahlillar olib borilmoqda. Masalan, koronavirusga qarshi kurashishda bizga kerak bulgan kuplab vositalarni boshqa davlatlardan keltirishimiz kerakligini angladik. Fikrimcha, bu noqulaylik tugdiradi. Mening takhminimga kura, bu inqirozdan keyin AQSh qanday qilib favqulodda holatlar uchun zarur vositalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish mumkinligi haqida bosh qotiradi.

Bu bor-yugi birgina misol. Lekin fikrimcha, kuplab mamlakatlar khuddi shunday masalalarga etibor qaratishni boshlaydi.

– Koronavirus pandemiyasi vaqtida AQSh tomonidan Uzbekistonga hamda Uzbekistonda yashaydigan AQSh fuqarolariga qanday yordam kursatilmoqda?

– Biz quldan kelgancha yordam kursatishga harakat qilyapmiz. Chunki barchaga malum bulganidek, uzimizning davlatimiz ham koronavirusdan aziyat chekayotgan bir vaqtda bu oson ish emas.

Bu pandemiyadan mamlakatlar bir-biriga yordam berishi qanchalik muhim ekanligini urgandik. Bu – khalqaro, global inqiroz va buni faqatgina khalqaro hamkorlik bilangina yuq qilish mumkin.

Toshkentda elchikhona khodimlari bilan Sogliqni saqlash vazirligi hamda BMT tomonidan tashkil etilayotgan va Uzbekistonga kelayotgan COVID-19ga bogliq kumaklarni taqsimlashga qaratilgan doimiy kundalik uchrashuvlarda qatnashib kelmoqdamiz. Maqsad – ehtiyojlarni aniqlash va ular orasidan muhimlarini belgilash, shuningdek, kim qanday kumak ajrata olishini kelishib olishdir.

Ushbu hamkorlik orqali AQSh katta kumak ajratdi. Uzbekistonda koronavirus holati aniqlanmasidan avval, fevral oyida tibbiyot khodimlari uchun shakhsiy himoya vositalari (tibbiyot niqoblari, qulqoplar, khalatlar) taqdim etdik. Navbatdagi khayriya mart oyida taqdim etildi. Shundan sung biz kuproq etiborni Uzbekiston Sogliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda kasalkhona, tibbiyot khodimlarining COVID-19 pandemiyasi bilan kurashishdagi, yani koronavirus diagnostikasi, qanday qilib tibbiyot khodimlarini himoya qilish, testlarni utkazish va yana boshqa kuplab jihatlar buyicha salohiyatini oshirishga kumaklashishga qaratdik. Mana shu kabilar sunggi ikki oy davomidagi diqqat markazimizda buldi.

Shu kunlarda esa Uzbekistonning COVID-19 testini utkazish buyicha tajribasini oshirish yulida kuproq ishlamoqdamiz. Bu nafaqat amaliy mashgulotlar utkazish, balki kerakli uskunalarni – test cinovi uchun makhsus tuplam, dori vositalari, zarur materiallar bilan taminlashni ham uz ichiga oladi. Bundan kuzlangan maqsad esa testlarni aniq va tezkor amalga oshirish hamda natijalarni tezroq qulga kiritishdir.

Yaqinda bizning Kasalliklarni nazorat qilish markazi (CDC) testlar salohiyatini oshirish, kerakli laboratoriya jihozlarini kharid qilish uchun 2 million dollar ajratishini malum qildi.

Men kuni kecha yana bir yangilikdan, yani Kasalliklarni nazorat qilish markazi Uzbekistonga aholi salomatligi uchun uz Favqulodda operasiyalar markazini rivojlantirishda ham yordam berishidan khabar topdim. Bizda bunday markaz bor va fevral oyida AQShga qaytganimda u erga uzim borishga muvaffaq bulganman. Men Atlantadagi Kasalliklarni nazorat qilish markazi bosh idorasiga borib, Favqulodda operasiyalar markazi qanday ishlayotganiga guvoh bulgandim. Endi mazkur markaz Uzbekistonga ham bu boradagi salohiyatini oshirishga yaqindan kumak beradi. Biz tez kunlarda yana kuplab khayriya kumaklarini amalga oshirish haqida khabar beramiz. Hozircha asosiy yordamlar mana shulardan iborat.

– Uzbekistonda viza berish jarayoni qachon qayta tiklanishi haqida malumot bera olasizmi?

– Bu borada aniq bir gap ayta olmayman. Menda aniq javob yuq. Shuni ayta olamanki, barchaga malum bulgani kabi bizning elchikhona taqdim etayotgan konsullik khizmatlari tukhtatildi va bu global miqyosda yuz berdi, yani AQShning butun dunyodagi elchikhonalarida tukhtatildi.

Elon qilganimizdek, joriy yilning 22 iyuniga qadar immigrasion vizalar berilmaydi. Shuningdek, bu Uzbekistonda ommabop bulgan boshqa turdagi vizalarga (noimmigrasion vizalar) ham taalluqli.

Vashingtonda vizalar berish jarayonini tez orada qayta tiklash buyicha muzokaralar ketmoqda. Biz esa rasmiy elonni kutmoqdamiz. Shu sababli elchikhonamiz saytini muntazam ravishda kuzatib borishni maslahat bergan bulardim. Viza berish jarayoni qayta tiklanishi buyicha, albatta, rasmiy malumot beriladi.

– Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatyapmiz, chiqishlar qilib turibsiz. Umuman, Uzbekistondagi karantin choralari sizning hayotingizga qanday tasir qildi?

– Albatta, bu dunyodagi har bir inson hayotiga tasir etgani kabi mening hayotimga ham tasir utkazdi. Elchikhonaga haftada bir necha marta boryapman, ammo asosan uyda ishlayapman. Ishdan bush vaqtda esa kitob uqiyapman, videolar, filmlar kuraman. Kuproq jismoniy mashqlar bilan shugullanishga harakat qilyapman. Uyimda jismoniy mashqlar bajarish uchun bazi jihozlar borligidan khursandman. Yana hovlimdagi bogda sayr qilaman. Tugri, u unchalik ham katta emas, lekin bog atrofida qayta-qayta piyoda yuraman.

Quvonarlisi, Toshkentda bahor fasli juda ham chiroyli ekan. Bu – mening Uzbekistonda utkazayotgan birinchi bahorim. Menga quyosh ostida ajoyib havodan bahra olish juda ham yoqdi. Shu sababli kup vaqtimni bogda utkazmoqdaman.

Shuningdek, kuplab uquvchilarga malum bulsa kerak, hozir bu erda bir uzimman, oilam esa AQShga qaytib ketgan. Ular bilan imkon qadar tez-tez boglanib turishga harakat qilyapman. 17 yoshli qizim bor, biz u bilan birgalikda kitob uqimoqdamiz. Har kuni bir bulimni uqib bulgach, unga uqigan bulimimiz buyicha savollarni yuboraman. U esa uz fikrlarini urtoqlashadi va biz shu tariqa birgalikda kitob mutolaa qilamiz.

Uzbekistondagi barcha insonlar izolyasiya, masofaga qaramay, uzaro muloqotni saqlab qolishga harakat qilishmoqda. Fikrimcha, oila va dustlar bilan bilan birga bulish juda ham muhim, ayniqsa mana shunday murakkab vaziyatlarda.

– Janob elchi, yaqin kunlarda qanday kitoblar uqidingiz?

– Uqish – men chin dildan yakhshi kuradigan mashgulotlardan biri. YOshligimdanoq kitob uqishni juda sevganman. Turli ishlar bilan band bulganim uchun kup kitob uqishga vaqtim yuqligidan afsuslanaman.

Hozir uqiyotgan kitoblarimga kelsak, menga tarikh yoqadi. Universitetda ham tarikh yunalishida tahsil olganman. Kup mutolaa qiladigan kitoblarimning aksariyati ham tarikhiy asarlar yoki tarikhiy voqealar asosidagi badiiy asarlardir.

Okhirgi marta uqigan kitobim – «The Last Days of Night» (Tunning sunggi kunlari) bulib, unda elektr energiyasining ikhtiro qilinishi, undan yoruglik va boshqa maqsadlarda foydalanish tugrisida hikoya qilinadi. Bu badiiy asar bulsa ham, u buyuk ikhtirochi Tomas Edison hayoti haqida va yana bir boshqa muhandis, temir yul havo tormozi ikhtirochisi Jorj Vestingaus va Nikola Tesla urtasidagi munosabatlar asosida yozilgan. Judayam qiziqarli, ajoyib asar.

Bundan avval yana bir qiziqarli kitob uqidim. U Islom paydo bulish tarikhi haqidagi asar. Nomi – «In the Shadow of the Sword» (Qilich soyasida), ingliz yozuvchisi va tarikhchisi tomonidan yozilgan. Umuman olganda, men juda kup uqiyman va tarikhni yakhshi kuraman.

– Qaysi asarlarni uqishni tavsiya etasiz?

– Odatda, men bunday maslahatlar bermayman. Chunki har bir inson uz qiziqishi, khohishiga kura kitob uqiydi va har kimning tanlovi har khil.

Nima uqish kerakligini ayta olmayman, lekin uzim utgan yili sevib uqigan va barchaga uqishni tavsiya eta oladigan bir kitob haqida aytib utmoqchiman. Bu – Buyuk Britaniyada yashovchi uzbek yozuvchisi Hamid Ismoilov tomonidan yozilgan «Jinlar bazmi» (inglizchada «The Devils’ Dance») asaridir.

Bu asar judayam qiziqarli roman bulib, taniqli uzbek adibi Abdulla Qodiriy hayotining sunggi ikki yiliga bagishlangan. Ismoilov uz asarida Qodiriyning qamoqda utgan yillari va uning qulyozmalari haqida hikoya qiladi.

Bizga malum, Qodiriy ham bir necha yozuvchilar qatorida Stalin davri qatagonlari qurboniga aylangan va otib tashlangan. Romanda muallif Abdulla Qodiriyning sunggi asarini yozishi davomidagi voqealarni tasvirlashga harakat qilgan.

Qodiriy sunggi asarida Quqon khoni va Bukhoro amiri, shuningdek, ularga kanizak bulgan 19-asrning taniqli uzbek shoirasi haqida yozishni maqsad qiladi. U hayotining sunggi kunlarida qamoqdagi qiynoqlardan azob chekishiga qaramay, mana shu asarni khayolan yozadi.

Bir suz bilan aytganda, bu kitobni uqishni tavsiya qilgan bulardim. Asar uzbek va ingliz tillarida chop etilgan.

– Uzbekiston va uzbekistonliklarni uchta sifat bilan tariflay olasizmi?

– Sakhovatli. Odamlar nafaqat uzlarida borini ulashish bilan, balki ochiq kungillik bilan chin yurakdan bor mehr-muhabbatini kursata olishi bilan ham sakhiydirlar. Ular kungildagini berkitmay, uz tuygularini namoyish eta oladilar va men bu khislatni juda qadrlayman.

Keyingi sifat – khilma-khillik (diverse). Bu bilan Uzbekistonda turli millatga mansub insonlar yashashini nazarda tutmayapman. Aytmoqchimanki, mamlakatning butun kelib chiqish tarikhi, madaniyatining shakllanishi juda kup turli zanjirlarga boglangan. Forslar, arab dunyosi, Islom dunyosi, Khitoy – barchasi bilan bogliqligi kishida, shu urinda, menda qiziqish uygotadi.

Ijtimoiy (social). Odamlar bir-biri bilan muntazam ravishda muloqotda buladi. Mahalla, umumiy jamoa bulib birgalikda ishlashadi.

Ijtimoiy – bu neytral sifat bulib, u ham ijobiy, ham salbiy manoda kelishi mumkin. Men esa asosan ijobiy tomondan qayd etmoqdaman. Bazan odamlarning shakhsiy hayoti uchun etarlicha vaqti bulmaydi.

Sizning jamiyatingizda kishilar uz shakhsiy hayotining sir qolishiga amerikaliklarchalik katta etibor beradi, deb uylamayman. Chunki ijtimoiylik, birdamlikka kuproq urgu beriladi.

Bular – mening bir yil davomidagi faoliyatim va avvalgi tashriflarimdan keyingi taassurotlarimdir. Men mamlakatingizni, undagi odamlarni juda ham yakhshi kuraman va Uzbekistondaligimdan bakhtiyorman.

– Janob elchi, samimiy suhbatingiz uchun tashakkur. Umid qilamizki, tez orada ushbu pandemiya inqirozini engib utamiz. Sizning Uzbekistondagi missiyangizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Nx5ybZOrYZiI9kqyQnA0YwcKDYeNbLXC

EPSILON (EDC): Talimarjon-12 yangi qudugidan kunlik 200 ming kub.m hajmda gaz oqimi olindi

Joriy yilning 31 may kuni Talimarjon-12 yangi qudugini burgulash chogida, 3680 m chuqurlikda salmoqli gaz …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари