Home / Madaniyat / Haj ibodati sharafli imtihon ekan…

Haj ibodati sharafli imtihon ekan…

hajAvvalambor, biz dunyoviy ilmlar vakillari ham uz risola va maqolalarimizni aynan Uzining nomi bilan boshlash sharafiga ega bulganimizdan Yaratganga ming karra shukrlar bulsin. Bu bahosi yuq mustaqilligimizniyu lazzatli mevasidir.

Kundan-kunga uz qaddi-bastini va shu bilan birga asrlar osha kuz qorachigiday asrab kelgan qadriyatlarni tiklab kelayotgan navqiron Vatanimiz chindan ham soat sayin uzligini topmoqda, poklanmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida uzligini anglash, uz qadr-qiymatini bilish, milliy urf-odatlarni saqlash, dunyoviy va diniy ilmlarga uzgacha mehr bilan qarash va ularni bir-biriga qarama-qarshi quyish emas, balki ular bir-birlarini tuldirishi masalalarini tushunib etish eng muhim, dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bunga hayotiy dalil sifatida mamlakatimizdan har yilgi muqaddas Haj safariga borayotgan fuqarolarimiz orasida ziyolilar sonining ortib borayotganligi quvonarli hol ekanligini etirof etish kerak. Akhir, yaqin utmishda biz muallimu shifokorlar, dosentu professorlar Haj safariga borish u yoqda tursin, janozalarga yaqin yulolmas edik-ku?!

Qurquv, hadik doimo bu borada bizga hamroh edi. Bularni esdan chiqarib buladimi? Mana, un besh yildirki, uzimizning ota-bobolarimizdan qolgan pok yulimizni qaytadan tiklamoqdamiz. Mening nazdimda, poklanish, tozalanish? avvalo, biz – ziyoli, uqimishli, fozil odamlar uchun farz sanaladi. Bunday odamlar bor pok mamlakat kelajagining buyuk bulishi tabiiy.
Ushbu haqiqatga amal qilgan holda kamina Alloh inoyati bilan boshqalar qatori bu yilgi Haj ibodatlarini bajarish sharafiga muyassar buldim. Bu muqaddas safardan beqiyos taassurotlar bilan qaytdim. Ushbu taassurotlarni yozish va keng jamoatchilik bilan urtoqlashish niyati haj safarining birinchi kunlaridayoq qalbimdan utgan edi. Darvoqe, hajga boruvchilar uchun ozmuncha qullanma va kursatmalar bulishiga qaramasdan biz, haj qiluvchilar, umuman jamoatchiligimiz hali kup narsalardan bekhabar ekanmiz. Chunki kim tabib, boshidan utkazgan tabib. Uz boshingizdan utkazganingizda haj ibodatining naqadar sharafli, masuliyatli va mashaqqatli ibodat ekanligini his etar ekansiz. Shu boisdan men uzim boshimdan kechirgan, uzim his qilgan tuygu va taassurotlarimni siz bilan urtoqlashmoqchiman. Malumki, men nemis tili buyicha mutakhassis-professorman. Diniy ilmga deyarli ega emasman. Lekin, islomiy oila muhitida voyaga etganman. Shu boisdan ayrim fikr-mulohazalarim kimlargadur galizroq kurinar, yoqmas, buning uchun avvaldan uzr surayman. Bularning barisi mening shakhsiy fikrlarim, kholos. Albatta, ushbu maqolani yozish jarayonida Uzbekiston Musulmonlari idorasi va din ishlari buyicha qumita ekspertlari guruhi tomonidan taqdim etilgan «Haj ibodati» (Toshkent, 2004 yil chop etilgan) risolasidan keng foydalandim.

Haj safariga tayyormisiz?

Ushbu savolga ijobiy javob berishlik ancha mushkul ekanligini safarimizning birinchi kunlaridayoq sezdim. Chunki har bir hajga boruvchi shakhs qayoqqa ketayotganligini, qanday amallarni bajarish lozimligini yakhshi bilishi haj ibodatlari uchun ham ruhiy, ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan tayyor ekanligini chuqur his etmogi, ushbu safarning oddiy sayohat emasligini yuragidan, qalbidan utkazmogi darkor ekan. Uning sogligi u erdagi amallarni tuliq bajarish imkoniyatiga egami, okhirigacha qurbi etadimi, yoki etmaydimi?! Bular haqida hali safarga chiqmasdan oldin bilmogi, chuqur uylab kurmogi zarur ekan. Achchiq haqiqat bulsa ham aytmoqchimanki, bazi bir hajga borganlarning bunday malumotlarga ega emasligi, hatto hajda qanday amallarni bajarish kerakligini ham bilmasligi malum bulib qoldi.
Afsuski, bunday malumotlar yo ularga etib bormagan kurinadi, yo ularning uzlari ham bunga qiziqib kurmaganlar.
Bazilarning tasavvurida haj safari bu shaytonga tosh otish amali bilangina bogliq kurinar ekan. Bazi birovlardan eshitgan holatlarni tasavvur qilisharkanlar, kholos. Vaholanki, bu ibodatning juda keng qamrovli, masuliyatli, sharafli va mashaqqatli ekanligini kupchilik sezmas ekan.
Shu boisdan haj safariga, menimcha, tayyorgarlik dastlab oiladan boshlanmogi lozim.
Eng avvalo, oiladagi ruhiy, moliyaviy tayyorgarlikdan sung mahram masalasini jiddiy hal qilmoq kerak. Ayollarni mahramsiz haj safariga junatib bulmasligi aniq gap, albatta, keksa otakhonlar masalasini ham oilada, bahamjihat hal qilish kerak ekan. Sakson-sakcon besh yoshga kirgan keksa otakhon-onakhonlarning uzlarini haj ibodatlariga yakka holda junatish, yumshoqroq qilib aytsam, durust emas ekan. Bazilarning ibodatlarni bajarish jarayonidagi ham jismoniy, ham ruhiy qiynalganlarini kurganingizda qalbingiz larzaga keladi. Gaplarim isbotsiz bulmasligi uchun ushbu yildagi haj safarimizda sodir bulgan holatlarni aytib utmoqchiman. Bazi bir otakhonlarimiz borgandan boshlab shifokhonalarda yotishdi, bazilarida ruhiy uzgarishlar ruy berdi, bazilari farz, vojib va sunnat ibodatlarini bajara olmadilar. Alloh taolo, illo ularning hajlarini qabul aylagan bulsin.
Mahalla qumita azolari, qishloq fuqarolar yiginidagi mutasaddi odamlarning, ayniqsa, tibbiy kurikdan utkazayotgan tashkilotlarning bu ishga yondashuvi, masuliyati jiddiy bulishi kerak ekan.
Men hech ham keksalarni kamsitishni istamayman. Haj ular uchun utgan tuzum armoni ekanligini yurak-yuragimdan his etaman. Qani endi, tuzum rukhsat berganda ular ham yosh, navqiron choglarida haj amallarini bajarishgan bular edilar.
Afsuski, mustaqillik ularning keksa paytlarida nasib etdi. Men boshqa narsani aytmoqchiman, haj safari ozmuncha mablag bilan amalga oshmasligini yakhshi bilasiz. Bazilari bu mablagni butun umri davomida yigadilar. Shunday ekan, hajga boruvchi hajning barcha amallarini bajarish qudratiga ega bulishi zarur. Amallar tuliq bajarilmasa, ularning haji qabul bulmaydi-ku?! Demak, mablag bekorga sarf qilingan buladi, bunday holatlarni hajga boruvchi keksalarga ochiq-oydin tushuntirish kerak. Shu urinda ota-bobolarimizning oldingi zamonlarda aziyat chekib, oylab qiynalib, otda, eshakda, piyoda hajga borganliklarining sabablarini anglagandek buldim. Allohning huzuriga mashaqqat bilan qiyinchiliklarni tortib, ularga tayyor holda borilar ekan. Shunda ularning haj bilan bogliq ogir sinovlarni engishi oson kecharkan.
Shunga yaqin bulgan bir suhbat yodimga tushdi. Biz haj amallarini bajarib, Minodan uzimiz yotgan mehmonkhonaga qaytdik. Mehmonkhona ruparasidagi dukondor arab bilan dustlashib qolgan edim. Men avtobusdan tushishim bilan u quchoq ochib: «Mukhtor, Qabul, Qabul»,– deb qutladi. Shunda men unga: «Haj mashaqqatli ibodat»,– dedim. U qullarini tizzasiga urib: «Ha, bu – ogir ibodat, bu ibodatni bajarish uchun qadimdan Madinai Munavvaradan avvalo kuchli navqiron yoshlar kelardi. Ular uziga tuq, mablagi kup odamlar edi. Miskinlar kelmas, kelganlari haj ogirliklarini kutara olmas edi», dedi. Albatta, katta jismoniy-ruhiy jihatdan uzgarish, tozalanish jarayonlarini boshidan kechirayotgan inson yakhshi ovqatlanmogi zarur. Buning uchun uning etarli mablagi bulishi kerak. Quvayt, Omon kabi mamlakatlardan hajga kelganlarning navqiron yigitlar, yoki juvonlardan iboratligini kurdim. Yakhshi, kuchli ovqatlar bilan ovqatlangan shakhslarning ruhiy ibodatlarini tuliq bajarishda bardam bulishligini sezdik. Shu boisdan safarga otlanayotgan hamyurtlarimizga fasllarni inobatga olib uzlari bilan nimalarni olib borsalar maqul bulishini tushuntirishimiz kerak. Kup keksalarimizni uzimizning qulbola qovurdogimiz, qattiq nonimiz bardam ushlab turdi. Bu bilan u erda gusht, non yuq degan khulosa chiqmasligi kerak. Ular etarli darajada, lekin urganib qolgan organizm uzi istagan narsasini talab qilar ekan. Yurtimizda yakhshi noz-nematlarni istemol qilib yurgan hamyurtlarimizning organizmlariga boshqa yurt taomlari, subtropik iqlimiga khos bulgan meva-chevalarning birdaniga hazm bulmasligining guvohi buldik.
Tayyorgarlik vaqtida yana bir masalaga jiddiy etibor berilsa, yakhshi bulardi. Bu – guruh ellikboshilarini tanlash masalasi. Safarimiz davomida uzining diniy va dunyoviy bilimlari, khushmuomalasi, shirinsukhanligi va tashkilotchiligi bilan alohida ajralib turgan ellikboshilar ham buldi. Lekin bu gaplarni kupchilik ellikboshilarga nisbatan aytib bulmaydi. Bundaylarni bilimlari sayoz, suzlari qupol edi. Guyo ular sizni uz pullari hisobiga hajga olib borganday muomalada bulishdi.
Guruh azolarini tashkiliy ravishda ziyorat qilishga olib borishda ular passivlik kursatdilar. Kuproq uz ishlari bilan band bulishdi. Turkiya, Indoneziya, Malayziya kabi mamlakatlardan kelgan hojilarning chiroyli, tartibli, bir jon bulib, uz bayroqlari ostida Kabadagi ibodatini kurib quvonasan kishi. Ayollarini zanjir bulib quriqlab, hech bir nomahramni yoniga yulatmay, guzal ibodat qilishdi ular. Bizning besh mingta hamyurtlarimizning shunday tartibda ibodat qilishini qanday orzu qilganimni bilsangiz edi!!! Afsus, bizlar hammamiz uz holimizcha ibodat qildik.
Biz ham boshqa mamlakatlardan kelganlar singari Uzbekiston bayrogini boshimiz uzra baland kutarib yurgimiz keldi. Lekin nimagadir bu narsa etibordan chetda qolib ketibdi. Haj safari oldidan shahar va tumanlarda tashkil qilingan quvonchli kuzatuv marosimlari va qaytib kelganimizdagi aeroportlardagi hojilarga kursatilayotgan etibor, tukin dasturkhonlar yozib, ochiq chehra bilan kutib olishlar bizning boshimizni osmonga etkazdi-ku!

Madinai Munavvara ziyorati

Toshkent aeroportidan kutarilgan ulkan «Boing» samolyotimizning muqaddas Madinai Munavvaraga qunayotgani haqidagi khabar barchamizni qandaydir boshqacha bir bezovta, quvonchli holatga tushirib quydi. Akhir, Madinai Munavvara Islom olamining ikki Muqaddas shaharlaridan biri-da. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ravzalari quyilgan shahar. Ziyorat qilinishi zarur joylar shunchalik kupki, vaqtning chegaralanganligi inobatga olinsa, har bir daqiqadan unumli foydalanish zarurligini dildan his etdik. Avvalambor, Rasululloh solallohu alayhi vasallamning muborak masjidlarini ziyorat qilishga otlandik. «Kuch boglab ziyoratga faqat uch masjidga borsa buladi», degan ekanlar Rasululloh  solallohu alayhi vasallam Masjidul Haramga, Masjidul Aqsoga va mening mana bu masjidimga, mening masjidimdagi bir namoz bundan boshqasidagi mingta namozdan yakhshidir. Faqat Masjidul Haramgina undan mustasno, chunki Masjidul Haramdagi bir namoz boshqa masjidlardagi yuz ming namozga tengdir. Rasululloh  solallohu alayhi vasallamning masjidlariga borishdan oldin gusl qilib, uzlarimizga khushbuy narsalardan sepib, eng chiroyli kiyimlarimizni kiyib oldik. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizga istigfor aytdik, tavba-tazarru qilib ziyoratga otlandik. Yulda Rasululloh  solallohu alayhi vasallamga salovat va duolarni kuplab aytdik. Muborak masjidga ung oyogimiz bilan kirdik va kirish bilan salom berib: «Allohning nomi bilan Rasulullohga salot va salomlar bulsin. Ey Alloh, menga rahmating eshiklarini ochgin», deb yakhshi duolarni qilib Ravza sari yurdik. Rasululloh  solallohu alayhi vasallam: «Uyim bilan minbarim urtasida jannat boglaridan bir bog bor», deganlar. Shuning uchun Ravzada hammamiz ikki rakaatdan namoz uqidik. Sungra ohista, odob bilan Rasululloh  solallohu alayhi vasallamning qabrlari tomon yurdik. Qabr tarafga yuzimizni qilib turib Rasululloh  solallohu alayhi vasallamga salom berdik: «Assalomu alayka ya Rasulallohi va rahmatullohi va barokatuh! Assalomu alayka ya khayro kholqillah»…

Rasululloh  solallohu alayhi vasallamga salom berish ulkan bakht va saodat ekanligini hammamiz yakhshi bilamiz. Hadisi sharifda: «Biror kishi menga salom bersa, albatta, Alloh mening ruhimni qaytarib beradi va men usha odamning salomiga alik olaman» deyilgan ekan. Bundan bokhabar hamyurtlarimiz safarlarimiz oldidan Rasululloh  solallohu alayhi vasallamga «Bizlarni nomimizdan ham salom aytinglar», deb suragan edilar. Allohga ming karra shukrlar bulsinki, qulimizdan kelganicha ularning ham salomlarini etkazdik.

Sungra Hazrati Abu Bakr Siddiqning (roziyallohu anhu) va Hazrati Umar ibn Khattobning (roziyallohu anhu) qabrlariga rubaru buldik va salomlar berdik. Kunglimizdagi duolarni qiblaga qarab ikhlos bilan qildik, nafl namozlari uqildi, salavot va durudlar aytildi.
Ertasiga Rasululloh  solallohu alayhi vasallam hamisha ziyorat qilgan joylariga bordik. Qubo masjidini ziyorat qilish savobli ishlardan ekan. Rasululloh  solallohu alayhi vasallam: «Kim uyida tahorat qilib, Qubo masjidiga kelib namoz uqisa, umraning savobini oladi», degan ekanlar. Bulardan tashqari, Madinadagi sahobalar dafn etilgan Baqi qabristonini, shahidlar qabristonini va Uhud togi etagidagi Hazrati Hamzaning qabrlarini ham ziyorat qilishga muyassar buldik. Madinai Munavvarada utkazgan soatlarimizning juda tez utib ketishiga qaramasdan bu tabarruk joy bizda bir umrlik ulkan taassurotlar qoldirdi. Madina shahridagi madaniyat, tartib-intizom har bir kishini uziga jalb etadi. Balki, madaniyat suzining Madina suzidan kelib chiqqani bejiz emasdir. Ayniqsa, Paygambarimiz Ravzalari ziyorati uchun tartibli ravishda ayollar uchun makhsus vaqtlar belgilanganligi, bu ziyoratning Islom ahkomlariga naqadar mos ekanligi hammamizni hayratga soldi. Qalbimizdan bir umrga uchmas taassurotlar bilan safar belgilangan kuni tamattu hajini niyat qilib ikhromga kirib, Makkai Mukarramaga yul oldik.

Makkai Mukarrama sari ihromga kirish.

Makkai Mukarrama  butun Islom olamining markazi, Allohning uyi joylashgan tabarruk shahar sanaladi. Shu boisdan, khalqimiz bu ulug va tengsiz shaharni ezozlab uni Makkatillo deb ataydi. Bu erda bosilgan har bir qadam ulchovli va ayni paytda sharafga loyiqdir. Haj amallarining asosiylari Makkai Mukarrama va uning atrofidagi tabarruk maskanlarda bajarilishi ham bejiz emas, albatta. Umra va haj amallarining dastlabkisi, albatta, ihromga niyat bilan kirishlikdir. Bu farz amallaridan hisoblanadi. «Ihrom» arabcha suz bulib, lugatda «Harom qilmoq» manosini anglatar ekan. Chunki hajda ihromga kirgan shakhs uziga ihromdan oldin halol bulgan bazi narsalar va holatlarni harom qilgan buladi. Ihromga kirish uchun sochni, tirnoqni, muylabni va olinishi lozim bulgan boshqa tuklarni olib, sungra gusl qilinadi. Keyin ikki parcha oq matoning birini kindigi va tizzasini qushib tusgan holda beliga tutadi, ikkinchisini elkasi aralash aylantirib urab oladi. Bu holatni oddiy suz, ibora bilan izohlab bulmaydi. Chunki siz bu dunyo lazzatlarini, mashaqqatlarini uylamaysiz ham, khayolingizga kelmaydi ham. Siz hammasidan voz kechib, faqat Alloh oldida istigforda bulasiz. Buning naqadar chuqur ruhiy holat ekanligini bir tasavvur qilib kuring-a?! Dilingizda, tilingizda, faqat «Ey Alloh, men umra va haj qilishni iroda qilaman, ularni menga oson et va ularni mendan qabul ayla», degan niyatgina chiqadi va talbiya ayta boshlaysiz. «Labbay, senga yo Alloh, Labbay, Labbay, Senga, Sening sheriging yuq. Labbay Senga Albatta, Maqtov, Nemat va Podshohlik Senga Khos. Sening sheriging yuq». Talbiya aytishlik bilan inson ihromga kirgan hisoblanadi va ihrom hukumlariga buysunishi kerak buladi. Ayollarga yaqinlik qilish, gunoh ishlarni bajarish, Allohning toatidan chiqish, talashib-tortishishlik, janjallashish va shunga ukhshagan ishlarga yul quyish aslo mumkin emas. Bulardan tashqari, bosh kiyim kiyilmaydi, soch-soqol, tirnoq va tuklar olinmaydi va khushbuy narsalar sepilmaydi va hidlanmaydi. Ihromning hikmatlari kup ekan… avvalambor, u dunyoviy kiyimlardan, havoyi nafsning shahvatlaridan kholi bulish, Alloh yulida uzini bagishlash ramzidir. Ikkinchidan, ihromda hammaning Alloh huzurida barobar ekanligini namoyon bulishidir: hamma boshyalang, oyoqyalang bulib, Alloh huzurida uzining khokisorligini izhor etadi.
Alloh taoloning bandasini dastlabki imtihon qilishligi, mening fikri ojizimcha, ihrom kiyishdan boshlanar ekan. Yana bir bor qaytarib aytmoqchiman, bunday mujizali ruhiy holatni faqat ihrom kiygan vaqtingizda his etar ekansiz. Chunki siz endi Alloh oldida hamma narsaga tayyor ekanligingizni izhor etdingiz.

Allohning mehmonlari

Aytishlaricha, muqaddas shahar Makkai Mukarramaga haj ibodatlarini bajarish maqsadida kelgan barcha hojilar Allohning mehmoni hisoblanar ekan. Shu boisdan bulsa kerak, barcha hojilar mehmonkhonalarga joylashib olishlari bilan, ularning qalblari, nigohlari Harami Sharifga oshiqar ekan. Barchaning dilida-tilida bir gap: «Tezroq Haramni kursak» … Buning uchun, albatta, tahoratlar olinib ihromlaringizni pok ekanligiga ishonch hosil qilinib, umra amalini ado etishga tayyorgarlik qilish lozim ekan. Masjidul Haramga kirib borgach, tahlil va talbiya kuchaytirildi. Haramning «Babussalom» (Salom darbozasi) deb nomlangan eshigidan uzimizni khokisor tutgan holda talbiya aytib kirdik. Kabatullohga nigohlarimiz tushishi bilan «Allohu akbar!» deb takbir va «La ilaha illalloh» deb tahlil aytdik. Tavof qilish maqsadida Hajarul Asvadning qarshisiga tugri turib, khuddi namozdagi kabi qullar kutarilib takbir va tahlil aytdik. Sung tavofni boshladik, bazilarimizga Hajarul Asvadni upish, ushlash nasib ayladi va bazilarimiz uzoqdan ishora bilan takbir aytib tavof qildik. Hammamiz uzimiz bilgan duolarni uqib etti marotaba aylanib tavof qildik. Tavof tugagach, Maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz uqidik.
Sung Safo tepaligiga chiqiladi, Baytullohga yuzlanib takbir va tahlillar aytildi. Rasulullohga salavot va durudlar yullandi. Ikki qul kutarilib hojatlarimizni Allohdan suradik, duolar qilib Marva tepaligiga qarab yurib ketdik. Bir tomonga borish bir say hisoblanar ekan. Sung Safoga qarab yurildi. Safo tepaligiga etib kelganda ikki say buldi. Shu tariqa etti marta say qilinishi kerak ekan. Say vaqtida «Labbayka» aytildi va duolar qilindi. Safo va Marva orasida say qilib yurgan chogingizda chaqaloq Ismoilni qumga yotqizib quyib, Allohdan najot izlab, zir yugurgan Bibi Hojarning hollari eslanar ekan. Say Marvada tugagandan sung shu erda iltijo etib, duolar qildik. Say amali okhiriga etkazilgach, erkaklar sochlarini oldirdilar, bazilari qisqartirdilar, ayollar esa sochlarini uchidan qirqib tashladi. Shundan sung ihromdan chiqdik. Shu kundan boshlab Zulhijja oyining sakkizinchi tuniga qadar, yani yolgon arafa kechasigacha toat-ibodatda va Kabatullohni har kuni tavof qilish bilan mashgul buldik. Haramda har kim qulidan kelganicha nafl namozlarini uqidilar, bazilari tunab qolib ibodat qildilar.

Sharafli imtihon

Haj safarining asosiy imtihoni, mening nazarimda, Zulhijja oyining sakkizinchi tunidan boshlanar ekan. «Haj ibodatlari» kitobchasining mualliflari haj qiluvchilarga kup marotaba bejizdan «Sogligingizga etibor bering, bedorlik, kup yurish va charchatadigan ishlardan saqlanib, hajga kuch tuplang», deb uqtirmagan ekanlar. Darvoqe, asosiy sinov-imtihon yolgon arafa kunidan boshlanar ekan. Bu kuni barcha hojilar ihromga kirgan holda Minoga etib keldik. Ajratilgan chodirlardan joy olib namoz uqib, duolar qilib utirdik. Mening ojiz fikrimcha, Alloh bizni shu erdan boshlab ham jismoniy, ham ruhiy imtihonlardan utkazayotganday buldi, chunki chodirlarda mayda tosh, qum ustiga solingan bir qavat gilamda na tushak bulsin, na bolish va yana na yopinchiq. Shunday holatda sen uzingni qanday tutasan, chidaysanmi shunday erlarda, shunday joylarda toat-ibodat qila olasanmi? deb sinab kurganday tuyuldi menga. Lekin biz na toshlarning botganini sezdik, na ustimizda yopinchiq va boshimizda yostiq bor-yuqligini bildik. Kuplab namozlar uqidik, faqat ibodatda buldik. Ertasi, chin Arafa kuni Arofat togi sari yul oldik. U erda ham khuddi Minodagidek chodir, bir qavat gilam. Alloh Taolo yana bir bor sinayotganday buldi, menga.
Arofatda turish hajning asosiy ruknidir. Arofatda turish vaqti, arafa kuni zavoldan keyin kirib, hayit kuni tong kirguncha davom etar ekan. Bu er ulug manzil bulib, bu erdagi duolar qabul bular ekan. Shuning uchun u erda utirib doimo duoda bulishga harakat qilinar ekan. Chunki ushbu kun duo talabida yiglab, ojizonalikni izhor qiladigan kun ekan. Arofatda quyosh botguncha turish vojib sanaladi. Kun botgandan sung Arofatdan tup otiladi. Bu Arofatdan qaytishga rukhsat berilganini bildiradi. Alloh Taolo Arofatda hojilarni yana bir bor ham ruhiy, ham jismoniy imtihon uchun chorlagandek buldi. Ularning irodasini toqatini, iymonining butligini imtihon qilayotganday bulib kurindi. Quyosh botgach, Muzdalifaga qarab yurdik. Muzdalifada yana bir bor imtihon qilinayotganimizni his qildim. Chunki bu erda na chodir bulsin, na gilam. Hammayoq quruq toshlar vodiysi. Dunyoning bir necha qitalaridan kelgan bir necha million musulmonlar bir khil kiyimda, oppoq bulib qora toshlar orasida tuplanar ekan. Ana endi kuz oldingizga ana shu manzarani keltirib kuring-chi?!
Kimlardir qul ochib, duo qilib, namoz uqiyotgan, kimlardur tikka turib yiglayotgan, kimlardir toshlar ustida ukhlayotgan… kuz ungingizda qiyomat qoyim manzarasini kurganday bulasiz. Alloh Taolo bizni Muzdalifada ham, ham ruhiy, ham jismoniy imtihondan utkazgan ekan. Iymoni butlar takbir, tasbeh va duolar bilan mashgul bularkan. Shaytonga tosh otish maqsadida Muzdalifadan nukhat kattaligida har bittamiz 49 tadan tosh terib oldik. Tong otgach bomdod namozini uqib, Muzdalifada turish boshlandi. Bu turish vojib amallardan hisoblanadi. Quyosh chiqishi bilan biz tashkiliy ravishda Mino tomon yul oldik. Uninchi Zulhijja kuni, yani Qurbon Hayitining birinchi kuni hammamiz Muzdalifadan Minoga qaytib keldik. Minoga qaytib kelgach, quyidagi duoni uqidik. «Iloho, shu ibodatlarimizning barchasi Sen uchun. Barcha yakhshiliklarning sohibi Uzingsan. Ibrohim alayhissalomga ham, Muhammad alayhissalomga ham nemat bergan Uzingsan, bizlarning ikhtiyoru inonimiz Sening qulingda, roziligingni surab keldim, mendan rozi bul va rahmatingni nasib et».
Bu duolar zamirida olam-olam manolar borligiga iymonimiz komil. Uzimizni khuddi Ibrohim Halilullo kabi buyuk imtihondan utganday sezdik. Minoda yotib, Arofat togida utirib, Muzdalifa vodiysida tik turib qilingan ibodatlardan sung Alloh bizni yana bir bor imtihondan utkazayotganligini bildik. Bu safar borib kelishi etti-sakkiz kilometr keladigan masofaga piyoda, daryodagi suv qanday oqayotganday bulsa khuddi shunday odamlar oqimi bilan birga yurib, hayitning birinchi kuni shaytonning ramzi sifatida barpo etilgan katta Aqaba yoniga bordik va unga qarab ettita tosh otdik. Birinchi tosh otish bilan «Labbayka» aytish tukhtatiladi. Qiron va tamattu hajini niyat qilganlar qatorida har bir hojiga qurbonlik qilish vojibdur. Qurbonlik suyilganligi haqida khabar kelgandan sung sochlarimizni oldirdik va ihromdan chiqdik. Shundan sung hajning ulkan rukni, yani farzi bulgan tavof – Tavofi ifodani ado etishga kirishdik. Bu tavofni uch kun hayit ichida bajarish zarur ekan. Tavofi ifodani qilinmasa, hajingiz haj bulmaydi. Bu ham Allohning yana bir imtihoni ekan. Tavofi ifoda haramda Kabatullohni ohista yurib bajariladigan tavofdir. Uni bajarish bilan zam-zam suvlaridan tuyib ichiladi, yuz-qullar yuviladi, qora tosh bilan eshik urtasiga utib duolar uqiladi. Hojilar Kabatullohga nigohlarini qadagan kuyi orqalari bilan yurib masjidni tark etadilar. Hayitning ikkinchi va uchinchi va istaganlar uchun turtinchi kuni uch joyda shaytonga tosh otiladi. Toshlar otilib bulgandan sung hammamiz yana Makkai Mukarramaga qaytdik. Kabatullohda vidolashuv tavofini ado etdik.
Haj safarimizga qisqacha khotima sifatida quyidagilarni yozmoqchi edim. Avvalambor, haj ibodati naqadar sharafli, masuliyatli, mashaqqatli ibodat ekan. Poklanish, yani onadan yangi tugilgan holatga kelish oson kechmas ekan. Bu ibodatni tula-tukis, bekamu kust ado etish uchun, avvalambor, jismoniy baquvvat, bardam bulish talab qilinar ekan. Ikkinchidan, ruhiy tayyor bulishlik zarur ekan. Uchinchidan, moliyaviy ahvoli yakhshi bulishi lozim ekan. Safarimiz vaqtida bazi bir ellikboshilar: «Vatanga borganda bu erdagi qiyinchiliklarni aytmanglar, khalqimizni chuchitib quyasizlar», degan mazmunda nasihatlar qildilar. Men ularga qarata aytmoqchiman: «Alloh yulidagi qiyinchiliklardan qurqqan kishi hoji bulolmasa kerak!»
Hajda biz poklanamiz. Alloh oldida iymonimiz but buladi. Bunday ziyoratlarga, imtihonlarga yoshlarimizdan kuproq borishsa, yakhshi bular edi. Qancha kup yosh-navqiron yigit-qizlar borsa, shuncha tez jamiyatimiz pokiza kadrlarga ega bulishi aniq.
Malayziya va Indoneziyada yigit uylanayotganda va qiz turmushga chiqish paytida sovchilardan suralar ekan: «Hajga borganmi?» deb. Izohning hojati bulmasa kerak.
Haj safariga borgan har bir kishining qanchalik uzgarib, halim, pokiza va mehribon bulib ketganini darrov sezasan kishi. Haramdagi bir voqea esimga tushdi. Bizning guruhimizdagi sakson yoshli otakhonlardan birini tavof qilishga birga olib bordim. Safo va Marva tepaliklarini ikki say qilganimizda oqsoqolning charchayotganini sezib qulidan ushlab ibodat qildirdim. Shu payt bomdod namoziga azon aytildi. Biz usha erda namozga utirdik. Otakhon uz tizzalarini uqalay boshladi. Buni uning yonida utirgan bir zabardast yigit kuzatib turgan ekan. U darrov uzining katta-katta baquvvat qullari bilan otakhonning oyoqlarini shunday mehr bilan uqalay ketdiki, khuddi uz otasining oyoqlarini uqalayotganday buldi. Mening kuzlarimga yosh qalqidi. Suhbatlashsam, bu yigit pokistonlik ekan. Bu suz bilan ifoda qilina olmaydigan holatdir. Khulosam shuki, haj safariga borgan har bir shakhs boshqacha odamga aylanadi, u mehribon buladi, u halim buladi, u halol va haromni yakhshi farqiga boradigan buladi. U oilasiga, Vataniga, mamlakatiga muhabbatli buladi. U sadoqatli shakhsga aylanadi. Qancha erta haj qilinsa, shuncha shakhsning uz vataniga va davlatiga erta mehr-muhabbati oshadi.
Jamiyatimizni pok yuldan borib taraqqiy etishi tezlashadi. Insonlar orasidagi bir-biriga bulgan sof, toza tuygular kuchayadi.
Iloho, Alloh barchamizning hajlarimizni qabul aylagan bulsin!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари