Home / Madaniyat / Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari

Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari

hajKimki Hajni iroda etsa, tavba bilan boshlashi lozim buladi. Qilgan zulmlarini qaytarishi, qarzlarini uzishi, qaytib kelguniga qadar nafaqasi lozim bulgan har bir kishiga etgudek nafaqa hozirlashi, uzida saqlayotgan omonatlarni egasiga qaytarishi kerak.

Hajga borish va kelishga kifoya etadigan miqdorda halol moldan uzi bilan birga olib oladi. Zodi-rohilasiga bagrikenglik qilib, faqiru miskinlarga yumshoqlikda khasislik etmaydi.
Hoji zarur bulgan misvok, taroq, oyna, (soat, kuzoynak… – tarj.) kabilarni uzi bilan birga olishi yakhshi.
Safarga chiqishdan oldin khayru sadaqa etadi. Agar ot-ulovni kira etadigan bulsa, uzi bilan olib boradigan barcha, ozmi yoki kupmi, yuklarni ochiq-oydin sarbonga kursatadi. Chiroyli suz va muomalada bulish musulmonning belgisidir.
Bir kishi Abdulloh ibn Muborak roziyaallohu anhuga «Mana bu khatni falonchiga olib olsangiz», deb aytdi. U zot: «Avval hammoldan rukhsat olay», deb aytgan ekanlar.
Safarga chiquvchi solih, yakhshilikni dust tutuvchi va yordamga hozir yuldoshni topishi lozim. Bunday rafiq agar unutsa, esga soladi, agar zikr etsa, yordam beradi. Yuragi siqilsa, sabr qiladi (tilaydi).
Yuldoshlar uzlariga khulqi eng chiroyli, ashoblarga mehribonrogini amir qilib ikhtiyor etishadi. Amir saylashga ehtiyoj shundaki, safar chogida fikrlar turlicha buladi, chora-tadbirlar nizomda bulmaydi. Bularning oldini olish uchun amir ikhtiyor etiladi. Amir odamlarga chiroyli muomalada bulishi, ularning manfaatlariga qarashi va uzini ularning himoyalari yulida khizmatga bagishlashi lozim.
Musofir chiroyli suzlarni aytishi, odamlarga taom berishi, guzal akhloqini namoyish etishi zarur, zero safar mashaqqati botiniy sifatlarni yuzaga chiqaradi. Kimki qiyin, ogir safarda husni khulqda bulsa, utroq-shaharda juda ham chiroyli buladi.
Shunday deb aytiladi: «Agar bir odamga utroqda u bilan muomala qiluvchilar va safardagi yuldoshlari maqtov aytishsa, bas, biz uning solihligidan hech bir shikoyat etmaymiz».
Safarga otlangan muqim odam dust-birodarlari bilan khayrlashmogi va ulardan duo etishlarini suramogi lozim. Safarni payshanba tongidan boshlashi maqbul. Uyidan tashqariga chiqishidan oldin u kishi ikki rakat namoz uqishi, ahli ayoli, molu dunyo va uyini Alloh ikhtiyoriga qoldirib, duo qilishi lozim. Manzildan chiqishda duolar va masur zikrlarni aytadi. Bir ulovga minish va tushishda ham shunday ish tutadi. Jamiki Haj manosiklari – ehrom, tavof, say, Arafotda turish va boshqa amallarda ham turli zikrlar, duolarni aytadi hamda Hajga taalluqli odoblarga qatiy rioya etadi. Bular haqida fiqh va boshqa kitoblarda batafsil bayon etilgan. Marhamat qilib ularga murojaat etishingiz mumkin.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари