Home / Madaniyat / Haj va hojining salomatligi. Tibbiy tavsiyalar

Haj va hojining salomatligi. Tibbiy tavsiyalar

hajHojilarning salomatligini saqlashning asosiy maqsadi Haj arkonlarining Quroni Karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga mos ravishda tugri va uz vaqtida bajarilishini taminlashdir.

Malumki, Haj ibodatining qiyinchiliklari va sinovlariga uzini avvaldan ruhan va jismonan tayyorlamagan kishi kasallik va kharajlarga kuproq moyil buladi, bemorlik holatida bu muqaddas zaminda utayotgan goyatda qimmatli vaqtni kup yuqotadi.

Hojilarning salomatligiga (uning mustahkam bulishiga ham, yomonlashishiga ham) Alloh Taoloning irodasi bilan kishilarning uch toifasi tasir qilishi mumkin:

1) – bevosita hojilarning uzlari;
2) – tibbiyot khodimlari;
3) – hojilarning guruh rahbarlari.

Tibbiyot khodimlari hojilarning salomatligini muhofaza qilishda asosiy urin tutishlari lozim.

Uzining doimiy yashash joyidan ancha uzoqda, iqlimi issiq va quruq havoli bulgan tog-chul joylarda uzoq vaqt yul yuradigan, uyushgan guruhlarga tibbiy khizmat kursatish tajribasidan hamda avvalgi yillarda hojilarga khizmat kursatish ishlarining natijalaridan (shu jumladan, khorijiy tajribalardan ham) kelib chiqqan holda, hojilarni quyidagi nisbatlarda tibbiyot khodimlari bilan taminlash maqsadga muvofiqdir: 70 kishigacha bulgan guruhlarga – 1ta feldsher (hamshira), 140 taga kishilik guruhlarda – 1 ta shifokor + 1 feldsher (hamshira), 200 kishigacha — 1 shifokor + 2 feldsher (hamshira), 300 kishigacha — 1 shifokor + 3 feldsher (hamshira), 300 dan kup kishilik guruhlarda esa – har 300 kishiga bittadan shifokor hamda har 100 ta hojiga bittadan feldsher (hamshira).

Guruhlarni tibbiyot khodimlari bilan taminlashda umumiy amaliyot shifokorlariga, shu jumladan, «tez yordam» shifokorlarini tanlash afzaldir. Tibbiy faoliyatning bu turiga doimiy joylashgan joyidan, aholi yashaydigan joylardan uzoq masofaga uzoq muddat safarlarga chiqqan bulinmalarga tibbiy khizmat kursatish kunikmalariga ega bulgan, kerakli jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega bulgan sobiq harbiy shifokorlar eng yakhshi tayyorlangan buladilar.

Taklif qilinayotgan ushbu meyorlar eng kam meyorlar bulib, imkoniyatga qarab hojilar guruhlari tarkibidagi tibbiyot khodimlarining sonini kupaytirish maqsadga muvofiqdir. Buning boshqa sabablari ham bor:
— tibbiyot khodimlari ham oddiy hojilar bilan birgalikda Haj arkonlarini bajaradilar;
— dardga chalingan hojilar ichida yurgan tibbiyot khodimlarining uzlari ham odatda kasal bulib qoladilar va ularning sogayishlariga ham malum vaqt kerak buladi;
— hojilarga kechayu-kunduz uzluksiz tibbiy khizmatlar kursatilishini hisobga olsak, tibbiyot khodimlari uchun dam olish vaqtlarini tashkil qilib, ularning navbat bilan ishlashlarini yulga quyish kerak;

Aytib utilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, hojilarning salomatligini muhofaza qilish buyicha tavsiyalarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

Hojilarga salomatlikni saqlash buyicha tavsiyalar

Hojilarning organizmiga salbiy tasir kursatadigan omillar va vujudga keladigan muammolarni hal qilish usullari

Hajga tayyorgarlik davrida:

— bakteriyali va virusli kasalliklarga qarshi preparatlar bilan bevosita Hajga junab ketish oldidan emlatish (bunday preparatlar bilan doimiy yashash joyidan junashdan kamida ikki hafta avval emlatish kerak);
— tanani tuklardan bevosita Hajga ketish oldidan tozalash (junashdan 2-3 kun avval tozalanib, jarohatlangan joylar bulsa, ularga antiseptiklar bilan ishlov berish lozim);
— yangi, kiyilmagan poyafzal (Hajga ketguncha biroz kiyilib, oyoqni qavartirmaydigan holatga kelgan poyafzal bulgani maqul);
— jismoniy tayyorgarlikning zaifligi, turmush tarzida kamharakatlik (Hajga ketishdan 2-3 oy avval har kuni piyoda sayr qilish va organizmni chiniqtirish lozim).

Haj kunlarida:

— yuqori jismoniy va emosional zuriqishlar, dam olish va uyqu tartibining buzilishi (Haj arkonlari, ibodatlar, dam olish va uyqu tartibini mutadil taqsimlash)
— sovuq suvni haddan tashqari kup ichish (muzdek suvni kup miqdorda, ayniqsa, qizib yoki terlab turib ichishdan saqlanish lozim);
— yashash joylarida kondisionerlardan notugri foydalanish (khonalarni hech kim yuqligida sovutish, kondisioner ishlatganda elvizaklarga yul quymaslik lozim);
— hojilarning yopiq khonalarda kupchilik bulib tuplanib ketishi (organizmni Haj davrigacha chiniqtirish, dokadan himoya niqoblari taqish);
— quyosh ostida kup vaqt qolib ketish (tik tushayotgan quyosh nurining ostida kup vaqt qolishdan saqlanish);
— ovqatlanish tartibining buzilishi, quruq ovqatlanish (ovqatlanish tartibiga rioya qilish, suyuq ovqatlar, sutli taomlar, sabzavotlardan eb turish);
— surunkali kasalliklar tarqalishi, surunkali infeksiya uchoqlarining mavjud bulishi (Hajdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish, mavjud surunkali kasaliklar uchun yozib berilgan dori-darmonlarni istemol qilish, surunkali infeksiya manbalarini bartaraf qilish);
— ayollarda ginekologik kasalliklarning mavjudligi, jismoniy va ruhiy zuriqish (Hajga ketishdan oldin ginekolog bilan maslahatlashish, arnika, «pustirnika», shuvoq, «pastushey sumki», buta usimligi (uning mayda qizil, nardon mevasi)dan tayyorlangan dorilarni istemol qilish)

Mino va Muzdalifada turganda:

— tunda havo haroratining pasayib ketishi, havoning haddan tashqari dimiqqan va chang bulishi (tunda yopinish uchun kurpa yoki choyshab tayyorlab quyish).

Vatanga qaytishda:

— mehmonkhonalardan avtobuslarga belgilangan vaqtdan 4-5 soat avval chiqib olish (guruh rahbarlarining topshiriqlarini aniq bajarish);
— ogir va ortiqcha yuklar (kundalik ehtiyojlarda mutadil bulish);

Tajribadan malum bulishicha, hojilarning 96-99 foiz qismi turli darajada utkir respirator kasalliklarga chalinadilar; hojilarning malum bir qismi Haj sharoitlariga qarab, mazkur kasalliklardan tashqari boshqa somatik (bazan ruhiy) kasalliklarga ham chalinadilar. Bundan kelib chiqqan holda, har bir hoji guruhda tibbiyot khodimi bor yoki yuq bulishidan qatiy nazar, yonida shakhsiy dori qutichasini olib yurishi kerak.

Etibor beringki, khorijiy dori-darmonlarning katta qismi, shu jumladan aholi urtasida keng tarqalgan dorilarning aksariyati, chuchqa yoki shariat qoidalariga rioya qilinmay suyilgan boshqa hayvonlarning organlaridan tayyorlanadi. Kupincha musulmonlar dori-darmon bozorlaridagi ahvoldan khabarlari yuqligi tufayli shariat man etgan dorilardan foydalanadilar. Ayni paytda har qanday tibbiy preparatning halol muqobili bordir.

Bizningcha, kasalliklarning oldini olish va davolash ananaviy tibbiyotdan ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tibbiyotlaridan ham foydalanilgan holda olib borilsa, yakhshiroq samara beradi. Turli kasalliklarda qora sedana goyatda yakhshi samara beradi. Undan foydalanish buyicha tavsiyalarni «Qora sedana – haqiqatdan ham ajoyib usimlik!» deb nomlangan maqolada uqishingiz mumkin.

Qora sedana yogini sotib olishda uning fabrikada qadoqlanganligiga, yorliqchasida esa «100%, cold-pressed, solvent free» va hokazo deb yozib quyilganligiga ishonch hosil qiling. Bir shisha qora sedana yogining narkhi ishlab chiqaruvchilarga qarab, chakana bozorda 14-18 rial bulishi mumkin (110-140 rubl).

Hojilarning kasallanish dinamikasining qisqacha tavsifi

Hojilarning kasallanish dinamikasi va nozologiyasida uziga khos qonuniyatlar mavjud bulib, ular malum darajada yangi jamoalar tashkil qilinayotgan paytda paydo buladigan qonuniyatlarga ukhshashdir.

Hojilar Makkaga ketayotgan paytlarida qaysi transport turida ketishlaridan qatiy nazar (havo transporti, avtobus yoki avtomobilda), kupincha quyidagi kasalliklar qayd qilinadi:
— ovqatlanish tartibining buzilishi, shu jumladan epidemik nuqtai nazardan shubhali bulgan ovqatlanish joylarida urganilmagan (asosan, juda achchiq) taomlarni istemol qilish oqibatida oshqozon-ichak yullari faoliyatining buzilishi (ich qotishi yoki ketishi, meteorizm kurinishlarida);
— turli khil lat eyishlar, paylarning chuzilishi, suyaklarning chiqishi, transportda yurishda olingan jarohatlar tufayli mayda suyaklarning sinishi.

Hojilarning kasallanishi hajning 5-7 kunlaridan (uydan chiqqandan) boshlab kuzatila boshlaydi. Bu kunlarda, odatda, engil va urta shaklda utkir respirator kasalliklari bilan, masalan utkir rinit, faringit bilan kasallanish hollari uchrab turadi. Keyingi 5-7 kun ichida epidemik jarayon tarqalib, hojilarning 40-60 foizi utkir respirator kasalliklarining turli shakllari bilan kasallanadilar.

Shundan sung hojilarning organizmiga noqulay omillarning butun bir kompleksi – jismoniy va ruhiy zuriqish, Mino va Muzdalifadagi tungi past harorat, elvizaklar tasir kursata boshlaydi. Haj mavsumining takhminan 10-12-kunlariga, bazan bundan sal kechroq epidemik jarayon hojilarning 96-99 foiziga tarqaladi.

Bu davrda kasalliklarning turlari ham kupayib ketadi: deyarli har bir hoji utkir respirator kasallaklaridan biriga chalinishi bilan bir qatorda, surunkali kasali bor kishilar, asosan yurak-tomir va nafas organlari kasalliklariga chalingan kishilarning dardlari quzgaydi.

Odatda, Minodagi chodirlar shaharchasiga kirish davrida bemorlar tibbiyot khodimlariga yoppasiga murojaat qila boshlaydilar. Bunday holat Muzdalifadan Minoga va Minodan Makkaga qaytishdan sung ham takrorlanadi.

Bu davrlarda hojilar urtasida keng tushuntirish ishlarini olib borishga, ular urtasida kasallikning kupayishidan vahima kutarilishiga yul quymaslikka, hojilarning bunday kasalliklarga chalinish sabablarini qatiyat bilan tushuntirishga alohida etibor berish lozim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Biror bir musulmon yuqki, u dardga chalinganda Alloh Taolo uning gunohlarini darakhtning barglari tukilgandek tukmasa» (Bukhoriy rivoyat qilgan), «Mumin kishiga qanday dard etmasin – bosh ogrigimi, charchoqmi, dard yoki qaygumi, yoki hatto oddiy gamginlikmi – barchasi uning gunohlariga kaforatdir» (Muslim rivoyat qilgan).

Bu butun Haj mavsumi ichida tibbiyot khodimlari uchun eng qizgin va masuliyatli davrdir. Bu paytda keksayib qolgan, holdan toygan hojilarga alohida etibor berish lozim, chunki ularda utkir respirator kasalliklarining 5-7 kunida diffuziyali bronkhit va utkir pnevmoniya kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Utkir respiratorli kasalliklar asoratining rivojlanishiga bemorlar yoppasiga murojaat qilganda, tibbiyot khodimlarining kuchi va vositalari etishmay qolganda, tibbiy khodimlarning norasional ishlashi oqibatida tibbiyot khizmati kursatishda yuzaga keladigan nuqsonlar ham sabab bulib qolishi mumkin.

Guruh rahbarlariga hojilarning salomatligini muhofaza qilish buyicha tavsiyalar

Alhamdulillah, sunggi yillarda Haj safariga borish imkoniyatlari yurtimiz musulmonlari uchun tobora kengayib bormoqda. Ammo afsuslar bulsinki, hojilarning malum qismi Haramaynga etib kelgan paytda Islomdagi ulug farzlardan biri – Hajni ado etishga, uning arkonlarini bilish buyicha ham, jismoniy tayyorgarlik buyicha ham etarli darajada tayyorlanmaganliklari malum buladi. Bunga turistik guruhlarning rahbarlari ham, Haj safarini tashkil qilayotgan mutasaddi tashkilot rahbarlari ham malum darajada sababchi buladilar.

Inshaalloh, yaqin kelajakda uzbek hojilariga rahbarlik qiluvchi kishilar nafaqat ularning yul va joy muammolarini hal qilib berishga, balki Allohning bu jiddiy sinovlarida hojilar bilan elkadosh bulib, kerak bulganda ularning har biriga qulidan kelgancha manaviy, ruhiy va tibbiy yordam kursata olishga layoqatli bulgan ustozlar darajasiga kutariladilar, deb umid qilamiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodarining hojatini engillashtirayotgan kishining hojatini Alloh Taolo engillashtiradi» deb marhamat qilganlar (Termiziy rivoyat qilgan)

Hojilarga uz vaqtida va malakali tibbiy khizmat kursatish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
— yurtimizdan borayotgan hojilarga biriktirilgan barcha tibbiyot khodimlarining faoliyatini birlashtirib, markazlashtirish;
— uzbek hojilari zich joylashgan joylarda yagona muvaqqat tibbiy markazlar tashkil qilish;
— Uzbekiston tibbiyot markazini moddiy bazasini mahalliy sogliqni saqlash muassasalari tomonidan begaraz ajratilgan asbob-uskuna va dori-darmonlar bilan kengaytirish;
— hojilarimizning kasallanishi va jarohatlanishiga oid barcha malumotlarni tuplab borish va ularning sabablarini tahlil qilish. Hajni ado etayotgan Uzbekiston fuqarolarining salomatligini muhofaza qilishning yagona chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Umid qilamizki, tobora kuproq vatandoshlarimiz Islomning besh ustunidan biri bulgan Haj arkonlarini munosib bajara olishlaridan manfaatdor bulgan barcha musulmonlarning say-harakatlarini birlashtirib, uzbekistonlik hojilarga kursatiladigan servis, transport, tibbiy va maishiy khizmatlar saviyasini boshqa mamlakatlardan borgan birodarlarimizdan kam bulmagan darajaga kutara olamiz.

Haj arkonlarini ado etish davrida dard tortgan va mashaqqat chekkan paytlarimizda sevimli Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu suzlarini yodimizdan chiqarmaymiz: «Alloh Taolo hech bir dardni shifosiz yubormaydi» (Bukhoriy rivoyat qilgan).

Hojilarning shakhsiy dori qutilari tarkibi (dori-darmonlarning takhminiy ruykhati): Steril doka bint 5kh10; bakteriyaga qarshi yopishqoq tasma (plastir);
doka rumolchalar 6kh14; «Oltin yulduz» balzami (Vetnam); ampisillin trigidrati 0.25g №20; siprolet tabletkalari 250 mg №10; asetilsalisil kislota (aspirin) 0,5g №10; diazolin 0,1 №10; parasetamol 0, 2 №10; ASS 200 №20; bromgeksin 0,008 №20; burun uchun mentolli qalamcha; «Doktor MOM» pastilkalari; mukaltin 0,05 №10; yutal tabletkalari №10; faringosept №20; galazolin 0,1% 10ml; polifepan; faollashtirilgan kumir 0,5 №10; askorutin №10.

Agar hojilarning biron-bir surunkali dardlari bulsa, safarga qaysi dorilardan olib ketishni uz shifokorlari bilan maslahatlashishlari kerak.

Uzbekistonlik hojilar tomonidan keng istemol qilinadigan, biroq shariat hukmiga kura halol bulmagan dorilar ruykhati hamda ularning halol muqobillari

Oshqozon-ichak yuli kasalliklarida qullaniladigan vositalar:

Halol bulmagan dorilar: Panzinorm, Solizim, Mezim-forte, Allokhol, Kholenzim, Abomin, Festal, Asidin pepsin.
Halol muqobillar: Qora sedana yogi va uruglari, Oraza, Liv-52, Polifepan, No-shpa, Essensiale-forte, oshqozon termalari.

Yurak-tomir kasalliklarida qullaniladigan vositalar:
Halol bulmagan dorilar: Korvalol, Valokordin, Kardiovalen va boshqa spirtli eritmachalar.
Halol muqobillar: Qora sedana yogi va uruglari, Valeriananing quruq ekstrakti, «Pustirnik», yalpiz, dulananing damlamalari va suvli eritmalari, validol.

Nafas yuli kasalliklarida qullaniladigan vositalar:
Halol bulmagan dorilar: Kamfomen, Ingalipt
Halol muqobillar: Kameton, «Doktor MOM», Travisil, Septolete.

Boshqa kasalliklar

Halol bulmagan dorilar: Turli spirtli eritmalar
Halol muqobillar: Damlama va suvli eritmalar, quruq ekstraktlar.

Shuni ham etiborda tutish kerakki, agar biror-bir kasallikka halol muqobil dori samara bermasa, istisno tariqasida bazi ogir hollarda boshqa dorilardan foydalanish mumkin.

Erkin tarjima. Asl nuskha muallifi Haydar Minnulloh ugli Habibulloh, harbiy khizmat polkovnigi. Rossiyalik hojilar guruhida 2002, 2004 va 2005 yillarda shifokor bulgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари