Home / Madaniyat / Hadya qilish haqida

Hadya qilish haqida

podarokUmmu Salamadan rivoyat qilinadi:

«Men hadyani uch narsa uchun beraman. Mukofot hadyasi. Bizdan birov ortiqcha bulishini istamaymiz. Kim uz imkoniga yarasha hadya bersa, unga mukofotini beramiz.

Alloh azza va jallaning roziligini istab qilinadigan hadya. Uning uchun mukofot ham, shukrona ham istamayman.

Saqlanish uchun beriladigan hadya. Albatta, men uzim haqimda faqatgina yakhshi gap aytilishini istayman».

Sharh: Ushbu rivoyatda muminlarning onasi Ummu Salama roziyallohu anho uzlarining hadyani nimaga berishlari haqida suz yuritmoqdalar.

«Men hadyani uch narsa uchun beraman.»

Ummu Salama roziyallohu anhoning fikrlaricha, hadya uch maqsadda beriladi.

  1. «Mukofot hadyasi. Bizdan birov ortiqcha bulishini istamaymiz. Kim uz imkoniga yarasha hadya bersa, unga mukofotini beramiz.»

Yani menga berilgan hadyaga javob hadyasi qaytaraman. Bundan maqsad birov bizdan afzal ish qilmasin. Biz yakhshilik ishlarda doimo afzal bulaylik. Birovning hadyasi bizda qaytariqsiz qolmasin.

  1. «Alloh azza va jallaning roziligini istab qilinadigan hadya. Uning uchun mukofot ham, shukrona ham istamayman.»

Hech qanday sababsiz, Alloh taoloning roziligi uchun hadya qilaman. Odamlarning javob hadyasi ham, maqtov gaplari ham khayolda yuq buladi.

  1. «Saqlanish uchun beriladigan hadya. Albatta, men uzim haqimda faqatgina yakhshi gap aytilishini istayman.»

Turli malomat, fitna qilib yuradigan odamning tilidan saqlanish uchun beriladigan hadya. U hadyani olib, yomon ishini tashlasin, degan fikrda beriladigan hadya.

Abdurrohman ibn Mahdiydan, u Ibn Muborakdan rivoyat qilinadi: Shunga ukhshash.

Bu hadis ham avvalgi hadisning takrori ekan.

***

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Bir-birlaringizga hadya beringlar. Hadya qalbdagi gazabni ketkazadi. Qushni ayol, quy tuyogi parchasida bulsa ham, qushnisiga bepisandlik qilmasin», – dedilar».

Sharh: Hadya olib, hadya berish tufayli kungilda qolib ketgan gina-kuduratlar, qalbning tubida saqlanib kelayotgan khafachilik, gashlik, gumon-shubhalar barham topadi. Albatta, hadya olgan odamning uni bergan kishi haqidagi fikri yakhshi tomonga uzgaradi, u haqdagi yomon gumonlarini unutadi, hadya bergan kishiga nisbatan kunglida mehr uygonadi.

Khuddi shuningdek, qushnichilik munosabatlarida ham, ayniqsa, ayollar urtasida hadya berib, olib turilsa, qushnilar, oilalar, khonadonlar urtasida iliq munosabatlar vujudga keladi, oraga sovuqchilik, gumon, hasad oralamaydi.

Albatta, qushninikida ziyofat bulib, qushnining bolalari bir narsalarni qulida kutarib, eb yursa, qushnilarning kunglida sal bulsa ham «qizgandi», «yashirdi» degan yomon fikrlar uygonishi ehtimol. Vaholanki, usha qushni bu narsani arzimas sanaganligi uchun qushnisiga ilinmagan bulishi mumkin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunday nozik masalalarga ham etibor berib, ummatlariga hadya ulashishni vasiyat qilmoqdalar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Hadya berishinglar, muhabbat qilishasizlar»,–dedilar».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Uzaro hadya qilishinglar, chunki hadya kungildagi gillu gashlikni ketkazadi. Qushni ayol uz ayol qushnisini quy tuyogining bir bulagida ham haqir sanamasin»,–dedilar».

Bukhoriy va Termiziy rivoyat qilishgan.

Darhaqiqat, hadya oldi-berdisi kishilar orasidagi turli kungil gashliklarini kutaradi. Birov boshqa bir kishiga kunglida hiqdu hasadi bulmagandagina hadya beradi.

Hadya olgan esa agar kunglida bazi bir narsalar bulsa ham, chiqarib yuboradi. Bu erda hadyaning katta qimmatga ega bulishi shart emas.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари