Home / Madaniyat / Guzal khotiralar
Место рекламы

Guzal khotiralar

khotiraPaygambar sollallohu alayhi vasallamning muborak vujudlari tuproqqa quyilgani hamon qabrlari ziyorat etila boshlandi.

Qabr ziyoratiga kelgan birinchi odamlar hazrat Ali va hazrat Fotima edi. Qabrga yaqinlasha olmay tukhtab qolgan hazrat Fotima birdan hazrat Alining yoqasiga yopishdi:
– Allohning Rasuli ustiga bu tuproqni tortishga qanday qulingiz bordi?
– Bu – Alloh taoloning taqdiri, Fotima.
– Paygambar otamning ustiga qanday tuproq otdingiz, qanday qilib-a?
– Bu – Paygambar otangning sunnati, Fotima.
– Shuncha tuproqni otamning ustiga qanday yigdingiz, kunglingiz qanday rozi buldi?
– !..

Hazrat Ali gamzada ayoliga nima deyishini bilmay qoldi.
Hazrat Fotima Paygambar otasining qabriga qarab shunday dard bilan aytib yigladiki, hazrat Ali ham uzini tuta olmadi…
«Ustimga shunday musibat yogildiki, ular kunduzlar boshimga yogilsa, nurli kunlar qop-qora kechalarga aylangan bulardi!»

Usiz qolishgandi…
Endi qanday yashashadi? Usiz yashay olishadimi uzi?
Sahobalar Usiz yashay olmasliklarini sezib turgan bir vaziyatda onasini, opalarini, endi esa otasini yuqotgan hazrat Fotima qanday yashardi?

Gulning gullaridan yolgiz hazrat Fotimagina qolgandi…
Hazrat Ali uni bir daqiqa ham yolgiz qoldirmaslikka intilardi. Ammo, baribir, yuqotgan yaqinlari urnini tuldira olmasdi. Hatto besh farzandi ham ayolga taskin bermas, yuqotish alamlarini engillatmasdi. Uch qiz, ikki ugil atrofida qanchalar parvona bulishmasin, hazrati Fotima uzini kimsasiz his qilardi…

Bir muddat uyida taziya qabul qildi. Sung uyida ilm majlislari quradigan buldi. Tunlarini tonglarga ulab, Paygambar otasining ishini davom ettirishga urinar, muborak suzlarining magzini chaqib berardi.

Shu bilan birga eri va bolalari oldidagi vazifalarini ham ado etardi. YOlgiz qolgan gul atrofga mushku anbar sochardi.

Bir kuni…
Iftorga oz vaqt qolgandi. Eshik taqilladi. Hazrat Ali borib eshikni ochdi. Ostonada ezgin va parishon bir kishi oyoqda arang turardi. «Alloh taolo roziligi uchun…» deya oldi, kholos. Hazrat Fotima butun iftorlikni olib hazrat Aliga berdi. Ayoliga minnatdor boqqan hazrat Ali boyagi kishiga uzatdi.

Uyda egulik hech narsa qolmadi. Iftor vaqti bulganda eshik taqilladi. Er-khotin bir-biriga chorasiz qarashdi. Hazrat Ali yana eshikni ochdi. Ochar-ochmas hayqirdi:
– Marhamat, Allohning Rasuli!
Hazrat Fotima ham yugurib peshvoz chiqdi.
– Menga biroz egulik bering. Iftor qilishga etadigan egulik.

Hazrat Ali va hazrat Fotimaning yuzlari buzday oqarib ketdi. Endi nima qilishadi? Nima qilishsa ekan?.. Bir ogiz suz ham aytolmaydigan, bir qadam ham tashlay olmaydigan bir vaziyatda edi er-khotin. Buyinlar bukik, kungillar gamli va chorasiz…

Ularning bu holatini kurgan Paygambar sollallohu alayhi vasallam muborak qullarini odatda emak turadigan joyga uzatib, tabassum bilan dedilar:
– Usha erdan olib beringlar!

Jannat huri bulgan hazrat Fotima odob yuzasidangina urnidan jilib, kursatilgan tomonga bordilar. Buyuk Allohim, bu ne? Javon tula emak edi! Alloh Rasulining mujizasi edi bu! Koinot sarvari shunday dedilar:
– Beringlar, faqirlarga ulashinglar. Ammo meyoriga rioya qiling. Ulchovdan oshmang.
Buni khotirlash hazrat Fotimaga huzur bagishlardi.

Yana bir kuni…
Paygambar sollallohu alayhi vasallam hazrat Fotimaning uyiga kelgandi. Qizi chordoqda qul tegirmonini aylantirar, bir qulida bolasini emizardi. Peshonasi terlagan.

Bu manzara Paygambar sollallohu alayhi vasallam kunglini emrantirdi, muborak kuzlariga yosh keldi. Ovoz chiqardilar, hazrat Fotima darhol urnidan turdi. Paygambar sollallohu alayhi vasallam «utir» ishorasini qildilar:
– Sevimli qizim! Okhirat rohati uchun dunyo azobiga chida! Zero, Aziz va Jalil Alloh: «Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday nematlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bulursiz» (Vaz-zuha surasi, 5-oyat) oyatini tushirdi. Ilohiy armugon, sungsiz nematlari bilan bizni rozi qiladi.

Bu mujdani eshitgan Paygamdar qizining qalbini buyuk quvonch egalladi. Butun vujudi nur sochardi guyo. Tegirmon aylantirayotgan sulton edi u… Gulning guli edi… Va bu gul endi Usiz edi…

* * *

Yana bir ibratli khotira…
Paygambar alayhissalom hazrat Fotimani kurgani bordilar. Qizi uy ishlari bilan mashgul, eshikka hashamdor, bezakli parda osilgandi. Pardani kurgan Paygambar alayhissalom eshikkacha kelganlari holda ichkariga kirmay qaytdilar. Ortlaridan yugurib chiqqan hazrat Fotimaga ham qaramadilar.

Uyga parishon qaytgan hazrat Fotima utirib qoldilar. Birozdan sung kuchadan kelgan hazrat Ali uni bu holda kurib suradi:
– Fotima, nima buldi, nega bunday khafasan?
– Suramang, Allohning Rasuli biznikiga kelgandilar, ammo negadir ichkariga kirmay, qaytib ketdilar.

– Hozir borib gaplashib kelaman.
Hazrat Ali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordi, tin olmay suradi:
– Ota-onam sizga fido bulsin, Rasululloh! Qizingiz uygacha kelib, kirmay ketganingizdan juda khafa. Sababini bilmoqchi edim.
– YO Ali! Men qaerdaman-u, dunyo va uning mollari qaerda! Men Fotimaning eshigida shunday parda kurdimki, u naqsh va bezaklarga boy edi. Uni yoqtirmay, qaytib ketdim.

– Nima qilaylik, Allohning Rasuli?
– Fotimaga ayt, bu pardani ehtiyojmand falon oilaga bersin!
– Hoziroq, ey Allohning Rasuli!
Hazrat Ali kelib, hazrat Fotimaga voqeani tushuntirdi. U ham darhol otasining amrini bajo keltirdi. Bundan juda mamnun bulgan Paygambar alayhissalom shunday marhamat qildilar:
– Qizim! Uzingni jahannam olovidan qutqazishga intil! Zero, men sizlarni olov va azobdan qutqarishga qodir emasman. Yana men aqrabolik – yaqinlikni tark etmayman. Ularga izzat va ikromda, ehsonda bulaman. Sizlarga nisbatan men bolalari va oilasiga khavf solayotgan dushmanni kurgani hamon talvasa bilan «Qochinglar!» deya baqirib-chaqirgan odam kabiman. Qochib qutulish esa sizning qulingizda!

Shu voqeadan bir yoki ikki hafta utgach, Paygambar alayhissalom amakisi Abu Tolibning nevarasi Hindning qulida qimmat uzuk kurib qoldilar. Buni yoqtirmaganlarini bildirish uchun qizning quliga engilgina urdilar. Hech narsaga tushunmagan qiz borib hazrat Fotimadan suradi. Ushanda hazrat Fotima buynida marjoni bor edi. Darhol echib quydi. Shu on Paygambar alayhissalom kelib qoldilar. Qizining qulida marjonni kurib juda khafa buldilar va dedilar:
– Fotima! Odamlar «Paygambarning qizi qulida olovdan yasalgan zanjir bor», deyishsa, mamnun bulasanmi?

Va Allohning Rasuli utirmay, ortga qaytdilar. Hazrat Fotima esa marjon va Hindning qulidagi uzukni olib bozorga junadi. Ularni sotib, puliga qul oldi va uni ozod etdi.
Buni eshitgan Paygambar alayhissalom kuzlari sevinchdan porlab dedilar:
– Aziz va Jalil bulgan Allohga hamd bulsinki, qizim Fotimani olovdan qutqardi!
Ular «Bu nimani hal qilardi?» deyishmadi, dunyoga kungil quyishmadi. Solih amal, guzal ish, zuhd va taqvo edi ularning hayoti.

* * *

Yana bir kuni hazrat Bilol kech qoldi. Allohning Rasuli undan nega namozga kechikkanini suradilar.
– Ota-onam sizga fido bulsin, yo Rasululloh! Yulda Fotimani kurib qoldim, Alini ish bilan junatgan ekansiz. Qizingizga yordam kerakdir, deb uyladim. Borsam, u tegirmonda un chiqarayotgan ekan. Men un chiqarib berdim va shu bois kechikdim.
Paygambar alayhissalom mamnun duo qildilar…

* * *

Hazrat Ali uydan olti dirham olib bozorga bordi. Endi savdo qilayotgan paytda ikki kishining kelishmay turganini kurdi. Biri qarzini qistar, ikkinchisi biroz muhlat berishini surab yalinardi. Olti dirhamini ularga berib tinchitgan hazrat Ali uyga bush qaytishga majbur buldi:
– Ota, meva olib keldingizmi?
– Eydigan hech narsa olmadingizmi, ota?
– Ota, ochman!

Hazrat Alining yuragi parcha-parcha buldi. Kuzlari yoshga tuldi. «Hozir olib kelaman», deb uydan chiqdi. Nima qilishni, qaerga borishni bilmasdi. Shu payt oldidan tuya etaklagan kishi chiqdi.
– Ali, tuya olasanmi?
– Hozir pulim yuq.
– Keyin berarsan, senga ishonaman.
– Unday bulsa, olaman. Qancha?
– Yuz dirham.
– Mayli, oldim.

Tuyani etaklab tugri bozorga bordi. U erda tuyaga darhol kharidor chiqdi.
– Tuya sotasanmi, Ali?
– Ha, sotaman.
– Uch yuz dirhamga sotasanmi?
– Ha, oling.
Pulga darhol bozor-uchar qildi, bolalariga egulik, mevalar kharid qildi. Usha kuni uylarida bayram buldi. Bir tomondan yuz bergan voqea muhokama qilinar, ikkinchi yondan taom hozirlanardi.

Shu kuni Paygambar alayhissalom ularnikiga keldilar.
– Senga tuya sotgan odam kimligini bilasanmi, Ali?
– Yuq, Allohning Rasuli.
– Hazrat Jabroil edi. Tuyangni kim olganini bilasanmi?
– Yuq, Allohning Rasuli.
– U zot hazrat Isrofil edi. Tuya esa jannat tuyalaridandir. Bir musulmonni ehtiyojdan qutqarganing uchun buyuk Alloh seni mukofotladi.

Koinot sarvaridan shunday mujdani olgan oila juda khursand buldi, ilohiy nurga chulgondi. Paygambar alayhissalom mujizasi ularni bir khursand qilgan bulsa, hazrat Alining karomatidan ikki quvonishardi…
U Zot bilan hayotlari shunday guzal kechardi. Usiz hayot khotiralardan iborat edi…

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

getImage

Namoz uqish tartibi ayollar uchun

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va khufton) namoz uqish har bir musulmonga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари