Home / Madaniyat / Gunohlarga kafforat buluvchi amallar

Gunohlarga kafforat buluvchi amallar

gunohHar bir musulmon banda bu dunyoni, albatta, Alloh uning barcha gunohlarini kechirgan va yakhshi amallarining ajrini ziyoda qilgan holda tark etishni orzu qiladi. Ammo Alloh azza va jalla faqat Uzigagina ayon bulgan hikmati sababli, insonga masiyatlarni guzal qilib kursatuvchi, uni yakhshi ishlardan uzoqlashtiruvchi dushmanlarni hozir qilib quydi. Bu dushmanlar havoi nafs va shaytondir. Ular haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Albatta, nafs, agar Robbim rahim qilmasa, yomonlikka undovchidir» (Yusuf surasi,53-oyat).
«Va ammo kim Robbining huzurida turishdan qurqqan va nafsni havoi khohishdan qaytargan bulsa…» (Naziyot surasi, 40-oyat).
«Havoi nafsini uziga iloh qilib olganni kurdingmi?! Endi sen uning ustidan vakil bulasanmi?!» (Furqon surasi, 43-oyat).
«U dedi: «Meni yuldan ozdirganing sababli, ularga tugri yulingda, albatta, tuganoq bulaman. Sungra ularga oldilaridan, orqalaridan, ung tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning kuplarini shukr qiluvchi holda topmassan» (Arof surasi,16-17-oyatlar).
Lekin Alloh taolo uz rahmati tufayli mumin bandalari uchun qilgan gunohlariga kafforat buluvchi va ularni uchiruvchi vositalarni muhayyo qilib quydi. Ushbu uchiruvchi kafforatlarni Alloh taolo Uz kitobi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari orqali joriy qildi. Quyidagilar shular jumlasidandir:
1. Alllohga iymon keltirish, shirkdan saqlanish va solih amallar qilish.
Quroni karimda shunday deb marhamat qilingan:
«Iymon keltirib, yakhshi amallar qilganlarning yomonliklarini ulardan, albatta, uchirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yakhshisi ila mukofotlarmiz» (Ankabut surasi,7-oyat).
Imom Muslim sahihida: «Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Dushanba va payshanba kunlari jannat eshiklari ochiladi va Allohga biror narsani shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning (gunohlari) magfirat qilinadi», dedilar.
2. Katta gunohlardan chetlanish.
«Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bulsangiz, yomonliklaringizni uchirurmiz va sizni karamli manzilga kiriturmiz» (Niso surasi, 31-oyat).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Besh vaqt namoz va jumadan jumagacha uz oralaridagi (gunoh)larga kafforatdirlar. Modomiki, katta gunohlar qilinmagan bulsa», dedilar.
3. Allohga kholisona tavba qilish.
Alloh azza va jalla Furqon surasi 68–70-oyatlarda shunday marhamat qiladi: «Ular Alloh bilan birga boshqa hech bir ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (uldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan uldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bulur. Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar kupaytirilur va u(azob)da khor bulib, mangu qolur. Magar KIM TAVBA QILSA, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana ushalarning yomonliklarini yakhshiliklarga almashtirur. Alloh uta magfiratlidir, uta rahimlidir».
Ibn Moja «Sunan»ida ibn Masud roziyallohu anhudan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Gunohdan tavba qiluvchi, gunohsiz kishi kabidir», dedilar.
4. Istigfor aytish:
Alloh subhanahu va taolo Niso surasining 106-oyatida shunday deydi:
«Allohdan magfirat sura! Albatta, Alloh uta magfiratlidir, uta rahimlidir».
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim «astagfirullohallazi la ilaaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi» desa, u magfirat qilinur, garchi jangdan qochgan bulsa ham», dedilar» (Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilganlar).
Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:«…Ey bandalarim! Albatta, sizlar kechasi va kunduzi khato qilursizlar. Men esa barcha gunohlarni magfirat qilurman. Bas, Menga istigfor ayting, sizlarni magfirat qilurman».
5. Tahoratni yakhshilab mukammal qilish.
Usmon roziyallohu anhuning mavlosi Humrondan rivoyat qilinadi:

«Men Usmon ibn Affonga tahorat suvi olib keldim. U tahorat qildi-da, shunday dedi: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, deb hadis aytishadi, lekin men uning nima ekanini bilmayman. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shu tahoratim kabi tahorat qilganlarini kurganman. Sungra u Zot: «Kim mana shunday tahorat qilsa, avvalgi gunohlari magfirat qilinadi. Uning (ortidan uqigan) namozi va masjid sari yurib borgani qushimcha savob buladi», deganlar» (Imom Muslim rivoyati).
6. Namoz uqish va namoz uqish uchun piyoda yurib borish.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarni Alloh khatolarni uchiradigan, darajalarni kutaradigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar. Ular: «Albatta, ey Allohning Rasuli», deyishdi.
U Zot: «Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yakhshilab qilish, masjidlarga qadamni kupaytirish va namozdan sung namozni intizor bulib kutish. Ana usha siz uchun «murobitlik»dir», dedilar» (Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Nasaiy rivoyat qilganlar).
6.Sadaqa ulashish.
Bu haqda Quroni karimda shunday deyilgan:
«Sadaqalarni oshkor qilsangiz, bu qanday ham yakhshi! Agar ularni makhfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yakhshidir. Sizdan yomonliklaringizni ketkazadir. Alloh qilayotgan amallaringizdan uta khabardordir» (Baqara surasi, 271-oyat).
«Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, makhfiy qilish ham maqtalmoqda. Bu haqdagi boshqa oyat va shariy dalillarni jamlab, urganib chiqqan ulamolarimiz khulosa qilib aytadilarki, «Sadaqa (zakot) farz  bulsa, uni oshkora qilish yakhshi, chunki bu holda Allohning amriga itoat oshkora kurinadi va mazkur sadaqadan unga haqdor bulmagan kishilarga ham tushib qolishi mumkinligining oldi olinadi. Agar sadaqa ikhtiyoriy bulsa, u makhfiy qilingani yakhshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda bulinadi» («Tafsiri Hilol»).
Imom Termiziy «Sunan»larida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Seni yakhshilik eshiklariga dalolat qilib quyaymi? Ruza – saqlovchidir. Sadaqa khuddi suv olovni uchirganidek, khatolarni uchiradi», deganlar».
8. Haj va umra qilish.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Haj bilan umrani ketma-ket qiling. Albatta, khuddi bosqon temir, tilla va kumushning kirini ketkazganidek, ikkisi faqirlik va gunohlarni ketkazadi. Hajji mabrurning jannatdan boshqa savobi yuq», dedilar».
(Imom Nasaiy va Imom Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziy sahih, degan).
9. Musibat kelishi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadi» (Niso surasi, 123-oyat) oyati nozil bulgach, musulmonlar qattiq tushkunlikka tushib qoldilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Mutadil bulinglar, tugri ish qilinglar, chunki musulmonga etadigan har bir narsa (gunohlari uchun) kafforatdir, unga etadigan musibat ham yoki unga kirgan tikan ham», dedilar» (Imom Muslim rivoyat qilgan).
10. Ramazon ruzasini tutish va tunlarini ibodat bilan utkazish.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ruzasini iymon bilan, savob umidida tutsa, uning utgan gunohlari magfirat qilinadi», dedilar» (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan).
Yana boshqa rivoyatda: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon kechasida iymon bilan, savob umidida ibodat qilsa, uning utgan gunohlari magfirat qilinadi», dedilar».

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари