Home / Texnologiyalar / Gruziya Rossiyani prezident saytiga kiberhujum sodir etishda aybladi
Место рекламы

Gruziya Rossiyani prezident saytiga kiberhujum sodir etishda aybladi

Gruziya tashqi ishlar vazirligi Rossiyani 2019 yilda Gruziya prezidenti va OAVlari saytlariga sodir etilgan kiberhujumlarga aloqadorlikda aybladi. Rossiya bu ayblovlarni rad etmoqda. Global Look Press/Oliver Berg

Gruziya tashqi ishlar vazirligi rossiyalik harbiylarni Gruziya milliy khavfsizligiga putur etkazishga qaratilgan kiberhujumlarni rejalashtirish va amalga oshirishda aybladi. Takidlanishicha, 2019 yil 28 oktyabrda amalga oshirilgan katta kulamli kiberhujum oqibatida Gruziyaning bir qator rasmiy idoralari, sudlar, ommaviy akhborot vositalari va kompaniyalari saytiga zarar etgan.

“Kiberhujum Gruziya milliy khavfsizligiga qaratilgan bulgan va Gruziya fuqarolariga va hukumat tuzilmalariga zarar etkazish, turli tashkilotlar ishini falajlab va izdan chiqarib, keng jamoatchilikda sarosima uygotishni maqsad qilgan”, deyilgan Gruziya tashqi ishlar vazirligida.

Takidlanishicha, gruziyalik va bir qator khorijiy davlatlar mutakhassislari tomonidan utkazilgan tergov kiberhujum Rossiya qurolli kuchlarining bosh shtabi bosh boshqarmasi (Bosh razvedka boshqarmasi) tomonidan “rejalashtirilgani va utkazilganini” tasdiqlagan.

Gruziya rahbariyati kiberhujumni mamlakat suverenitetiga tajovuz, uning demokratik rivojlanishi va evroatlantik integrasiyasiga khalaqit qilishga urinish deb atagan va khalqaro hamjamiyatni ushbu hodisani qoralashga chaqirgan.

Uz navbatida Rossiya tashqi ishlar vazirligida bu ayblovlar rad etilib, Rossiya Gruziyaning ichki ishlariga aralashmagani takidlangan.

2019 yil 28 oktyabrda Gruziya ichki ishlar vazirligi mamlakat prezidenti sayti, boshqa hokimiyat idoralari va tashkilotlar saytlariga kiberhujum tafsilotlarini tergov qilishni boshlagani malum qilingan. Kiberhujum oqibatida Gruziya prezidenti saytida sobiq prezident Mikhail Saakashvilining surati I`ll be back (Men hali qaytaman) yozuvi bilan birga paydo bulgan.

2019 yil iyunda Rossiya va Gruziya munosabatlarida navbatdagi ikhtilof yuz bergandi. Bunga esa Rossiya dumasi delegasiyasining Gruziya parlamentida chiqishi sabab bulgan. Shundan keyin Tbilisida bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari bulib utgan, ish ikki davlat urtasidagi aviaaloqalarni tukhtatishgacha borgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

9e9Ma6CMABhOM1U5iYmsTn_ipSjpefjz

Android 11 operasion tizimi taqdimoti sanasi malum qilindi

Foto: techfusion.ru Google kompaniyasi dasturchilar uchun Google I/O anjumani utkaziladigan sanani malum qildi. Takidlanishicha, anjuman …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари