Bu haqda Google’ning vise-prezidentlaridan biri Skott Spenserning korporasiya rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotida aytilmoqda.
«Google’da reklama joylashtirish qoidalari foydalanuvchilar, reklamachilar va noshirlarni diskriminasiya kabi noqonuniy harakatdan himoyalash uchun ishlab chiqiladi», — degan Spenser.
U korporasiya 10 yildan buyon reklama agentliklariga uz mahsulotlarini irqiy, diniy mansublik, etiqodi va jismoniy nuqsonlariga kura joylashtirishni taqiqlab kelishini eslatgan. Google endi shu ruykhatni yanada kengaytirgan. «Yangi siyosat ish bilan taminlash, turarjoy va kreditlashni reklama qiluvchilar foydalanuvchilarning jinsiy mansubligi, yoshi, farzandlari bor-yuqligi, fuqarolik holati va pochta indeksiga qarab targetlash (muljallash) ni taqiqlaydi», — deya akhborot bergan korporasiya vise-prezidenti.
Uning suzlariga kura, qaror AQSh va Kanada hududida 2020 yilning sungiga qadar amalda buladi.