Home / Sport / Germaniya – Ispaniya, Portugaliya Khorvatiyaga qarshi. Start arafasidagi Millatlar ligasi formati, guruhlar va JCh-2022 bilan bogliqligi haqida
Место рекламы

Germaniya – Ispaniya, Portugaliya Khorvatiyaga qarshi. Start arafasidagi Millatlar ligasi formati, guruhlar va JCh-2022 bilan bogliqligi haqida

Klublar urtasidagi khalqaro turnirlar yakunlangach, UEFA Evropa mamlakat milliy jamoalari urtasidagi Millatlar ligasi bahslarini boshlamoqda.

Foto: UEFA

Bu qanday turnir?

Yangi musobaqa sanalmish Millatlar ligasi turniri hisob buyicha ikkinchi marta utkazilmoqda. Turnirning ilk golibi Portugaliya milliy jamoasi bulib, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari uz mamlakatlarida utgan musobaqaning hal qiluvchi uyinlarida bosh sovringa ega chiqishgandi. 2020/21 yilgi turnir avvalgisidan ham qiziqarli va shiddatliroq utishi kutilmoqda. Liga formatiga uzgartirishlar kiritilgan.

Uyinlar qachon utkaziladi?

Bugun 3 sentyabr, payshanba kunidan kuhna qitada turnirning bu mavsumdagi bahslariga start beriladi. Qura tashlash marosimi 3 mart kuni Amsterdamda utkazilgandi. Musobaqaning dastlabki 6 tur uyinlari sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida utkazilishi belgilangan. Utish bahslari hamda hal qiluvchi uchrashuvlar sanasi keyinroq malum qilinadi.

Ligalarga taqsimlanish

Evropaning 55 mamlakat jamoasi ushbu turnirning sunggi yildagi natijalaridan kelib chiqqan holda reytingdagi urinlariga qarab, guruhlarga bulingan. Jumladan, 1-16 urindagilar A liga, 17-32-urindagilar V liga, 33-48 pogonagilar S liga, 49-55 pogonadagilar esa D liga guruhlaridan joy olishgan.

Qura natijalari

A liga

A liga 1: Niderlandiya, Italiya, Bosniya va Gersegovina, Polsha

A liga 2: Angliya, Belgiya, Daniya, Islandiya

A liga 3: Portugaliya, Fransiya, Shvesiya, Khorvatiya

A liga 4: Shveysariya, Ispaniya, Ukraina, Germaniya

B liga

B liga 1: Avstriya, Norvegiya, Sh.Irlandiya, Ruminiya

B liga 2: Chekhiya, Shotlandiya, Slovakiya, Isroil

B liga 3: Rossiya, Serbiya, Turkiya, Vengriya

B liga 4: Uels, Finlyandiya, Irlandiya, Bolgariya

C liga

C liga 1: Chernogoriya, Kipr, Lyuksemburg, Ozarboyjon

C liga 2: Gruziya, Shimoliy Makedoniya, Estoniya, Armaniston

C liga 3: Gresiya, Kosovo, Sloveniya, Moldova

C liga 4: Albaniya, Belarus, Litva, Qozogiston

D liga

D liga 1: Farer orollari, Latviya, Andorra, Malta

D liga 2: Gibraltar, Likhtenshteyn, San-Marino

Millatlar ligasining formati qanaqa?

Jamoalar uzaro uy-safar tizimida uyinlar utkazishadi. A liganing turtta guruhi goliblari Millatlar ligasining final qismi (yarimfinal, 3-urin uchun uyin va final) yullanma olishadi. B, C va D liga goliblari yuqoriroq ligalarga kutarilishsa, A va B ligalarida sunggi urinni band etgan milliy jamoalar pastki ligaga ravona buladi.

JCh-2022 saralashi bilan qanday boglangan?

Umuman olgada Evropadagi jahon chempionati saralash bosqichi deyarli uzgarmaydi. 10ta guruhda golib bulgan milliy jamoalar Qatardagi mundialga tugridan-tugri yullanmaga ega chiqishadi. Yana uchta yullanma sohibi esa utish uyinlari orqali aniqlanadi. Yani, saralash bosqichida guruhlarda 2-urinni olgan barcha jamoalar ishtirok etishadi. Shuningdek, guruh goliblari orasidan JChga yullanma olmagan va utish uyinlarida bulmagan eng yakhshi kursatkichga ega (turnir reytingiga kura) ikki jamoa ham yullanma uchun kurashga qushiladi.

Uyinlar qachon utkaziladi?

Millatlar ligasi 2020/21 yilgi mavsum uyinlari 3/4/5 va 6/7/8 sentyabr, 10/11 va 13/14 oktyabr hamda 14/15 va 17/18 noyabr kunlari utkaziladi.

Uyinlar anonsi: Germaniya – Ispaniya, Fransiya Khorvatiyaga qarshi

Bugun, 3 sentyabr kunidan 5 sentyabrgacha Millatlar ligasi turniri 1-turi doirasidagi uchrashuvlar utkaziladi. Kuhna qitaning grand jamoalari urtasidagi shiddatli qarama-qarshiliklar mukhlislarni beetibor qoldirmasligi aniq.

Dastlabki kungi uyinlar ruykhatidan Germaniya – Ispaniya milliy jamoalari urtasidagi bahs afishasi qolgan qarama-qarshiliklardan jarangliroq yangraydi. Shuningdek, Portugaliya – Khorvatiya, Rossiya – Serbiya, Italiya – Bosniya, Shvesiya – Fransiya urtasidagi uyinlar ham mukhlislarda qiziqish uygotishi tabiiy.

Germaniya va Ispaniya urtasidagi 1-turning markaziy uyini Shtutgartdagi «Mersedes-Bens» arenada utkazilib, nemis-ispan tuqnashuvini italiyalik Daniele Orsato boshqarib boradi. Yoakhim Lyov va Luis Enrikening ushbu bahs uchun chaqirgan tarkibi malum bulib ulgurgan.

Germaniya tarkibi:

Darvozabonlar: Baumann («Hoffenkhaym»), Leno («Arsenal»), Trapp («Ayntrakht»)

Himoyachilar: Ginter («Borussiya» Menkhengladbakh), Gosens («Atalanta»), Kerer («PSJ») , Kokh («Frayburg»), Ryudiger («Chelsi»), Shuls («Borussiya» Dortmund), Zyule («Bavariya»), Ta («Bayer»)

Yarimhimoyachilar: Brandt («Borussiya» Dortmund), Jan («Borussiya» Dortmund), Draksler («PSJ»), Kundugan («Man Siti»), Havers («Bayer»), Kroos («Real»), Noykhaus («Borussiya» Menkhengladbakh), Sane («Bavariya»), Serdar («Shalke»)

Hujumchilar: Verner («Chelsi»), Valdshmidt («Benfika»)

Ispaniya

Darvozabonlar: de Khea («MYu»), Kepa («Chelsi»), Simon («Atletiko»)

Himoyachilar: Navas («Sevilya»), Karvakhal («Real»), Ramos («Real»), Pau Torres («Vilyareal»), Diego Lorente («Real Sosedad»), Khose Gayya («Valensiya»), Regilon («Sevilya»), Erik Garsiya («Man Siti»)

Yarimhimoyachilar: Ruis («Napoli»), Tyago («Bavariya»), Buskets («Barselona»), Rodri («Man Siti»), Merino («Real Sosedad»), Olmo («Leypsig»), Oskar Rodriges («Real»)

Hujumchilar: Rodrigo («Lids»), Moreno («Vilyareal»), Adama Traore («Vulverhempton»), Asensio («Real»), Fati («Barselona»), Ferran Torres («Man Siti»).

UEFA Millatlar ligasi. 1-turning barcha uyinlari sanasi va vaqti:

3 sentyabr (payshanba)

21:00. Latviya – Andorra

23:45. Germaniya – Ispaniya

23:45. Ukraina – Shveysariya

23:45. Rossiya – Serbiya

23:45. Turkiya – Vengriya

23:45. Bolgariya – Irlandiya

23:45. Finlyandiya – Uels

23:45. Moldova – Kosovo

23:45. Sloveniya – Gresiya

23:45. Farer – Malta

4 sentyabr (juma)

21:00. Litva – Qozogiston

23:45. Niderlandiya – Polsha

23:45. Italiya – Bosniya

23:45. Norvegiya – Avstriya

23:45. Ruminiya – Sh.Irlandiya

23:45. Shotlandiya – Isroil

23:45. Slovakiya – Chekhiya

23:45. Belarus – Albaniya.

5 sentyabr (shanba)

18:00. Gibraltar – San-Marino

18:00. Sh.Makedoniya – Armaniston

21:00. Ozarboyjon – Lyuksemburg

21:00. Kipr – Chernogoriya

21:00. Islandiya – Angliya

21:00. Estoniya – Gruziya

23:45. Daniya – Belgiya

23:45. Shvesiya – Fransiya

23:45. Portugaliya – Khorvatiya.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2b39lprmMCfku_rFn-1lEAI3bwp5EZUg

«Inter» Vidal transferini elon qildi

«Barselona»ning chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal Italiya A Seriyasiga qaytdi. Milanning «Inter» klubi 33 yoshli futbolchi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари