Home / Jamiyat / Gazdan zaharlanishda birinchi yordam kursatish haqida nimalarni bilish kerak?
Место рекламы

Gazdan zaharlanishda birinchi yordam kursatish haqida nimalarni bilish kerak?

“Hududgaztaminot” kuz-qish mavsumida aholi urtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodkhonligini oshirish maqsadida makhsus malumot bilan chiqdi.

Is gazi nima?

Is gazi (uglerod oksidi) – rangsiz, tamsiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO. U er yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng kup tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir.

Qazib olinadigan yoqilgilarning tuliq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan kumir, tabiiy gaz va boshqa yoqilgilarning tuliq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bulishi ulim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrositlarni uzaro boglab, kislorodning tana buylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yuqotadi.

Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari

Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh ogrigi, hushini yuqotish;

kurish tizimida: kuz oldining qorongilashishi;

eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi;

teri qismida: terlash kuchayishi;

nafas olish tizimida: nafas olishning ogirlashishi, yutal;

yurak qismida: puls va AB ortishi;

mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).

Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish khavfi yuqori buladi:

shamollatish tizimi yakhshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korkhonalarda;

avtoulovlar turargohlarida;

yangi buyalgan va shamollatilmagan khonalarda;

uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;

pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning tuliq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.

Bundan tashqari, hozirda savdo dukonlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har khil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan “kamin” gaz uskunasi chiroyli, ikhcham kurinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib quysa buladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni urnatish va foydalanishga doir tekhnik pasport uzbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi khavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bulmaydi. Mazkur gaz uskunasi uzboshimchalik bilan, mutakhassisning kursatmasisiz “Qurilish meyorlari va qoidalari” talablarini buzgan holatda urnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.

Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi:

uzboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi urnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish;

gaz asboblari urnatilgan khonalar rejasini uzgartirish;

dudburon va shamollatish tizimlarini uzgartirish;

khavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib quyish;

maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek uz harakatlarini nazorat qila olmaydigan shakhslarning gaz asboblaridan foydalanishi;

gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;

gaz asboblari urnatilgan khonada ukhlash va dam olish.

Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi:

bush va suyultirilgan gazli ballonlarni khona hamda ertulalarda saqlash;

gazlashtirilgan khonaga 50/55 litr sigimli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq quyish;

ballonlarni qizishdan saqlaydigan tusiq urnatilgan bulsa, ballon bilan isitish asbobining oraligi 0,5 metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan tusiqning orasi esa 10 santimetrdan kam bulmasligi kerak;

ballonlar bilan ut yoqish eshigining oraligi 2 metrdan oz bulmasligi lozim;

khonaga urnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-uchirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish;

ballonlarni almashtirish ishlari bilan bogliq bulmagan shakhslar borligida ballonlarni almashtirish.

Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday kursatiladi?

Barcha holatdagi ogir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor etib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;

jabrlanuvchining qul va oyoqlarini kutarilgan holatda yotqizish;

nafas olishiga khalaqit beruvchi barcha narsalarni yigishtirish (tugmalarni echib, yoqani ochish, kamarni bushatish va boshqalar);

jabrlanuvchining ukhlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;

jabrlanuvchi nafas olmayotgan bulsa, unga toza havoda yoki havosi yakhshi aylanadigan khonada suniy nafas oldirishni boshlash lozim;

nashatir spirtini hidlatish;

hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar kurish;

jabrlanuvchining holati yakhshi bulsa, issiq choy yoki qahva ichirish;

kislorod yostigi yordamida kislorod berish.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lQzJN6d1M7PhkTbtG-Gz9Z0Z4_kE5y_o_medium-680x385-680x385

Kuchli brendning yuqligi va valyuta khavfi: Fitch khalqaro reyting agentligi UzAuto Motors’ning zaif joylarini aytdi

Fitch Ratings khalqaro reyting agentligi birinchi bor UzAuto Motors’ning uzoq muddatli khorijiy va milliy valyutadagi kredit …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари