Home / Madaniyat / «Fotiha» surasining ulug fazli

«Fotiha» surasining ulug fazli

fotihaAbu Said al-Mualla roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Namoz uqiyotgan edim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chaqirib qoldilar. Men javob bermadim. Keyin borib:

«Ey Allohning Rasuli, namoz uqiyotgan edim», dedim.

«Alloh: «Allohga va Uning Rasuliga sizlarni davat qilganda ijobat qilinglar», demaganmi?» dedilar. Sung:

«Masjiddan chiqishingdan oldin Qurondagi eng ulug surani urgatib quyaymi?» dedilar.

U Zot qulimdan ushlab olib ketaverdilar. Masjiddan chiqay deb qolganimizda:

«Ey Allohning Rasuli, Qurondagi eng ulug surani urgatib quyaman degan edingiz?» dedim.

«Alhamdu lillahi Robbil alamin». U etti takrorlanadigandir. U menga berilgan Quroni azimdir», dedilar».

Bukhoriy, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Termiziy:

«Mening jonim tasarrufida bulgan Zot bilan qasamki, Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Furqonda (Quronda) ham bunga ukhshash tushirilmagan. U etti takrorlanadigandir. U menga berilgan Quroni azimdir», dedilar», deyilgan.

Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi «U etti takrorlanadigandir» degan jumlaning manosi avval ham utgan edi.

Bu jumladan murod «Fotiha» surasidir. Chunki bu surai karima etti oyatdan iborat bulib, juda kup takrorlanadi. Namozning har rakatida qayta-qayta uqiladi.

Fotiha surasining fazli shunchalar ulug ekan.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chaqirganlarida javob berish kerakligi.

2. Rahbar chaqirgan vaqtda javob bera olmagan odam keyin uzrini aytishi kerakligi.

3. Quronda eng ulug sura borligi.

4. Rahbar biror gap aytgan bulsa, keyin yodiga solish mumkinligi.

5. «Alhamdu lillahi Robbil alamin» deb boshlanadigan «Fotiha» surasi etti takrorlanadigan suraligi.

6. Fotiha surasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga berilgan Quroni Azim ekanligi.

7. Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham va Quronda ham «Fotiha»ga ukhshash sura tushirilmagani.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alhamdu lillahi Robbil alamin» Quronning onasidir, Kitobning onasidir va etti takrorlanuvchidir», dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Sharh: «Fotiha» surasi oyatlari oz bulishiga qaramay, ulkan manolarni uz ichiga olgan, shuning uchun ham «Ummul Quron»,«Quronning onasi» deb nomlanadi.

Unda Alloh taologa maqtov, uning sifatlari, qiyomat kuni egasiligi, ibodat, ikhlos, duo, yolvorish, yakhshi ummatlarning zikri va yomon yuldan yurganlarning oqibati nima bulganligi zikr qilinadi.

Shuning uchun ham namozning har bir rakatida «Fotiha» surasini uqishga buyurilgan, uni takror-takror uqib turiladi. Uqiganda manosini tadabbur-mulohaza qilib uqilsa, maqsadga muvofiq buladi.

«Kitobning onasi» degani ham Quronning onasi deyilganidir. Bu manoni takidlash uchun ikki khil ibora ila takrorlangan.

«Fotiha» surasi etti oyatdan iborat bulib, juda kup takrorlanadi. Shuning uchun «etti takrorlanuvchi» nomini olgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари