Home / Jamiyat / «Fermer bulish yulidagi «sarguzashtlarim» — denovlik yosh tadbirkor hikoyasi
Место рекламы

«Fermer bulish yulidagi «sarguzashtlarim» — denovlik yosh tadbirkor hikoyasi

Fermerlik — aslida sharafli, hatto ulugvor kasb. Dunyoning kuplab burchaklarida odamlar «fermer» suzini eshitganda etik, katakli kuylak va kovboycha shlyapa kiygan, uz erida bir yoki bir necha khil qishloq khujaligi mahsuloti etishtiradigan, eng asosiysi – magrur, qaddini tik tutgan, uz qadrini biladigan insonni kuz oldiga keltiradi. Magrur fermerning siymosi hatto kinoindustriyaning bir yunalishi uchun asos qilib olingan!

Kuplab jamiyatlarda fermer — ezozlanadigan, hurmatlanadigan hur inson bulib, aynan uning hurriyati, yani hech kim uning ishiga aralasholmasligi qishloq khujaligi sohasining muvaffaqiyati garovi deb bilinadi.

Bizda-chi?

Uzbek fermerining jamlovchi suratini chizadigan bulsak, qanday qiyofa hosil buladi? Bizdagi fermerchilik manzarasining asosiy chizgilari nima? Erk, hurriyat bu manzaraning asosiy chizgilaridan birimi?

Bu savolga javob bermoqni niyat qilib yurgandim, «qahramon»ning uzi meni izlab, oldimga kelib qoldi.

Abduvohid Qurbonov — Denov tumani hududida yaqindagina, ikki yilcha avval fermerlikni boshlab, ammo bu orada ushbu faoliyatini tugatishga ham ulgurgan tadbirkor. Uning hikoyasi asosida biror-bir rejissyor film oladigan bulganda, bu film tomoshabinni yigi aralash kuldiradigan tragekomediya janrida bular edi.

Balki uning ikki yillik «fermerlik amaliyoti» sohadagi mavjud holatning barcha qirralarini uzida jamlamas, biroq u holat qay darajada mantiqqa zid ekanini kursatib berishga qodir, deb uylayman.

***

Abduvohidning hikoyasini tinglaymiz.

— Tadbirkor edim. Toshkent bozorlaridan birida meva-sabzavot sotardim. Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratish buyicha boshlangan islohotlardan ruhlanib, faoliyatimni kengaytirishga, qirralarini boyitishga qaror qildim.

Qarasam, ona shahrim Denovda ham qilinadigan ishlar kup ekan. Masalan, dehqonlarni sifatli kartoshka urugi bilan taminlash sohasi achinarli ahvolda ekan. Dehqonlar kartoshka etishtirishmoqchi bulib, urug sotib olmoqchi bulishsa, savdogarlar ularga falon nav deb, boshqa navni pullashar ekan… Denov dehqonlari esa bilmasdan bu uruglarni sotib olayotganlarining, bunda hech qanday javobgarlik kuzda tutilmasligining guvohi buldim.

Shunda mening tinib-tinchimas miyamga bir fikr keldi: «Denov hududida ozroq er olib, chet eldan keladigan uruglarni uz erimda sinab kurib, Denov dehqonlarini yakhshi uruglar bilan taminlayman, bu bilan Denov va uning atrofidagi dehqonlarning ishonchini qozonaman, uzim ham foyda kuraman, dehqonlar ham urug tanlashda adashmaydi», degan reja tuzdim. Ammo bu faqat rejalarimdan biri edi, kholos.

Fermerchilik qilishdan tashqari, qishloq khujaligi bilan bogliq bir talay rejalarimni sekin-astalik bilan bulsa-da amalga oshirish uchun khususiy korkhona ham tuzishni reja qildim. Tuzdim ham.

Er surab usha paytdagi Denov tumani hokimi U.Qosimovga murojaat etdim. 2018 yil fevral oyida menga pakhtachilik, gallachilik, sabzavotchilik bilan shugullanish uchun 15 gektar er ajratildi. «Agro-Nur-Denov» fermer khujaligini tashkil qildim. 7 gektar kartoshka, 5 gektar pakhta, 3 gektar qalampir ekdim.

Sarguzashtlarim shundan sung boshlanadi…

Avvalo, etiborimni tortgan bir jihat haqida aytay: pakhta etishtirish uchun klaster va fermer khujaligi urtasida shartnoma tuzish jarayoni qiziq kechar ekan — fermerlar etishtirilishi kerak bulgan pakhta, bugdoy, pillaning hajmi kursatilmagan shartnoma qogozlariga imzo chekishar, raqamlar esa keyin «paydo bular» ekan…

Ekinlarni sugorish uchun suv tanqisligiga duch keldim. Bu muammodan qutulish uchun uz hisobimdan 30 million sum pul sarflab, 40 metr chuqurlikdan suv chiqardim. Nima qilay, rejalarim katta, niyatlarim ufqqa qarab chuzilgan edi-da…

Bundan tashqari, menga ajratilgan er maydoni yonidan utgan 300 metr uzunlikdagi zovurni kavlab, u erga baliq chavaqlarini tashladim. Bunga ham uz hisobimdan 15 million sum sarfladim.

Urinishlarimdan khabar topdi shekilli, Denov tumani hokimi U.Qosimov menga yana 30,5 gektar tuman zakhirasidagi erni qushib berdi. Mazkur er maydonining 18 gektari ogir ahvoldagi pakhta bilan band edi. Ammo men yuq demadim — eplab ketishimga ishonar edim. Keyin, hokim aytib turganda fermer «yuq» deyishi uncha yakhshi ish hisoblanmas ekan.

Natijada, uzim etishtirgan 5 gektar pakhta rejasini 100 foiz bajargan bulsam-da, menga qushib berilgan maydon bilan birga hisoblaganda, pakhta rejasini 50 foizga bajardim, kholos.

Keyin Vazirlar Mahkamasining 14-son qarori chiqdi (2019 yil 9 yanvarda). Bu qarorga asosan erlar optimallashtirishga uchrashi kerak buldi. Denov tumaniga yangi hokim bulgan B.Ibatov yigilish utkazib, faoliyatini yakhshi yulga quygan fermerlarning eri kengaytirilishini, yomon ish kursatgan fermerlarning erlari olib quyilishini aytdi. Barcha fermerlarga «erini topshirishi» haqida ariza yozish kerakligi aytildi. Zero, fermer khujaliklari qaytadan tuzilishi kuzda tutilgan edi. «Meni erimni olib quyishmaydi, akhir, yakhshi ishlar qilyapman» deb uyladim. Chuchvarani khom sanagan ekanman…

Bir oycha utib menga tegishli er maydonlar uzga bir fermerga utganini bildim.

Tuman hokimi qabuliga kirib, adolatsizlik bulganini, erga ancha mehnatim va shakhsiy mablagim singiganini, yakhshi niyat qilib uz hisobimdan artezian qazganimni, baliq boqish uchun hovuz barpo etganimni, qolaversa, 15 gektar erga bugdoy ekib quyganimni, 20 gektar erni uz hamyonimdan shudgor qilib quyganimni aytdim. Hokim: «Siz shoshilmay turing, galla urilgandan sung, eringiz qaytarib beriladi», deb meni khotirjam qilib qaytarib yubordi.

Galla urildi, ammo erim menga qaytarib berilmadi. Hokim qabuliga kirmoqchi bulib, ostonasida sargaydim, ammo kirolmadim. Erlarimning yangi egasi menga: «Oshna, kel erni birgalikda ishlatamiz, keyinroq baribir eringni uzingga berishadi», dedi. Kundim. Elib yugurdim. Zero hokim buvaning gaplari qulogimda jaranglab turardi: «Siz shoshilmay turing… Eringiz qaytarib beriladi».

2019 yil 10 dekabr kuni tuman hokimining ogzaki topshirigiga asosan avvalgi erlarim, unga qushib 28 gektar, jami 74,5 gektar er menga berildi. «Ana, adolat qaror topibdi-ku!» deysiz albatta. Shoshilmang, davomini eshiting.

Avvalo shuni aytishim kerakki, erning 15 gektariga boshqa bir fermer («Abduhakim Choriev» nomli f/kh) tomonidan bugdoy ekib quyilgan ekan. 20,5 gektar erga shakhsiy mablagimni sarflab, shartnomaga asosan qushimcha bugdoy ekdim. Bugdoy ekilgan maydon jami 35,5 gektar buldi. 39 gektar er maydoni esa pakhta ekish uchun muljallangan edi. Ammo pakhtaga muljallangan maydonning 3 gektariga avvalgi fermer piyoz ektirib quygan ekan. Tirikchilik…

Pakhta etishtirish uchun muljallangan erning 36 gektarini uz hisobimdan shudgor qildim. 2020 yil 30 yanvarga kelibgina qaror chiqdi — er rasman nomimga utdi, «Agro-Taraqqiyot-Surkhon» nomli f/kh tashkil qilindi.

2020 yil 5 fevral kuni men va klaster urtamizda shartnoma tuzildi. Raqamlar quyilmagan shartnomaga qul quydim, muhr bosdim…

Shu erda meni ichingizdan sukayotgan bulishingiz kerak: «Hoy, ahmoq, nega raqamlar quyilmagan shartnomaga imzo chekasan», deb. Biroq, sizga shuni aytishim kerakki, siz faqat meni emas, kuplab boshqa fermerlarni ham sukyapsiz — deyarli barcha fermer shunaqa qiladi.

Gap shundaki, «aqllilik qiladigan» fermerlar rahbarlarning shakhsiy «qora ruykhatiga» tushib qolishi mumkin. Buning oqibati esa fermer uchun yomon buladi, fermerlar shundan qurqishadi. «Bu tajribadan utgan amaliyot» deb tushuntirishdi menga tajribali fermerlar.

Ammo bu hammasi emas…

Shartnomaga imzo chekilgandan keyin menga «falon fermerning (erning avvalgi egasining) 60 million sum qarzini egningga olasan» deb qolishdi. Buni menga klaster bukhgalteri aytdi. Hokimga uchrashganimda u ham tasdiqladi. Keyin bilsam, bu oddiy hol ekan — kimdir «fermer» bulvolib, qishloq khujaligi mahsulotlarini etishtirish uchun ajratiladigan kreditlarni «eb quyar», keyin er undan olib quyilib, qarzi bilan qushib boshqa, yangi fermerga berishar ekan.

Avvaliga rozi bulmay yurdim. Keyin esa «gurga, erlik bulyapman-ku, rejalarim amalga oshyapti-ku» deb, kundim bunga ham — uch tomonlama (ikki fermer va klaster urtasida) shartnomaga asosan, men birovning qarzini buynimga oldim.

Ammo bu ham hammasi emas.

Men erni olgan paytda ekib bulingan, hatto kukarib ham qolgan galla uchun mendan 40 million sum (uch tomonlama shartnomaga asosan, bu safar ikki fermer va bank orasidagi) undirildi. Holbuki, bu hajmdagi ishlarga 20 million atrofida kharajat qilinishini har qanday fermer tasdiqlashi mumkin. Bunga ham kundim — shijoatim haliyam baland edi. «Fermer bulib oldim-ku, Khudo boshqa tomondan berar», dedim uzimga uzim.

Keyin galla uchun ajratilgan maydonga galla etishtirish uchun kuzda tutiladigan davlatning imtiyozli kreditini surab, uch oy yugurdim. Ammo kreditni ola olmadim — gallani shakhsiy mablagimga etishtirdim.

Davlatga 100 tonnacha galla topshirdim. Keyin bilsam, erlarimning avvalgi egasi, mendan undirgan 40 million sumga qanoat qilmasdan, 9 gektar erni takroriy ekin ekish uchun fuqarolarga ijaraga berib, pulini avvaldan olgan ekan (takroriy ekinga er sotish fermerlar uchun oddiy amaliyot). Mazkur fuqarolar menga tegishli bulgan erlarni somoni bilan (somon ham yakhshigina pul turadi) takroriy ekin ekish uchun olib quyishdi mendan… Mahalla noziridan yordam suradim — foyda bulmadi. «Fermer»ning holini kuryapsizmi?

Biroz vaqtni orqaga qaytaramiz.

Aprel oyining boshida chigit ekish boshlandi. Novatorligim tutib ketib, uzgacha uslubda — qushqator qilib chigit ekdim. Chigit ustiga bir hafta tinimsiz yomgir yogdi. Ustidan qor… Bahor bu yil dehqon uchun ogir kelgani hech kimga sir emas. Er yuzi qotib qoldi — chigit unib chiqishi juda qiyin buldi. Chigitni undirish ogir mehnat talab qildi. 5 gektar erni haydab, yangitdan chigit ekishga tugri keldi. Etiborli jihat: negadir ekin favqulodda holatlardan sugurta qilinmadi.

Endi bu yogini eshiting, komediya davom etadi.

Malumki, pakhta etishtirish uchun fermerga kredit ajratiladi. Mazkur kredit fermerga birdaniga emas, bulib-bulib, oyma-oy berilar ekan. Menga bu kredit bir oy — aprel oyi uchun berildi, kholos. May oyiga kelib… tukhtatildi. Savol: mablagsiz men qanday qilib ishni davom etishim mumkin edi?

Shu orada mish-mish tarqaldi: mening va atrofdagi yana oltita fermerning erlari olib quyilishi rejalashtirilayotgan ekan… Fermerlar bir irimga qattiq ishonishadi: shamol bulmasa, darakhtning uchi qimirlamaydi. (Qizigi, shu orada Tulqin ismli tuman hokimiyatining qishloq khujaligi bulimi boshligi aynan biz — keyinchalik faoliyati tugatilgan fermerlarning atrofida aylanib, ishimizdan rosa kamchilik izladi).

2020 yil 22 may kuni quqqisdan tuman deputatlari sessiyasi yigildi. Kun tartibidagi masala — 12ta fermer khujaligini tugatib, erlarni bir fermerga — «Denov oltin erlari» fermer khujaligiga utkazish. Ruykhatga men ham tushibman.

Tuman hokimi sessiyani boshlab berdi va birozdan sung majlisni mahalliy (viloyat) deputatlaridan biri — A.Narzullaevga topshirib, zalni tark etdi. Fermerlar real muammolarini — bazilari yangi fermer ekanligini, ob-havo noqulay kelganini, kreditlar ajratilishida muammolar bulayotganini aytishdi. Sessiyani boshqargan deputat guyo fermerlarning yonini olgan bulib: «Bu fermerlarning orasida yakhshi ishlaydigan fermerlar ham bor, ikki-uch kunda tekshirib chiqamiz, yakhshi ishlagan fermerlarni tugatmaymiz», dedi. Deputatlar «bir ovozdan rozi bulib», qul kutarishdi. Biz fermerlar esa «oldinda hali tekshiruv bor ekan», degan khulosaga borib, kunglimizni tuq qilib, majlisni tark etdik.

Keyin bilsak, shu kunning uzidayoq qaror qabul qilinib, 10ta fermerning faoliyati (jumladan mening ham) tugatilib, erlarimiz «Denov oltin erlari» fermer khujaligiga olib berilgan ekan. Kayfiyatimiz tushdi, khafsalamiz pir buldi.

Komediya esa davom etardi.

Bir necha kun utib, «Denov oltin erlari» fermer khujaligi rahbari A.Khojiqulov eri olib quyilgan biz — sobiq fermerlarning oldiga kelib, hozircha erda ishlashni davom etib turishimiz kerakligini, yakhshi ishlasak, erlarimiz uzimizga qaytarib berilishini aytdi… Menga esa alohida yuzlanib, «sening ering menga kerak emas, olmayman eringni, pakhtangni uzing uz hisobingdan etishtir, faqat senga kredit bermaymiz», dedi.

Shu erda surashingiz mumkin, qanday qilib bir fermer ikkinchi fermerga «biz senga kredit bermaymiz» deyishi mumkin? Gap shundaki, janob A.Khojiqulov nafaqat fermer, balki «Surkhon-Sifat-Tekstil» MChJ Denov filiali rahbari bulib, kreditlarimiz taqdiri ham, qandaydir tarzda, shu kishiga bogliq ekan.

Shu suhbatdan keyin menda yana umid uchquni uygondi. Soddaligim qursin!…

Ertasi kuni esa dala maydoniga hokimbuva bir guruh tuman rahbarlari bilan birga tashrif buyurdilar. Ut bosgan pakhta dalamni kurib, «chiroyli» suzlar bilan meni «taqdirladilar». Men esa, qulimni kuksimga quyib, kredit mablagidan uzib quyilganimni, shu sabab erni chopiq qilishga mablagim bulmay qolganini, qolaversa 15 kun oldin er mendan olib quyilishini eshitib, qulim ishga bormay qolganini, gallani uz hisobimdan etishtirganimni, qarzga botib qolganimni aytdim. Hokim buva bunga javoban: «Eringni olmaymiz, kredit ham bermaymiz, pakhtangni uzing etishtirasan», dedilar.

Men yana ishga shungidim. Bitta-yu bitta mashinam — «Jiguli»ni sotib, pakhtaga ishlov berishga sarfladim. Keyin tanishlarimdan yana qarz oldim. Akhiyri bor imkoniyatlarim tugab bitdi. «Surkhon-Sifat-Tekstil» MChJ Denov filiali rahbari A.Khojiqulov oldiga borib, taslim bulganimni, yo menga kredit ochib berib, ishni davom ettirish uchun imkoniyat berishlarini yoki erni mendan batamom olib quyishlarini suradim.

U kishi kimgadir qungiroq qildilar. Talabgor tayyor turgan ekan — zudlik bilan ikki yigit etib keldi. Erni shu yigitlar olib, ishlatishga «rozi bulishdi». Ularning talabiga binoan, erdan voz kechishim haqida ariza yozdim. Keyin bilsam, bulajak fermer khujaligi boshligi dehqonchilikdan khabari yuq, aslida tez yordam haydovchisi ekan.

Deyarli 100 foiz uz hisobimdan etishtirgan gallamni urib, davlat hisobiga olib ketishdi. Moliyaviy tomondan uta qiynalib qolganim bois, galladan bushagan erning 10 gektardan oshiqrogini qishloq ahliga takroriy ekin ekib olish uchun ijaraga berdim. 9 gektarini ishchilarimga takroriy ekin ekish uchun ajratdim. 9 gektar erni esa mendan oldin ishlatgan fermer ancha avval takroriy ekin uchun ijaraga berib yuborgan, pulini ham avvaldan olib quygan ekan. 5 gektar er bush qoldi.

«Fermerchilik tajribam»ning natijasini aytadigan bulsam, 70 million sum pakhta etishtirish uchun uz hisobimdan qilgan kharajatlarim, ikkita shakhsiy T-28 traktorim (uni yangi fermer olib quydi), artezian qazish uchun sarf qilgan pullarim, baliq boqish uchun hovuz qazdirishga ketgan kharajatlarim — hammasidan ayrildim. Qushimchasiga, erlarni undan-bunga, bundan-unga utkazish sababidan men kurgan zarar 70 million sumni tashkil etdi.

Pilla haqida

Dalam atrofida bironta yaroqli tut darakhti bulmasa-da, men bilan pilla boqish uchun shartnoma tuzildi. «Boqmayman», deyish esa mumkin emas — fermer pilla boqishi majburiy. Hali aytganimdek, bu holatda ham raqamlar quyilmagan shartnomaga imzo chektirildi. Aprel oyida 4 quti pilla berishdi menga. Qurtlarni boqishim kerak buldi, tut bargi esa yuq. Tunda kuchaga chiqib, atrofimdagi yul yoqalaridan tut barglari yulib, qurtlarimni «ugrilik» bilan boqdim… Shu yul bilan pilla rejasini bajardim.

Fermer va bank orasidagi munosabatlar haqida

Bunisi ham uta «qiziq» ekan. Bilamizki, bank va uning mijozi — ikkoviyam mustaqil subektlar bulib, ularning orasidagi munosabatlarga hech kimning aralashishga haqqi yuq. Ammo bu qaerdadir boshqa erda — bizda unaqa emas ekan.

Bizda fermer va bank urtasida kuplab — qonunda kuzda tutilgan va tutilmagan «omil»lar aylanib yuradi, «sharpa» bulib… Va buni hamma biladi.

«Fermerchiligim»dan chiqargan khulosalarim

Avvalo, tavba qildim — boshqa fermer bulmayman. Qishloq khujaligi bilan bogliq nurli rejalarimni yigishtirib, Rossiyaga ishlashga ketaman. Chunki bu orada bir dunyo qarz olib, qaytarib berolmadim. Odamlar eshigimni taqillatishyapti…

Katta maydonni «ol, ishla» deb senga berishsa-yu, ammo boshing uzra mingta ega bulsa, tinch ishlashga imkon berishmasa, buning ustiga, yumshoq qilib aytganda, tartibsizlik hukm sursa, ishlab buladimi?

Bizdagi fermerchilikni bitta suz bilan izohlaydigan bulsam, «isrof» suzini ishlatgan bulardim. Chunki er, suv, mablag, insonlar umri — barchasi katta miqdorda isrof bulyapti.

Nega kerak bunaqa tizim — tushunmadim.

Bizning sharoitda aholisi zich hududlarda qishloq yigitiga 100, 50 emas, 2-3 gektar er berilsa-yu, ustida «nazoratchilar» turmasa, erga nima ekishni uzi hal qilsa, sanoqli yillarda u oyogida mustahkam turadigan kichik tadbirkorga aylanadi.

* * *

Maqola avvalida aytganimizdek, fermerning hurriyati butun dunyoda qishloq khujaligi muvaffaqiyati garovi sanaladi. Qaddi tik, qadri baland fermerlar dunyoni boqishyapti. Ular har bir qarich erni qadrlashyapti. Zero, er qadri inson qadri bilan chambarchas bogliq narsalar — uz qadrini bilmagan er qadrini bilarmidi? Bizda esa erlar khor, chunki fermerlarning holi usha — ikki yil fermerlik qilib, kungli sovugan Abduvohidning hikoyasidagidek.

Izoh surab, Denov tumani hokimi bilan boglandik. Hokimlik bergan malumotnomada «2020 yil pakhta hosili uchun 39,0 gektar maydondan 136,8 tonna pakhta khomashyosi etishtirib berish yuzasidan «Agro-Taraqqiyot-Surkhon» fermer khujaligi bilan «Surkhon-Sifat-Tekstil» MChJ Denov filiali urtasida 2020 yil 6 fevraldagi 245-sonli shartnoma tuzilgani, klaster tomonidan shartnomaga asosan «Agro-Taraqqiyot-Surkhon» fermer khujaligiga 21 may holatiga kura pakhta khomashyosi etishtirish uchun 20 866 000 sumlik dizel yonilgisi, 41 920 000 sumlik mineral ugit va khimikatlar, 5 300 000 sumlik boshqa moddiy boyliklar, 48 128 804 sumlik uruglik – jami 140 781 271 sumlik tovar moddiy boyliklari berilgani, ammo, fermer khujaligi tomonidan chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonga rejasiz piyoz ekini ekilgani, bundan tashqari, mavjud guza maydonlari chopiq qilinmagani, guza yagonasi chala qilingani, maydon va dala chetlari begona utdan tozalanmagani holatlari aniqlangani» aytiladi.

«Ushbu holatlar yuzasidan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi «Khususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qullab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish buyicha qushimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tugrisida»gi PF-5780-sonli Farmoni hamda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yi 12 dekabrdagi «2020 yilda guzani navlar buyicha joylashtirish va pakhta khomashyosi etishtirishning prognoz hajmlari tugrisida»gi 985-sonli qaroriga asosan, A.Qurbonov boshchiligidagi fermer khujaligida kamchiliklar davom etgani uchun ushbu masala halq deputatlari tuman Kengashining 2020 yil 22 maydagi (44/9-06 sonli) sessiyasida kurib chiqildi.

Natijalariga kura, fermer khujaligi bilan tuman hokimligi urtasida tuzilgan uzoq muddatli er ijara shartnomasi bekor qilinib, er tuman hokimligi zakhirasiga qaytarib olingan.

Qishloq khujaligi ekinlariga agrotekhnik tadbirlarning utkazilishini kechiktirmaslik maqsadida, tuman hokimining 2020 yil 26 iyundagi 568-sonli qarori bilan fuqaro Rustamov Farrukhga fermer khujaligi tashkil etish uchun jami 75,7 gektar er maydoni ajratib berilgan.

Yangidan tashkil etilgan fermer khujaligi boshligi F.Rustamov tomonidan pakhta etishtirish uchun qilingan kharajatlar uch tomonlama shartnoma asosida uz zimmasiga olish uchun A.Qurbonov («Agro-Taraqqiyot-Surkhon» fermer hujaligi boshligi)ga imzo va muhrini bosib tasdiqlab berish suralganda har khil vajlar bilan ushbu taklifni rad etib kelayotgani malum buldi», deyiladi Denov tumani hokimligi bergan malumotnomada.

Biroq nega kerakli paytda fermer kredit taminotidan uzib quyilganini suraganimizda, hokimiyat masulidan qoniqarli javob ololmadik.

Abduvohid Qurbonov bilan birga boshqa — 22 may kungi sessiyadan keyin faoliyati tugatilgan, ammo noaniqlik sabab hamon erida ishlab turgan fermerlar: Bahrom Saidov, Ikrom Toshboev, Ikrom Saidov, Abbos Tursunov, Muzaffar Qamchiev, Fakhriddin Kenjaev hamda 22 may kuni utgan sessiyada ishtirok etgan Sh.Rashidov SIU sobiq raisi Tura Rahmatov va Okhunboboev SIU sobiq rahbari Nemat Mengniyozovlar bilan boglandik. Ular Abduvohid Qurbonov aytganlarini tasdiqlab, sessiya «hali kurib chiqamiz» degan gaplar bilan yakunlanib, keyin fermerlarning ziddiga qaror chiqib ketganini, 2020 bahorida ob-havo noqulay kelgani, fermerlar kreditlar bilan etarlicha taminlanmagani, shu sabab agrotekhnik tadbirlarni uz hamyonlaridan amalga oshirganliklari hisobga olinmasdan faoliyatlari tugatilganini gapirib berishdi.

Klaster rahbari A.Hojiqulov bilan boglanishning esa imkoni bulmadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

VgMJ-J98zS0gpGhnv6oPDJ1p5p7UFv78

Andijon shahri hokimining auksionsiz er ajratib berish tugrisidagi qarori noqonuniy deb topilib bekor qilindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning noqonuniy qarori bekor qilindi. Adliya vazirligi akhborot khizmati khabar berishicha, Andijon shahar …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари