Home / Jamiyat / Farishtalarga iymon keltirish

Farishtalarga iymon keltirish

angeliFarishtalarga ishonish iymon arkonlaridan bulib, inson ularga iymon keltirmaguncha mumin bulmaydi.

Farishtalarga iymon keltirish aqiydamiz arkonlaridan biri ekaniga dalillar:

Alloh taolo «Baqara» surasida:

«Rasul va muminlar Unga Robbisidan nozil qilingan narsaga iymon keltirdilar. Barcha Allohga, Uning rasullariga, farishtalariga, kitoblariga iymon keltirdi. Rasullari orasidan birortasini ham farq qilmaymiz», degan (285-oyat).

Alloh taolo «Baqara» surasidagi boshqa bir oyatda:

«Lekin yakhshilik, kim Allohga, okhirat kuniga, farishtalarga, kitobga va nabiylarga iymon keltirsa, ushandadir», degan (177-oyat).

Alloh taolo «Niso» surasida:

«Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, paygambarlariga va okhirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, uzoq zalolatga ketgan buladi», degan (136-oyat).

Bas, Alloh taolo ushbu jumlaga iymon keltirishni shariy etibordagi iymon qildi. Ushbu jumlaga iymon keltirganlarni «mumin» deb nomladi. Shuningdek, ushbuga kufr keltirganlar «kofir» deb nomlanadilar.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabroilning hadisida, jumladan, quyidagilarni aytganlar:

«Iymon–Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, paygambarlariga va okhirat kuniga iymon keltirmoging hamda yakhshiyu yomon qadarga iymon keltirmoging».

Alloh taolo farishtalarga iymon keltirishni Uziga, ilohiy kitoblarga, paygambarlarga, qiyomatga va qazoi qadarga iymon keltirish bilan bir safda quyganiga etibor bermogimiz lozim.

Allohning farishtalariga iymon keltirish ularning borligiga iymon keltirish bilan tugal bulmaydi. Farishtalarga tugal iymon Alloh taolo va Paygambar sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek bulishi kerak. Ularning vasflariga, khizmatlariga va khususiyatlariga iymon keltirish lozim.

Farishtalarning sifatlari

Alloh taolo Quroni Karimda farishtalarning sifatlari haqida bir qancha oyatlar nozil qilgan. Paygambar sollallohu alayhi vasallam ham uz hadisi shariflarida farishtalar haqida siz bilan bizga kerakli malumotlarni berganlar. Biz usha sifatlarga iymon keltirmogimiz kerak.

  1. Imom Muslim Oisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Farishtalar nurdan yaratilgandirlar. Jinlar olovning tutunidan yaratilgandir. Odam sizga vasfi qilingan narsadan yaratilgandir», deganlar.

Farishtalar nurdan yaralganini hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Ulamolar farishtalar nurdan yaratilganlari uchun ham, nurning tezligi haddan ziyod bulganidan ham kuzga kurinmaydilar, deyishadi.

  1. Alloh taolo «Niso» surasida:

«Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bulishdan zinhor bosh tortmaslar», degan (172-oyat).

Bu oyatdan ulkan bir haqiqat anglab olinadi.

Ushbu oyati karimada dunyodagi hamma-hamma, Iyso alayhissalom ham, Allohga yaqin (muqarrab) farishtalar ham Allohga ibodat qilishdan bosh tortmasliklari takidlanmoqda.

Bundan farishtalar Alloh taologa ibodat qilishi va Unga yaqin bulganlari ham borligini bilib olamiz.

  1. Alloh taolo «Tahrim» surasida:

«Ey? iymon keltirganlar! Uzingizni va ahli ayolingizni yoqilgisi odamlaru toshdan bulgan utdan saqlang. Uning tepasida qupol, dargazab farishtalar bulib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar», degan (6-oyat).

Bu oyati karimada Alloh taolo mumin-musulmon bandalariga, uzlarini va ahli ayollarini okhirat otashidan saqlashni buyurmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Uzingizni va ahli ayolingizni yoqilgisi odamlaru toshdan bulgan utdan saqlang.»

Mazkur utdan saqlash gunohlarni tark etish va toat-ibodat qilish bilan buladi.

Duzakhning yana bir dahshatli tomoni – uning quriqchilari qupol va shafqatsiz farishtalardir.

«Uning tepasida qupol, dargazab farishtalar bulib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.»

Ulardan hech kim qochib qutula olmaydi. Shu bilan birga, mazkur farishtalar Alloh taologa mutlaq itoatdadirlar, nima amr qilsa, ushanga ogishmay amal qiladilar. Bular ham farishtalarning muhim sifatlaridandir.

  1. Alloh taolo «Anbiyo» surasida:

«Ular: «Rohman farzand tutdi», – dedilar. U pokdir. Yuq! Ikrom etilgan bandalardirlar. Ular Undan oldin suz aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar», degan (26-27-oyatlar).

Turli zamon mushriklari Allohning farzandi bor, deb har khil notugri etiqodda bulganlar. Yahudiy mushriklar «Uzayr Allohning bolasi», deganlar. Nasoro mushriklar «Masiyh Allohning bolasi», deganlar. Arab mushriklari esa, «Farishtalar Allohning qizlari», deganlar. Ha, mushriklar Allohga bolasi borlik nisbatini berdilar.

«Ular: «Rohman farzand tutdi», – dedilar».

Bu oyatda gap arab mushriklari haqida ketmoqda. Ular Alloh farishtalarni uziga qiz qilib oldi, dedilar.

«U pokdir.»

Alloh bu nuqsondan pokdir. Uziga farzand tutish ehtiyoji insonda bor. Allohda yuq. Bu ish Alloh uchun nuqson hisoblanadi. U esa bundan pokdir.

«Yuq! Ikrom etilgan bandalardirlar.»

Yuq, mushriklarning gapi notugri. Farishtalar Allohning qizlari emas, balki ikrom etilgan bandalaridir.

«Ular Undan oldin suz aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar».

Farishtalar shunchalik odobli, shunchalik itoatli, shunchalik Allohni uluglaydilarki, hatto Uning oldida biror ogiz suz aytishga botinmaydilar. Farishtalar Alloh nima amr qilsa, suzsiz amalga oshiradilar.

  1. Alloh taolo «Fotir» surasida:

«Hamdu sano osmonlaru erni yuqdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, turt qanotli elchilar qilgan Allohga khosdir. U Pot makhluqotlarda nimani khohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», degan (1-oyat).

Dunyodagi barcha hamdu sano, maqtov-olqish:

«…farishtalarni ikki, uch, turt qanotli elchilar qilgan Allohga khosdir».

Farishtalar Alloh yaratgan uziga khos zotlardir. Boshqa oyatlarda ularning tabiatlari, ado etadigan vazifalari va boshqa khususiyatlari haqida suz yuritilgan. Bu oyatda ular jismoniy tuzilishlarining bir qismi, yani ikki, uch, turt qanotli bulishlari haqida suz bormoqda. Biz qanotli makhluqot deganda qushlarni tushunamiz. Ularda ikkita qanot buladi. Ammo farishtalar ichida ikkitadan kup qanotlilari ham bular ekan. Lekin farishtalarning asl tuzilishlarini Allohning Uzi biladi.

Alloh taolo bilan bandalari urtasida elchilik vazifasini utagan Jabroil alayhissalom vahiy keltirib turgan. U Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga turli holatlarda kuringan.

Sahih hadislarda rivoyat qilinishicha, Hazrati Paygambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni asl khilqatlarida ikki marta kurganlar.

Birinchi marta Hiro goridan tushib kelayotib, vodiyda qanotlari bilan osmonni tusib turganida kurganlar.

Ikkinchi marta Isro kechasida kurganlar. Ushanda olti yuzta qanoti borligi, har bir qanoti magrib bilan mashriqqa etishi aytilgan. Bundan farishtalar faqat ikki, uch, turt qanotli emas, undan kup qanotli ham bulishlari kelib chiqadi. Oyatda qanot soni chegaralanayotgani yuq, balki ularning kup bulishi aytilayotibdi. Shuning uchun ham, oyatning davomida:

«U Pot makhluqotlarda nimani khohlasa, ziyoda qilur», deyilmoqda.

  1. Alloh taolo «Maryam» surasida:

«Kitobda Maryamni esla. U uz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda va ular bilan uzi orasida tusiq olganda, Biz unga Uz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bulib kurindi», degan (16-17-oyatlar).

Yani ey Muhammad, bu kitobda (Quronda) Maryamni esla. Uning garoyib qissasini zikr et.

Qissa quyidagicha:

«U uz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda va ular bilan uzi orasida tusiq olganda…»

Baytul Maqdisda yashayotgan ozoda, bokira, taqvodor qiz Maryam qavmidan ajralib, shaharning sharqiy tomoniga yolgiz chiqdi. Nimaga chiqqanini Alloh biladi. Ehtimol, buyi etgan qizlarga khos, birov sezishi mumkin bulmagan sirli ishi bordir. Khullas, usha erga chiqib, uzi va qavmi orasida tusiq oldi. Qavmidan hech kim Maryamni kurmaydigan buldi. U kholi va yolgiz qoldi. Shunda:

« Biz unga Uz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bulib kurindi».

Yani farishta Jabroil alayhissalom Maryamga tula-tukis odam siymosida namoyon buldi. Alloh uni yaratgan asl holatida kurinmadi. Chunki bus-butun holida kurinsa, Maryam butkul dahshatga tushishi mumkin edi.

Jabroil alayhissalom odam shaklida Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelganlarida, asosan, Dehyatul Kalbiy ismli sahobiy suvratlarida kelganlar.

Ammo boshqa hadislarda birov tanimaydigan odam shaklida kelganlari ham bor.

Demak, U zot Dehyatul Kalbiy roziyallohu anhuning shakllaridan boshqa shaklda ham kelgan ekan.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари