Home / Siyosat / Fargona viloyat hokimi fermerga kredit ajratishni soqoli usib ketgani uchun rad etdi
Место рекламы

Fargona viloyat hokimi fermerga kredit ajratishni soqoli usib ketgani uchun rad etdi

Fargona viloyat hokimligida soqolli tadbirkor tahqirlanib, yigilishdan haydalgani qayd etilgan audioyozuv Ozodlikka kelib tushdi.

Audioni tahririyatga yullagan tadbirkorlardan birining aytishicha, bu audioyozuv viloyat hokimi Shuhrat Ganiev ishtirokida utkazilgan yigilishda yozib olingan.

2c654058-2721-4100-bd85-432bf9ceb3c1_cx9_cy6_cw91_w1023_r1_s

Majlis davomida Shuhrat Ganiev tadbirda ishtirok etayotgan tadbirkorlardan birining soqoli va sochini qirtishlab olishni ichki ishlar mulozimiga topshiradi.

Tadbir ishtirokchilari iddaosicha, viloyat hokimi Shuhrat Ganiev soqolli tadbirkorlarning birortasiga ham imtiyozli kredit bermagan.

Viloyat hokimligi matbuot kotibining Ozodlikka aytishicha, Shuhrat Ganiev tadbirkorni tahqirlamagan, balki soch-soqoli usib ketgani uchun shunchaki tanbeh bergan kholos.

Ozodlikka 14 noyabr kuni murojaat qilgan, khavfsizligini uylab ismini ochiqlanmasligini istagan fargonalik tadbirkorning aytishicha, Fargonadagi “Tadbirkorlar markazi”da 12 noyabrda utkazilgan yigilishda viloyat hokimi Shuhrat Ganiev tadbirkor va fermerlarning loyihalariga imtiyozli kredit berish masalasini muhokama qilgan:

“Tadbirkorlar soat 10:00 ga chaqirildi, lekin yigilish soat 12 dan utib boshlandi. Yigilishni viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich olib bordi. Yigilishda Quqon va Margilon shahridagi tadbirkorlarga prezident dasturi asosida imtiyozli kredit berishdi. Yigilishda loyiha egalari, bank va IIB mulozimlari ham ishtirok etdi”.

Tadbirkor iddaosiga kura, viloyat hokimi Shuhrat Ganiev soqolli fermerlarni tahqirlagan.

“Bu vallomat hokim bir tadbirkorni soqoli uchun haydadi va “cani loyihang uchirildi” dedi. Yigilish davomida yana bir yigitni soqoli uzunroq ekan uni ham haydadi. Buni qanday tushunish mumkin? Ganiev bir kun oldin tadbirkorlarga murojaat qilib, har qanday tusiqni olamiz, deb endi oddiy bir soqoli usib qolgan tadbirkorni loyihasini uchirib, uzini hijolat qilib, maskhara qilib, IIB khodimiga buyruq berib, qurqitib, haydadi”.

Tadbirkor ushbu yigilish payti yozib olingan audioyozuvni ham Ozodlikka taqdim qildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O1972Qf8_xtGLnfJd4Ym1pMSXaUfX8st

Samarqand shahrida karantin vaqtida ham tungi klublar ishlayotgani malum buldi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantinga qaramay, Samarqand shahridagi tungi klublar uz faoliyatini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари