Home / Jamiyat / Fargona khalqaro aeroportidan yuklarni khorijga tugridan-tugri junatish imkoniyati tiklandi
Место рекламы

Fargona khalqaro aeroportidan yuklarni khorijga tugridan-tugri junatish imkoniyati tiklandi

17 yillik tanaffusdan sung Fargona khalqaro aeroportidan yuklarni khorijiy davlatlarga tugridan-tugri junatish imkoniyati qayta tiklandi.

Foto: Transport vazirligi

Fargona viloyatidan khorijga hul mevalar eksporti bilan shugullanayotgan RTL logistics, UZ-Segong, XinFergana korkhonalari tomonidan bulgan murojaatlar va ushbu korkhonalarning faoliyati Transport vazirligining aeroportlarni rivojlantirish va er usti taminoti boshqarmasi mutakhassislari tomonidan atroflicha urganib chiqildi.

Vazirlik khabarida aytilishicha, eksportyor korkhonalar vakillari bilan bulib utgan uchrashuvda hul mevalarni Fargona viloyatidan Qamchiq dovoni orqali Toshkent khalqaro aeroportiga yuk mashinalarida etkazib borish jarayonidagi qiyinchiliklar, qolaversa, ushbu jarayon transport kharajatlarining ortib ketishiga bu esa uz navbatida eksportga yuborilayotgan mahsulotlar narkhining kutarilishiga sabab bulayotgani tufayli ushbu hududning uzidan yuk aviaqatnovlarini tashkil etish masalasi urganib chiqildi.

Eksportyor korkhonalarni har tomonlama qullab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida UZ-Segong va XinFergana korkhonalari tomonidan eksport uchun tayyorlanayotgan 50 tonna gilos mahsuloti 1 iyun kuni Fargona khalqaro aeroportidan Koreyaning Seul khalqaro aeroportiga tugridan-tugri etkazilishi taminlandi.

Mazkur jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida, Namangan khalqaro aeroportidan havo kemasi sahniga yuklarni ortish uchun ishlatiladigan makhsus tekhnika vositalari (Triple) hamda Toshkent khalqaro aeroportidan esa makhsus evropaddonlar Fargona khalqaro aeroportiga olib kelindi. Havo kemasi etib kelguniga qadar esa aeroportning yuk tashuvlari bulimi khodimlariga makhsus tekhnikadan foydalanish va yuk tashish havo kemasiga yuklarni ortish mashgulotlari utkazildi.

Bildirilishicha, barcha tashkiliy masalalar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 50 tonna gilos mahsulotini Seul shahriga yuborish amaliyoti omadli yakunlandi, khorijga Fargona khalqaro aeroportidan yuklarni tugridan-tugri yuborish imkoni yaratildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkent va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sogliqni saqlash vazirligi Uzbekistonda yana 149 kishida koronavirus aniqlangani haqida khabar berdi. «2020 yil 12 …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари