Home / Jamiyat / Estrada khonandasi voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani takhmin qilinayotgan holat yuzasidan jinoyat ishi quzgatildi
Место рекламы

Estrada khonandasi voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani takhmin qilinayotgan holat yuzasidan jinoyat ishi quzgatildi

Samarqandda voyaga etmagan qizning estrada khonandasi va uning dustlari tomonidan zurlangani aytilayotgan holat buyicha jinoyat ishi quzgatildi. Tergovni Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib bormoqda.

Kun.uz saytida liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan samarqandlik qizning nomusiga tegilgan bulishi mumkinligi haqida jurnalist surishtiruvi elon qilingandi. Kattaqurgon tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bulmagan, deb topib, jinoyat ishi quzgatishni rad etgan edi.

Maqola elon qilingach, Samarqand viloyat prokuraturasi Kattaqurgon tuman IIB Tergov bulimining jinoyat ishi quzgatishni rad etish haqidagi qarorini bekor qilib, ishni qushimcha urganish uchun qaytargandi.

Qushimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga kura, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Buni jabrlanuvchining yaqinlari va Kun.uz’ning ichki ishlar idoralaridagi manbasi tasdiqladi.

Dastlabki tergov harakatlarini Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib borayotgani aytilmoqda.

«Vaziyatni prokuratura nazoratga olgach, Kattaqurgon tumaniga borib, hodisa sodir bulgan uy IIB vakillari hamrohligida urganildi. 10 oktyabr kuni jinoyat ishi quzgatildi. Shundan sung tergovga chaqirishdi. Tergovga J.U. ham chaqirilgandi, ammo usha voqea sodir bulgan kunda khonandaning yonida turgan ikki sherigi keldi, kholos.

Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama bulib qolmaydi, kholislik taminlanadi», – deydi qizning otasi.

Kun.uz masala yuzasidan viloyat IIB bilan boglandi.

«Haqiqatan ham qiz usha kuni uzini zurlangani haqida aytmoqda. Zurlash va nomusga tegish alomatlari bulgani sababli joriy yilning 10 oktyabrida holat yuzasidan jinoyat ishi quzgatildi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Inson shani va qadr-qimmati bilan bogliq bulgani sababli tergovning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmaydi. Tergov yakuniga kura, qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi», – dedi Kun.uz suhbatlashgan viloyat IIB rasmiysi.

Jinoyat kodeksining 118-moddasiga kura, nomusga tegish, yani zurlik ishlatib, qurqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, sodir etilgan jinoyatning ogirlik darajasiga qarab 3 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

wEgw2YQl0RjuLKd6X_mrB7RYJR3P7sCI

Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga direktor tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining tegishli buyrugi bilan Nabijon Pirimovich Yuldoshev Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари