Home / Madaniyat / Ertalab va kechqurungi tasbih va zikr

Ertalab va kechqurungi tasbih va zikr

duaAlloh taolo: «Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohga tasbih ayting. Osmonlaru erdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham», degan (Rum, 17—18-oyat).

Allohni poklab yod etishni arabchada «tasbih» deyiladi. Tasbih eng avvalo dilda bulib, sungra tilga kuchadi. «Subhanalloh» deb takrorlash tasbeh aytish hisoblanadi. Tilda aytish dildagi tasbihning tasdigi buladi. Uz navbatida, tilda aytilgan tasbih amalga kuchishi kerak.

Demak, ertayu kech Alloh taologa tasbih aytib, U Zotni zikr qilib turish lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim ertalab va kechqurun kirganda yuz marta «Subhanallohi va bihamdihi»ni aytsa, qiyomat kuni biror kishi u keltirgan narsani keltira olmaydi. Illo, u aytgan narsani aytgan yoki undan ziyoda qilgan kishi keltirishi mumkin, kholos», dedilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

Sharh: Bu hadisi sharifda «ertalab va kechqurun kirganda yuz marta «Subhanallohi va bihamdihi»ni aytishga odatlanishga targib qilinmoqda.

Abu Bakr roziyallohu anhu:

«Ey Allohning Rasuli! Menga ertalab va kechqurun aytib yuradigan suzlarimni amr qiling», dedi.

Shunda u Zot:

«Allohumma, fotiras samavati val arzi, alimal gaybi vash shahadati, Robba kulli shayin va maliykahu. Ashhadu an laa ilaha illaa anta. Auzu bika min sharri nafsii va min sharrish shaytoni va shirkihi», deb ayt. Ularni ertalab bulganda ham, kechqurun ham va yotar joyingni olganingda ham ayt», dedilar».

Sharh: Manosi: «Allohim! Ey, osmonlar va erni yuqdan bor qiluvchi Zot! Goyibni va hozirni biluvchi Zot! Har bir narsaning Robbisi va egasi bulgan Zot! Albatta, Sendan uzga ilohi mabud yuqligiga shahodat keltiraman. Sendan nafsimning sharridan va shaytonning sharri va shirkidan panoh tilayman».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«U Zot ertalab «Allohumma bika asbahnaa va bika amsaynaa va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur», der edilar. Kechqurun bulganda «Allohumma bika amsaynaa va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur», der edilar».

Sharh: Manosi: «Allohim! Sen ila tong ottirdik. Sen ila kechga kiramiz. Sen ila hayot kechiramiz va Sen ila ulamiz va Sengagina yigilamiz».

«Allohim! Sen ila kech kiritdik. Sen ila hayot kechiramiz va Sen ila ulamiz va Sengagina yigilamiz».

Yani bu narsalarning hammasini qiluvchi Sensan.

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab va kechqurun bulganda: «Roziynaa billahi Robban va bil Islami dinan va bi Muhammadin Rosulan» desa, albatta, Alloh uchun uni rozi qilish haq bulur», dedilar».

Sharh: Manosi: «Allohni Robb deb, Islomni din deb va Muhammadni Rasul deb, rozi buldik».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim ertalab bulganda:

«Allohumma, innii asbahtu ushhiduka va ushhidu hamalata arshika va malaikatika va jamia kholqika biannaka anta Allohu laa ilaha illaa anta, vahdaka, laa shariyka laka. Va anna Muhammadan abduka va rasuluka» desa, albatta Alloh uning usha kuni qilgan gunohini magfirat qiladi. Agar ularni kechqurun kirganda aytsa, usha kechasi qilgani magfirat qilinadi», dedilar».

Sharh: Manosi: «Allohim! Albatta, men Seni, arshingni kutarib turuvchilarni, farishtalaringni va barcha makhluklaringni guvoh qilib aytamanki, albatta, Sen Allohsan! Sendan uzga ilohi mabud yuq. Sen yolgizsan! Sening sheriging yuq. Albatta, Muhammad Sening bandang va Rasulingdir».

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари