
Eron hukumati Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» makhsus bulinmasi qumondoni, general Qosim Sulaymoniyning ulimiga aloqador 48 kishidan iborat ruykhatni tuzdi. Bu haqda Mehr News nashri uz manbasiga tayanib khabar berdi.
Inson huquqlari buyicha kengash rahbari Ali Bagiriy Qaniyning suzlariga kura, Eron hukumati Sulaymoniyning uldirilishiga aloqador 48 kishining shakhsini aniqlashga muvaffaq bulgan va ularni javobgarlikka tortish buyicha choralar kurilgan. Khususan, Tehron generalni yuq qilish buyicha operasiyaga u yoki bu darajada jalb etilgan mamlakatlardan malumot taqdim etishni talab qilgan.
Amaldorning aytishicha, Eron hukumati ana shunday murojaat bilan chiqqan okhirgi mamlakat Germaniya bulgan.
«Biz Germaniyadagi AQSh aviabazasi Sulaymoniyni uldirishda foydalanilgan dronlar urtasida malumot almashishda qatnashganligi tugrisida akhborot oldik», — dedi Qaniy.
Qosim Sulaymoniy shu yil 3 yanvarda Bagdod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida uldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bulgan.