
Husayniy 2015 yilda ommaviy mushtlashuv vaqtida odam uldirishda ayblangan. Qurbonning oilasi sportchini afv etishni rad etgani sababli unga chiqarilgan ulim jazosi uz kuchida qolgan.
Eronlik kurashchi, Olimpiya chempioni Hamid Suryan qurbonning oilasidan Husayniyga rahm-shafqat kursatishni suragan, biroq bu urinishlar besamar yakunlangan.
Olimpiya uyinlarida kurash sportini nazorat qiluvchi United World Wrestling (UWW) tashkiloti sportchining qatl etilishi bilan bogliq holda bayonot berdi. Jumladan, bayonotda Husayniy milliy yoki khalqaro musobaqalarda ishtirok etmagani, u faqatgina hududiy musobaqalarda qatnashgani takidlangan. UWW vaziyat buyicha aniq tasavvurga ega bulmaguncha sportchining qatl etilishiga izoh bermasligini aytgan.
2020 yil sentyabrda 27 yoshli eronlik kurashchi Navid Afqariy qatl etilgandi. Afqariy 2018 yil yozida Eronda utgan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan. Shundan keyin u polisiyachini uldirish ayblovi bilan hibsga olingan. Biroq huquqni himoyalash tashkilotlari sportchi qiynoqlar ostida jinoyatni uz buyniga olishga majbur bulgani, u siyosiy motivlargagina kura qatl etilganini takidlashgan.