Home / Jahon / «Erdugan hamma narsamni tortib oldi». Turkiya milliy jamoasi afsonasi AQShda kirakashlik qilmoqda
Место рекламы

«Erdugan hamma narsamni tortib oldi». Turkiya milliy jamoasi afsonasi AQShda kirakashlik qilmoqda

Turkiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Hoqon Shukur futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir necha yil utib, hayoti qanday kechayotganligi haqida gapirib berdi. Bu haqda Mundo Deportivo khabar bermoqda.

Hoqon Shukur 2016 yilda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erduganni ochiq tanqid qilgani uchun muammolarga uchragandi. Uni Amerikada yashovchi turkiyalik yozuvchi va jamoat arbobi Fatkhulla Gyulen bilan aloqadorligi uchun terrorchilik tashkiloti azosi sifatida ayblashgandi.

Bu voqealardan keyin Hoqon Amerikaga kuchib, San-Fransiskoda qahvakhona ochishga qaror qildi. Ammo, qahvakhonaga ham «nomalum shakhslar» kela boshlagach, sobiq futbolchi polisiya himoyasiga olindi, uning ishi bilan esa FQB shugullandi. Okhir-oqibat turk futboli afsonasi Vashingtonga kuchib utib, kitob sotuvi va kirakashlik bilan shugullana boshladi.

«Yangi ishlarga kunika boshlayapman. Hech qaerda hech narsam qolmadi. Erdugan hamma narsamni tortib oldi. Erkin yashash, uz fikrimni bildirish, uzim istagan joyda ishlash haq-huquqlarim poymol qilindi», – deya Hoqon Shukurning suzlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Eslatib utamiz, Turkiya milliy jamoasi safida 51ta gol urgan Hoqon Shukur mamlakat jamoasi tarikhidagi eng yakhshi tupurar sanaladi. 48 yoshli sobiq futbolchi 1987 yildan 2008 yilga qadar faoliyati davomida «Sakaryaspor», «Bursaspor», «Galatasaroy», «Torino», «Inter», «Parma» va «Blekbern» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

hiD3u9dynayY9327i6b5wPqW_lk7G3mn

Ilon Mask uch yildan keyin 25 ming dollarlik Tesla chiqarilishi tugrisida vada berdi

Takhminan uch yil ichida Tesla 25 ming dollarlik narkhda bulgan haydovchisiz elektrmobillarni ishlab chiqaradi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари