Reytingning 1-urnini 8 yoshli amerikalik Rayan Kaji egalladi. U yangi uyinchoqlar bilan tanishadigan Ryan ToysReview kanali bir yil ichida 26 mln dollar daromad keltirgan. Etiborlisi, Rayan eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingiga ikkinchi yil etakchilik qilmoqda.
2-urinni 5 nafar yigit sport tryuklarini bajarishi videolari joylanadigan Dude Perfect kanali egallagan. Forbes 2019 yilda bu kanalning daromadini 20 mln dollarga baholagan.
3-urinni esa 5 yoshli rossiyalik Anastasiya Radzinskaya egalladi. Nastyaning Youtube’dagi kanallari 2019 yilda 18 mln dollar daromad keltirgan. Ayni vaqtda ota-onasi bilan AQShga kuchib utgan qizcha 7 tildagi videolari evaziga dunyoda eng tez taraqqiy etayotgan blogerlardan biriga aylandi. U bilan Lego va Danone kabi yirik kompaniyalar hamkorlik qiladi.
Shuningdek, eng serdaromad Youtube-blogerlar untaligiga Rhett and Link (17,5 mln dollar), Jeffri Star (17 mln dollar), Preston (14 mln dollar), PewDiePie (13 mln dollar), Markiplier (13 mln dollar), DanTDM (12 mln dollar) va VanossGaming (11,5 mln dollar) kiritilgan.