Home / Sport / «YOngoqning shaqillashi». Ikki superklub Fair Play’ni qanday chetlab utishgani haqida
Место рекламы

«YOngoqning shaqillashi». Ikki superklub Fair Play’ni qanday chetlab utishgani haqida

Kuni kecha «Barselona» va «Yuventus» yarim himoyachilar Artur va Pyanichni almashtirganliklari haqida rasman elon qilindi. Braziliyalik futbolchi 72 million evro evaziga «Yuventus» tarkibiga qushilsa, Miralem Pyanichning transfer narkhi 60 millionga baholandi. Kelishuv futbolchilarni qushimcha tulov evaziga ayriboshlash toifasida emas, alohida ikki transfer sifatida qayd etiladi. Aslida barcha «fishka» ham shunda va bu haqida quyida keltiriladi.

Foto: Getty Images

Bir qaraganda, har ikki jamoa ham aqldan ozgandek. Khup, «Barselona» tarkibga kirishib keta olmayotgan umidli futbolchini yakhshigina summaga sotayotgani olqishga sazovor, ammo sal kamroq narkhga 30 yoshli Pyanichning kelishi tushunarsiz. Jamoa tarkibi shundoq ham uttiz yoshdan utganlar jamoasiga aylanib qolayotgan bir paytda.

«Yuventus» guyoki, 60 million evro evaziga davri utib borayotgan yarim himoyachisidan qutulayotgani, zur, lekin 72 million evroga hali Italiyadagi faoliyati nomalum, tavakkalchilik bulgan Arturni sotib olish nimasi?

Bu qarorlarni alohida tahlil qilganimizda mana shunday, lekin, birlashtirib, biroz qushimcha malumotlar qushsak, ikki klub aslida «asr firibgarligi»ni amalga oshirishgani va qanday qilib Fair Play qoidalariga zarba berganliklarini kuramiz. Quyida sizni kamroq futbol, va juda kup raqamlar kutmoqda.

Gap shundaki, klublar tomonidan transferlar moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishida kharidlar boshqacha, sotishlar esa, boshqacha kirim qilinadi. Sotib olingan transfer ushbu futbolchining shartnoma muddatiga bulib yuboriladi va yillik maoshlar qushilib, yilma yil amortizasiyalashtiriladi. Sotishdan olingan daromad esa, aynan usha transfer sanasiga tuligicha kirim qilinadi.

Sodda qilib tushuntirsak, bir klub 2019 yilda 50 millionga futbolchi sotdi. 50 millionga esa boshqa bir futbolchi sotib oldi. Oddiy kuz bilan qaraganda, klubning daromad va kharajatlari teng kurinsada, aslida unday emas. Agar 50 millionga sotib olingan futbolchi bilan besh yilga shartnoma imzolangan bulsa, 2019 yilgi kharajatlarga faqat 10 million sumlik transfer qiymati olib boriladi, kholos. Qolgan summalar 2020-23 yillarga teng taqsimlanadi. Sotib yuborilgan futbolchi uchun olingan 50 million esa tuligicha ushbu transferdan olingan daromad sifatida hisobotlarga kiritiladi. Yani, maoshlar, yana qushimcha detallarni qushmasdan, umumiy qarasak, bu klub 2019 yilda 40 million evro daromad qilgan hisoblanadi.

Endi «Barselona» va «Yuventus» doirasida Artur va Pyanichning transferlarini kurib chiqamiz.

Artur buyicha:

2018 yilning yozida «Barselona» uni 30 million evroga sotib olgandi. Ikki yil utib Artur 72 million evro (+10 million bonuslar) evaziga Turinga utmoqda. Ikki yil davomida braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 72 uyinda qatnashdi. Bir yarim yilda asosiy tarkibda harakat qilgan bulsa, Seten kelgach, asosan zakhiradan maydonga tusha boshladi.

Endi moliyaviy hisobotlardagi Artur: 30 millionga 6 yillik shartnoma imzolangan bulsa, futbolchining transfer qiymatidan har yili 5 million kamayib boradi. Ikki yil utganini etiborga olsak, transfer qiymati 10 millionga kamayib, 20 millionni tashkil qilgan. «Barselona» uni 72 millionga sotib, 52 million evro foyda qilyapti (Qaytaraman, aslida Arturning maoshlari ham umumiy qiymatiga qushilib boriladi va umumiy qiymat 20 milliondan oshiqroq chiqadi, lekin biz sof transfer buyicha kurib chiqyapmiz).

Pyanich:

2016 yilning yozida «Yuventus» futbolchi uchun 35 million evro sarflagan. Turt yil utib 60 millionga sotib yuborilyapti. Hammasi bulib 171 uyin, 6 sovrin.

Pyanichning ushanda Turin bilan 5 yilga shartnoma tuzganini etiborga olsak, har yiliga 7 milliondan kharajat qilingan bulib chiqadi. Lekin ikki yil utib, shartnoma yangilandi va endi qolgan 21 millionni 5 yillik shartnoma muddatiga qushsak, 4,2 million kelib chiqadi. Keyingi ikki yilda yana 8,4 million pasaygan va demak, Pyanichning bugungi balans qiymati maoshlarsiz 12,6 million evroni tashkil qilmoqda.

Uni 60 millionga sotgan «Yuventus» 48 million evro foyda qildi, deb aytish mumkin.

Demak, sotishdan «Barselona» va «Yuventus» mos ravishda 52 va 48 million evro daromad qilgan, deyish mumkin. Ammo sotib olingan futbolchiga qilingan kharajatlar shartnoma muddatiga qarab, aytaylik 5 yilga bulib yuborilganda, «Barselona»ning Pyanichga kharajati maoshlarsiz 2020 yilga faqat 12 million, «Yuventus»ning Arturga qilgan kharajati esa, 14,4 million buladi, kholos. Yani baribir, har ikki klub kamida 30-40 milliondan foyda bilan chiqishyapti.

Shunga ukhshash skhemani utgan yili «Yuventus» va «Manchester Siti» ham amalga oshirishgandi. Danilo «Yuventus»ga 37 millionga kelib, Kanselu teskari yunalishda 65 millionga Angliyaga ketgandi. Ushanda ham har ikki transfer alohida qayd etilgan.

The Athletic may oyida «Barselona» Fair Play talablaridan omon chiqish uchun 30 iyungacha 50 millionga yaqin daromad kurishi shartligi haqida yozgandi. Aynan shu kuni moliyaviy yil yakunlanishini hisobga olsak, bu transferlar aynan shu oyda bulishi lozim bulgan.

Tugri, keyinroq bunday shoshilishga hojat yuqligi ham malum buldi – 18 iyunda UEFA pandemiya sharoitlarida Fair Play qoidalari borasida tezkor qarorlar qabul qildi. Unga kura, 2020 va 2021 yillar moliyaviy tomondan bir davr sifatida qaraladi. 2020/2021 yilgi nazorat davri qisqarib, endi faqat 2018 va 2019 yil buyicha etiborga olinadi, kelasi nazorat davri esa, biratula 2018-2019-2020 va 2021 yilni ham uz ichiga oladi.

Transferlar rasman elon qilingan bulsa-da, futbolchilar eski jamoalarida mavsumni tugatib quyishadi va undan sung yangi tarkibga borib qushilishadi. Futbol maydonida hali qaysi futbolchi uzini qanday kursatishi malum emas, Pyanich «Barselona»da ikkinchi yoshligini boshdan kechiradimi, Artur Italiyada yangi Pirloga aylanadimi, malum emas, bu bilan murabbiylar, mukhlislar bosh qotirishsin.

Ana boring, futbol jurnalistlari bekorchilikdan bosh qotirishsin. (Chunki) Bukhgalteriyada hammasi joyida.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

EbEK5IKXYAEQdw4

A Seriya. «Inter» mavsum restartini galaba bilan boshladi

Futbol buyicha Italiya chempionatining qoldirilgan 25-turi doirasida «Inter» 21 iyun, yakshanba kuni «Sampdoriya»ni qabul qildi. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари