Home / Jamiyat / «Energiyadan oqilona foydalanish tugrisida»gi qonunga uzgartish kiritiladi
Место рекламы

«Energiyadan oqilona foydalanish tugrisida»gi qonunga uzgartish kiritiladi

2019 yil 27 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi UzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigilishi bulib utdi. Unda deputatlar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari muhokama qildilar.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investisiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish hamda khizmatlar kursatish sohasini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan “Energiyadan oqilona foydalanish tugrisida”gi Uzbekiston Respublikasining Qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida tayyorlangan.

9mxosnfongbdpgcgpxqo5zno4fydh2g2

Qayd etilganidek, mamlakatda neft-gaz va elektr energetika tarmogi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovasion tekhnologiyalarni joriy etishni ragbatlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biridir.

Qonun tashabbuskorlari tomonidan hududlarda “Energiyadan oqilona foydalanish tugrisida”gi Uzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi buyicha utkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari, shuningdek saylovchilar bilan joylarda bulib utgan uchrashuvlar davomida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari urganildi.

Mazkur jarayonlarda energiya resurslari istemolining samaradorligini monitoring qilishning tasirchan tizimi, shuningdek davlat va khujalik boshqaruvi organlari, muassasalar va tashkilotlarda zamonaviy energiya tejaydigan tekhnologiyalarni joriy etish buyicha khizmatlarning mavjud emasligi, akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalarini joriy etish ishlarining sustligi energiya resurslari kharajatlarini maqbullashtirish imkonini bermayotgani aniqlandi. Utkazilgan tadbirlar natijasi sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurati mavjudligini kursatdi. Aynan shu jihatlar mazkur qonun loyihasini tayyorlashga asos buldi.

– Qonun loyihasining maqsadi energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, boshqa noananaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada yanada oqilona foydalanishning, energiya resurslari istemolining samaradorligini va zamonaviy energiya tejaydigan tekhnologiyalarni joriy etish khizmatlari kursatishning huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat, – deydi UzLiDeP fraksiyasi azosi Qahramon Ergashev. – Unda taklif etilayotgan normalar energiya resurslari kharajatlarini optimallashtirishga, energiya resurslari istemolining samaradorligini tizimli monitoringini amalga oshirishga, istemol qilinayotgan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashga, mamlakatda barqarorlik va iqtisodiy usishni mustahkamlashga, byudjetga tushumlarni kupaytirishga hamda aholining real daromadlarini oshirishga khizmat qiladi.

Yigilish davomida deputatlar tomonidan kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari, shuningdek fraksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham kurib chiqildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Yana 10 kishi is gazidan zaharlandi, ikki fuqaro vafot etdi

2019 yil 9 noyabr kuni soat 07:30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bogdod mahallasida yashovchi ayol …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари