Home / Iqtisodiyot / Energetika vaziri urinbosari: “Svet” uchganda hududiy dispetcherni sukish tugri emas, u yuq narsani bera olmaydi”
Место рекламы

Energetika vaziri urinbosari: “Svet” uchganda hududiy dispetcherni sukish tugri emas, u yuq narsani bera olmaydi”

Sunggi yillarda elektr energiyasi va gaz etkazib berish bilan bogliq muammolar andak jilovlangandek tuyulgandi. Ammo ushbu haftadagi sovuq kunlar masala naqadar jiddiyligini yana bir marta eslatib quygandek buldi. Kun.uz mavjud vaziyat va muammoning echimlari haqida energetika vaziri urinbosari Sherzod Khujaev bilan suhbat uyushtirdi.

Sherzod Khujaev / Foto: KUN.UZ

– Sherzod Hikmatullaevich, siz bilan energetika muammolari haqida bir necha marta suhbatlashganmiz va har safar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib borayotganini takidlagansiz. Lekin bugungi vaziyat butunlay boshqacha manzarani kursatmoqda.

– Suhbatimiz boshidanoq bir gapni aytib quyay – ayni paytda men qanday akhborot bermayin, uzimni va tizimni oqlashdek tuyuladi va buni tugri tushunaman. Endi bevosita savolingizga kelsak, chindan ham ishlab chiqarish hajmi uzluksiz oshib bormoqda. Ammo shu bilan birga istemol ham ortib ketyapti va tan olishimiz kerak, biz bu uziga khos poygada qisman ortda qolyapmiz. Bugungidek sovuq kunlarda bu ayniqsa sezilyapti.

Kuni kecha parlamentda bulib utgan byudjetga oid yigilishda ham bu tugrisida malumot berdim. Joriy yilning utgan 9 oyi mobaynida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga ortgan. Holbuki, bu yilgi belgilangan davrning katta qismi karantin vaqtiga, yani kup joylar ishlamagan paytlarga tugri keldi. Shu kunlardagi istemol utgan yilning mos davridan 10 foiz yuqori va shunda ham kup khonadonlarning elektr taminoti cheklanmoqda.

– Istemol ortib borishi tushunarli, aholi soni kupaymoqda, ishlab chiqarish ortmoqda. Uzingiz aytganday, bu uziga khos poygada ortda qolmaslik uchun nimalar qilinyapti?

– Istemol ortishini hisobga olib, oldimizga bir qator vazifalarni belgilab olganmiz. Khususan, investisiya loyihalari doirasida yil yakuniga qadar jami 1250 megavatt yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.

Bugungi kunda shundan 878 megavattli energobloklar foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Turaqurgon issiqlik elektr stansiyasida 450 megavattli ikkinchi, Takhiatosh issiqlik elektr stansiyasida 280 megavattli birinchi bug-gaz qurilmalari hamda 73 megavattli gidroelektr stansiya agregatlari tizimga ulandi.

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida oltinchi energoblokning quvvati 75 megavattga oshirildi.

Qolgan 372 megavattga teng quvvatlar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Takhiatosh issiqlik elektr stansiyasida birinchi 280 megavattli bug-gaz qurilmasi, Fargona issiqlik elektr markazida 17 megavattli gaz turbina qurilmasi, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida beshinchi energoblokning modernizasiya ishlarini yakunlash natijasida quvvati 75 megavattga oshiriladi.

Hozirda Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida 800 megavattli hamda Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavattli energobloklarda joriy tamir ishlari bajarilmoqda. Tamir ishlari noyabr oyida yakunlanadi va dekabr oyida qurilmalar ishga tushiriladi.

– Kun.uz saytining murojaat telefoniga bulayotgan qungiroqlarning 80 foizdan ortigi aynan elektr energiyasi va gaz etkazilmayotgani buyicha bulmoqda. Energetika vazirligi bunday murojaatlarni urganyaptimi, zarur choralarni kuryaptimi?

– Biz ham shu yurtning farzandimiz, hamma gaplardan khabardormiz, nahotki bunday murojaatlardan bekhabar bulsak? Gap shundaki, bir necha yillar oldin vaziyat bundan-da ogir bulgan, lekin odamlarda hozirgidek murojaat qilishning keng imkoniyatlari bulmagan. Yani murojaatlarning kupligi muammoning keskin kupayganini anglatmaydi, istemolchilarning bu boradagi huquqiy ongi usayotganidan dalolat. Bu javobim ham etishmovchiliklarni oqlamaydi, shunchaki mavjud vaziyatni tushuntiryapman. Kupchilik bizni kabinetdan chiqmaslikda, mavjud vaziyatni bilmaslikda ayblaydi. Holbuki asosiy vaqtimiz joylarda, ishlab chiqarish obektlarida utadi.

Elektr energiyasi shunday mahsulotki, uni saqlab bulmaydi. Ishlab chiqarildimi, darhol istemol qilinishi kerak. Yani biz uni qaerdadir yashirib saqlab quya olmaymiz. Jaydari til bilan aytganda, “svet” uchganda kupchilik hududiy elektr tarmoqlari operatorini sukadi. Ammo ularda ayb yuq, aslida yuq narsani ular topib bera olishmaydi. Sovuq kunlarda istemol karrasiga oshadi, bizning aksariyat uylarimiz, binolarimizda isitish qoloq darajada. Hamma elektr isitkichlarni yoqadi, yuklama keskin ortadi. Bu esa tizimning dosh bera olmasligiga olib keladi.

– Energiya importi buyicha vaziyat qanday? Turkmaniston bizga elektr energiyasi uzatishni tukhtatgani tugrimi?

 Import amaliyoti hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq imzolangan shartnoma shartlariga kura barqaror amalga oshirilmoqda. Shartnoma bekor qilinishi oqibatida import amaliyoti tukhtatilsa, bu haqda ommaviy akhborot vositalariga malum qilinadi. Tekhnik nosozliklar buyicha import vaqtincha tukhtatilgan yoki aksincha, nosozliklar bartaraf etilib, import amaliyoti tiklangan holatlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bu haqda bayonot berib borilmoqda.

– “Svet bulmaganiga yarasha gaz berib turishsa edi” degan etiroz ham juda kup.

– Tuliq khabardorman, vazirligimizning asosiy faoliyat yunalishlaridan biri shu masala. Gaz qazib olish hajmi sunggi yillarda muttasil kamayib borgan. Utgan yili, bu yildan boshlab biz ana shu tendensiyani tukhtatishga erishdik. Bu faqat boshlanishi, endi tizimni modernizasiyalash, yangi konlar ochishga etibor qaratilmoqda.

Gaz etkazib berish muammolariga kelsak, bizdagidek (yani sobiq ittifoqning aksariyat davlatlaridek) gaz etkazib berish tizimi dunyoda yuq, bu samarasiz tizim, yuqotishlar haddan tashqari kup.

Birinchi navbatda shuni takidlash joizki, khujalik yurituvchi subektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish buyicha mavsumiy cheklovlar kiritilyapti va bu hech qanaqasiga mamlakatda tabiiy gaz qazib olish hajmi bilan umuman bogliq emas.

Kuz-qish mavsumida istemol oshib ketishi natijasida birinchi navbatda gaz bilan taminlash lozim bulgan istemolchilar – aholi va ijtimoiy soha obektlari, yani shifokhonalar, maktabgacha talim muassasalari va umumiy urta talim maktablarining gaz taminotida uzilishlar yoki bosimning pasayib ketishi holatlari kuzatilmoqda. Zero har qanday mamlakat uchun aholisini issiqlik va gaz bilan taminlashdan kura muhimroq masala yuq. Cheklovlar sovuq tushishi bilan energiya resurslari istemoli, ayniqsa sutkaning malum bir “tigiz” paytlarida sezilarli ravishda ortishi sababli kiritilib, bu uz navbatida gaz quvurlari tizimi ekspluatasiyasining tekhnologik rejimi tuliq buzilishidan saqlaydi.

Khalqaro moliya institutlari bilan kurilgan choralar tugrisida alohida takidlash joiz. 2025 yilgacha neft va gaz sanoatini rivojlantirish buyicha yul kharitasi ishlab chiqilgan bulib, unda tabiiy gazdan teng va kafolatli foydalanishni taminlash buyicha chora-tadbirlar rejasi kursatilgan. Istemolchi, shu jumladan, tadbirkor tabiiy gaz etkazib beruvchini tanlash huquqiga ega buladi. Bu esa istemolchilar va etkazib beruvchilar urtasida bozor munosabatlari yaratilishini taminlaydi.

Foydalanilayotgan tekhnologiyalarni qayta kurib chiqish, muqobil energiya va issiqlik manbalari, masalan, kumir yoki ballonlardagi suyultirilgan gazdan foydalangan holda boshqacha sharoitlarda ishlash mekhanizmini ishlab chiqishni talab etishi tayin, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil rivojlantirishning yagona yuli hisoblanadi.

– Kup yillar davomida energiya taqchilligining asosiy sababi sifatida ugirliklar kursatildi va ASKUE tizimi yulga quyilishi bu muammoga echim sifatida taqdim qilindi. Ammo ASKUE tizimi ham masalaning tugal echimi emasligi malum bulmoqda.

 Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi 594-son qaroriga asosan elektr energiyasi istemolchilariga joriy yil yakuniga qadar ASKUE tizimiga mos keluvchi hisoblagichlarni urnatish ishlarini yakunlash buyicha ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kun holatiga kura, 4 695 830 ta yoki 63 foiz elektr energiyasi istemolchilariga ushbu tizimga mos hisoblagichlar urnatilgan bulib, ushbu urnatilgan hisoblagichlarning 2 440 763 tasi yoki 52 foizi tizimga ulangan.

Joriy yil yakuniga qadar 2 722 674 istemolchiga ASKUE tizimiga mos hisoblagichlar urnatilishi talab etilib, 2021 yilning

1-choragiga qadar yangi urnatilgan hisoblagichlar tizimga tuliq ulanishi taminlanadi.

Shunga kura, hozirda ushbu tizimni joriy etish tuliq yakunlanmagan bulib, tizimning natijadorligi 2021 yilda uz samarasini kursatadi.

Shu bilan birga, rostini aytishimiz kerak, biz hanuzgacha qarzdor istemolchilarni tarmoqdan ehtiyotkorlik bilan ajratyapmiz. Kunlik kursatkich qarzdorlarning 10 foizidan ham ortmayapti. Tulovlarni uz vaqtida va masofadan turib amalga oshirishni khalqimizga urgatish eng asosiy masalalardan biri bulib qolmoqda.

Bundan tashqari, ushbu tizim orqali istemolchilarning hisoblagichlariga tashqaridan aralashuvlar, noqonuniy foydalanish holatlarining oldi olinishiga erishiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Mutakhassis koronavirusga chalinganda antibiotik qabul qilish masalasida izoh berdi

Grippda ham, koronavirusda ham kasallik chaqiruvchisi virusdir. Bu ikki kasallikda khastalikning boshlanishidan antibiotiklarni qabul qilish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари