Home / Jamiyat / Endi besh yilgacha ish stajini sotib olish imkoni berilishi mumkin

Endi besh yilgacha ish stajini sotib olish imkoni berilishi mumkin

Uzbekistonda ish stajini sotib olish imkoni taqdim etilishi kutilmoqda, cheklov muddati – 5 yilgacha. Kun.uz mukhbiri 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va khorijiy davlatlar tajribasi” khalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Moliya vaziri urinbosari YOrqin Tursunovdan yangi Konsepsiya buyicha olingan malumotlarga asoslanib, shu haqida khabar berdi.

oqwsd4971esz4qr56enbldd7k-9ofx3e

“Yangi Konsepsiyada shunday taklif bildirilganki, unga kura, 5 yilgacha bulgan ish stajini sotib olish imkoni buladi. Masalan, bizda hozir talab qilinadigan ish staji ayollar uchun – 20 yil, erkaklar uchun – 25 yil. Aytaylik, qaysidir sabablarga kura, ish staji erkaklarda 22 yoki 23 yil bulishi mumkin, bu esa tuliq pensiya olish imkoni yuq degani. Bunday holatlarda etishmaydigan 2 yoki 3 yil ish stajini malum bir miqdordagi Pensiya jamgarmasiga badalni tulab, sotib olish imkoniyatini ham berish kuzda tutilgan. Shunda fuqaro tuliq pensiya olish imkoniga ega buladi”, – deydi YOrqin Tursunov.

Yangi Konsepsiyaga kura, ayollar farzand tarbiyasi bilan band bulgan davrda ham ish stajiga ega bulishi mumkin: agar ayol kishi farzand parvarishi bilan band bulib, ishlashga imkoniyati bulmasa, uning turmush urtogi pensiya jamgarmasiga malum bir miqdordagi badalni tulab borib, ayoli uchun ham ish stajini hisoblatishi mumkin.

Yana bir imkoniyatlardan biri ayollar uchun muhim – ularning staji 20 yildan oshgandan keyin har yili uchun yana 1 foizdan qushib beriladi.

Takidlash joizki, 18-20 aprel kunlari Toshkentda Khalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assosiasiyasi va Uzbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi tomonidan tashkil etilgan “Pensiya tizimi islohoti va khorijiy davlatlar tajribasi” mavzusidagi khalqaro konferensiya bulib utmoqda. Bu Uzbekistonda utkazilayotgan birinchi shunday tadbir hisoblanadi. Unda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogiston, Qirgiziston, Moldova, Tojikiston mamlakatlarining pensiya va ijtimoiy fondlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари