Home / Madaniyat / Etikof

Etikof

etikofBarcha Olamlar Robbisi bulgan Alloh taologa hamdu sanolar, Paygambarimiz, U Zotning oilasi, barcha sahobalariga salavotu salomlar bulsin.

Etikofning fazli

— عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ  أَنَّ رَسُولَ اللهِ  قَالَ فِي الْمُعْتَكِفِ: هُوَ يَعْكِفُ الذُّنُوبَ وَيُجْرَى لَهُ مِنَ الْحَسَنَاتِ كَعَامِلِ الْحَسَنَاتِ كُلِّهَا. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam etikof utiruvchi haqida:
«U gunohlarni ushlaydi va etikof utiruvchi uchun yakhshiliklarni, barcha yakhshiliklarni qiluvchiga ukhshatib, joriy qiladir», dedilar»
.
Ibn Moja rivoyat qilgan.

Demak, etikof uni qiluvchi shakhsni gunohlardan tusadi va etikof utiruvchi uchun hamma yakhshiliklarni qilayotganlarga yozilayotgan savobga ukhshash savob yoziladi.

— وَعَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ صَاحِبَ هَذَا الْقَبْرِ يَقُولُ: مَنْ مَشَى فيِ حَاجَةِ أَخِيْهِ وَبَلَغَ فِيْهاَ كَانَ خَيْراً لَهُ مِنْ اِعْتِكافِ عَشْرِ سِنِيْنَ وَمَنِ اعْتَكَفَ يَوْماً اِبْتِغَاءَ وَجْهِ اللهِ تَعَالَى جَعَلَ الله بَيْنَهُ وَبَيْنَ النَّارِ ثَلاَثَ خَنَادِقَ أَبْعَدَ مِمَّا بَيْنَ الخَافِقَيْنِ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ.
Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:
«Ushbu qabr sohibini:
«Kim uz birodari hojati uchun yurib, uni chiqarsa, unga un yil etikof utirgandan yakhshi bulur. Kim Allohning roziligini tilab bir kun etikof utirsa, u bilan duzakh orasida osmon gardishidan kengroq uch khandaq qiladi», deganlarini eshitdim»
.
Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilgan. al-Hokim sahih, degan.

Ushbu hadisda etikof utirish kishi uchun okhiratda qanchalar katta bakht-saodatga sabab bulishini bayon qilishi bilan birga, uzgalarning hojatini chiqarish undan bir necha chandon yakhshiliklarga erishtirishi takidlanmoqda.

— عَنِ الْحُسَيْنِ بنِ عَلِيٍّ  عَنِ النَّبِيِّ  قَالَ: مَنْ اِعْتَكَفَ عَشْراً فِي رَمَضَانَ كَانَ كَحَجَتَيْنِ وَعُمْرَتَيْنِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ. وَاللهُ أَعْلَمُ.
Husayn ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Ramazonda un kun etikof utirsa, khuddi ikki hajdek yoki ikki umradek buladi», dedilar».

Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Bu rivoyatda ham etikofning fazli ulug ekani takidlanmoqda. Shuning uchun bu fazlga erishish maqsadida ilojini qilib, etikof utirish kerak.

Etikofning hikmatlari

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ogoh bulingiz: tanada bir parcha gusht bor, agar u isloh bulsa, tananing barchasi isloh buladi, agar u fasod bulsa, tananing barchasi fasod buladi, u qalbdir». Qalbning fasod bulishiga kupincha Allohga yuzlanishdan chalgitadigan insonning hayot tashvishlari, muammolari va boshqa mashgulotlari sabab buladi. Bu mashgulliklar sirasiga insonning nafsiga yoqadigan turli taomlarni kup istemol qilish, uyin-kulgi, ortiqcha keraksiz gaplar bilan uzun-uzun suhbatlar, kup ukhlash va hokazolar kiradi.

Alloh taolo uz shariatiga shunday ibodatlarni kiritdiki, ularda insonning barcha qalbiy va jismiy khastaliklariga shifo topish mumkin buladi. Etikof deb nomlangan ibodatimiz, inshaalloh, bizga uzining bitmas tuganmas foydalari bilan yordam kursatadi. Etikof ham ruza kabi qalbning qalqonidir.

Dunyo shu darajada tezlashib ketganki, kuz ochib-yumguncha bir kunimiz, haftamiz, oy va yillarimiz bizni tashlab ketmoqda. Bazan uzi bugun nima ishlarimga ulgurdim, deb uylab qolamiz. Keksalarimiz aytganidek, dunyo ishlarimiz hech ado bulmaydi. Hattoki uyidagi ishlar bilangina band bulgan uy bekalarimiz ham, uyining ishlarini hech tugata olmayotganidan shikoyatda buladilar. Yuqoridagi gaplarni keltirishimizdan maqsad shuki, biz shu qadar band bulib qolganmizki, Alloh taolo bilan yolgiz qolib, khotirjam okhiratimiz khususida tafakkur qilishga ham vaqtimiz yuq.

Bizning dinimiz rohiblikni aslo targib etmaydi, aksincha, musulmonlar doimo bir-birlari bilan aloqada, jam bulib yashashlari va ibodatlarini ham birgalikda qilishlariga chaqiradi.
Lekin bazida inson uzining qilgan ishlarini sarhisob qilish uchun ham uzlatga chekinishi foydadan kholi emas, chunki bu anbiyolar sunnatidir. Alloh taolo uz paygambarlariga ham turli kurinishlardagi etikoflarni nasib etgan.

Muso alayhissalom Tur togida, Muhammad alayhissalom Hiro gorida, Yunus alayhissalom esa baliqning qornida uz Robbilariga yolgiz holda ibodat qildilar, tafakkurga chumdilar. Etikofda inson ham ruzador buladi, ham Alloh zikri bilan band buladi hamda nafs talab qilgan narsalardan uzoqda buladi. Etikofda utirish bilan inson nimalarni qulga kiritadi?

Quyida bir qanchasini keltirib utamiz, bular esa faqatgina biz kura olganimiz, kholos, buyuk hikmat egasi bulgan Robbimiz etikofning ichiga yana qanday sirlarni joylashtirgani Uning uziga malum.

  1. Etikofda utirgan inson ruzasini guzal shaklda tutadi.
  2.  Ruzaning savobini ketkazadigan behuda va nojoiz suzlar va amallardan tiyiladi.
    3. Etikofni kechalari bedor holda utkazgani uchun, inshaalloh, okhirgi un kunlikka yashiringan qadr kechasini topish imkoniga ega buladi.
    4. Etikof aslida savobli amal, uning ramazon oyida bajarilishi esa shu savoblarning yanada kup bulishiga sabab buladi.
    5. Uzini va nafsini yakhshi ishlarga kuniktiradi.
    6. Alloh uchun ibodatga ajrab chiqib, paygambarlar sunnatini ado etgan buladi.

7. Uzini uzi sarhisob qilib oladi, agar har oyda bir marta etikof utirsa, bir oylik ishlarini, yilda bir marta utirsa, yillik amallarini hisob-kitob qilib olishga erishadi. Yani shuncha vaqt mobaynida qanday yakhshi amallar qildim, qanday gunohlarga yul quydim. Yakhshi ishlarimni kholis Alloh uchun qildimmi yoki…
Gunohlar qildim, ularning ketidan yuvilib ketishi uchun savobli ish qildimmi, yoki chin tavbamni qildimmi, yoki aksincha insonligimga borib unutib yubordimmi?!
8. Qaysi amallarni bajarishda oqsayapti, shu jihatlarni urganib muolaja qilib chiqadi.
9. Quron va hadislarni tafakkur bilan uqish imkoniyatini qulga kiritadi.

Endi etikofning tarifi bilan tanishib olsak

«Etikof» lugatda «ushlab qolish», «turib qolish» va «lozim tutish» manolarini ifoda qiladi.

Shariatda esa
«Ruzadorning jamoat masjidida etikof niyati ila qolishidir».

Etikofning shariatda mavjud ekaniga Quron, sunnat va ijmo dalolat kiladi.

Alloh taolo:
«Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, etikof utiruvchilar va ruku va sajda qiluvchilar uchun poklab quyinglar» deb amr qildik».

«Baqara» surasidagi ushbu oyatda Alloh taolo Ibrohim va Ismoil alayhissalomlarga bergan amri haqida khabar bermoqda. Baytullohni necha toifa ibodat qiluvchilar uchun poklashlari lozimligi aytilmoqda. Ana usha ibodat qiluvchi toifalar ichida etikof utiruvchilar ham zikr qilinmoqda.

Demak, etikof Quronda zikr qilingan ibodatdir.
Demak, etikof Ibrohim alayhissalomning davrlaridan, qadim zamonlardan buyon bor.

Yana Alloh taolo:
«Va u(ayol)larga masjidlarda etikof utirganingizda yaqinlik qilmang», degan (Baqara: 187).

Bu etikof Quronda zikr qilingan ibodat ekaniga yana bir dalil. Etikof utirgan shakhs uz jufti haloli ila jinsiy yaqinlik qilmasligi kerak va etikof ibodati masjidda ado etilishi lozim.
Etikof Quronda zikr qilingan ibodat ekaniga ushbu oyatlar dalildir.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا زَوْجِ النَّبِيِّ : أَنَّ النَّبِيَّ  كَانَ يَعْتَكِفُ الْعَشْرَ اْلأَوَاخِرَ مِنْ رَمَضَانَ حَتَّى تَوَفَّاهُ اللهُ ثُمَّ اعْتَكَفَ أَزْوَاجُهُ مِنْ بَعْدِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.
Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam, to Alloh u kishini vafot ettirgunicha Ramazonning okhirgi un kunligida etikof utirar edilar. Sungra, u Zotdan keyin, zavjalari utirishdi».
Beshovlari rivoyat qilishgan.

Etikof quyidagi turlarga bulinadi:
1. Vojib.
Bunga nazr qilingan etikof kiradi.
2. Sunnati muakkada.
Bunga Ramazonning okhirgi un kunidagi etikof kiradi.
3. Mustahab.

Bunga yuqorida zikr qilinganlardan boshqa etikoflar kiradi.
Etikof uziga khos alohida ibodat bulib, u ila banda qalb musaffoligiga, dunyoning tashvishlaridan uzilishga, Alloh taologa qurbat hosil qilishga va shu kabi kupgina fazllarga erishadi.

Uning ozi bir kundir. Ammo imom Muhammad rahmatullohi alayhi: «Etikofning ozi bir oz muddat bulsa ham buladi», deganlar va shunga fatvo berilgan. Kim etikofni buzsa, qazosini bajaradi. Khuddi nafl ruzani buzgan odam qazosini tutishi vojib bulganga ukhshab.
Etikof utirgan odam masjiddan inson hojatlaridan boshqa narsa uchun chiqmaydi.

Inson hojatlari deganda katta va kichik tahorat ushatish, najosatni ketkazish va junublikdan gusl qilish kabi ishlar kuzda tutiladi. Mazkur ishlarni qilib bulishi bilan darhol etikof utirgan joyiga qaytadi.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ  إِذَا اعْتَكَفَ لاَ يَدْخُلُ الْبَيْتَ إِلاَّ لِحَاجَةِ اْلإِنْسَانِ. رَوَاهُ مَالِكٌ.
Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon etikof utirsalar, inson hojatidan boshqa narsa uchun uyga kirmas edilar».
Molik rivoyat qilgan.

Ulamolarimiz: «Juma uqiladigan masjidda etikof utirish afzal», deydilar.

Agar uzrsiz malum vaqtga chiqsa, etikofi buziladi.
Shuningdek, garq bulayotgan yoki yonayotgan narsani qutqarish kabi favquloda holatlarda, shuningdek, bemor kurish, janozada qatnashish, guvohlik berish kabi ishlar uchun chiqsa ham etikofi buziladi va qazo lozim buladi.

U, etikof utirgan masjidida eb-ichishi, ukhlashi, savdo molini masjidga keltirmasdan, oldi-sotdi qilishi mumkin. Boshqa kishiga bu ishlarni masjidda qilish mumkin emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etikof utirganlarida shunday qilganlar va bu hojatlarni masjiddan chiqmasdan bajarish mumkin.
U jim utirmaydi. Faqatgina khayrli narsalarni gapiradi.

Etikof utirgan odam ogziga mum solingandek jim utirishi mumkin emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Etikofdagi kishi, namoz uqish, tilovat, zikr, hadis uqish, ilm urganish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning va boshqa Paygambarlarning siyratlarini, ahli solihlar haqidagi khabarlarni urganish bilan mashgul buladi.

Agar kechasi yoki unutib bulsa ham, jinsiy aloqa qilish etikofni buzadi. Shuningdek, farjdan boshqa erga jinsiy aloqa qilish, upish, ushlash tufayli maniy nozil qilsa ham, etikof buziladi. Chunki etikof ham khuddi namozdek narsa. Mazkur narsalarning barchasi namozni buzadi. Ammo nozil qilmasa, mazkur ishlar uzi harom bulsa ham, etikof buzilmaydi. Ayol kishi uyida etikof utiradi.

Yani uyidagi namoz uqiydigan erida. Chunki ayol kishi uchun eng qulay joy ushadir. Agar bir necha kun etikof utirishni nazr qilgan bulsa, usha kunlarning kechalarini ham utirish lozim buladi.

Shuningdek, bir necha kecha etikof utirishni nazr qilgan bulsa, usha kechalarning kunduzlarini ham utirish lozim buladi.
Bunda shart qilmagan bulsa ham, ketma-ket utiriladi. Ikki kunni nazr qilgan bulsa, ikki kunduz va ikki kecha utiradi. Nahorning uzini niyat qilish joiz.

Etikofning shartlari
1. Musulmon, aqlli va balogatga etgan bulishi.
2. Niyat.
3. Masjidda bulishi.
4. Janobat, hayz va nifos qonlaridan toza bulish.

Etikof kilgan odamga mustahab bulgan narsalar
1. Namoz va Kuron tilovati kabi toat-ibodatlarni mul qilish.
2. Foydasiz bulgan suzlardan, janjal, tortishuv va sukinishdan saqlanish.
3. Masjid ichidagi bir erdan ajralmasligi. Imom Muslim roziyallohu anhu Nofe roziyallohu anhudan quyidagi suzlarni naql qildi. Nofe dedi: «Ibn Umar menga masjiddagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etikof qilgan erni kursatdi».

Etikofdagi odamga muboh (rukhsatli) bulgan narsalar
1. Zaruriy ehtiyoj uchungina tashqariga chiqish.
Oysha roziyallohu anho dedilar: «Kasalni ziyorat qilmaslik, janozada ishtirok etmaslik, khotinlarga qul tekkizmaslik va ular bilan qovushmaslik, zaruriy ehtiyoji uchungina tashqariga chiqish etikofdagi odam uchun sunnatdir». Imom Abu Dovud rivoyati.
2. Masjidda uning tozaligiga rioya qilish bilan birga eyish, ichish va ukhlash.

3. Ehtiyojsiz suzlash va boshqalar bilan gaplashish.
4. Sochni tarash, tirnoqlarni olish, badanini tozalash, chiroyli kiyimlarni kiyish va khushbuylanish.
Oysha raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etikof qilgan paytlarida, hujraga boshlarini kiritar va men boshlarini yuvar edim (boshqa bir rivoyatda: boshlarini tarar edim)» (Muttafakun alaykh).
5. Etikof qilgan eridan oilasini kuzatish uchun chiqish.
Sofiya roziyallohu anho rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday qilganlarini rivoyat qilganlar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари