Home / Iqtisodiyot / Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi
Место рекламы

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq vakillari, ikki mamlakat bosh vazirlari Qohir Rasulzoda va Abdulla Aripov ishtirok etadi.

«Aziya plyus» khabariga kura, Tojikiston va Uzbekiston tadbirkorlari sanoat, savdo, turizm sohalarida qushma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.

2019 yilgi Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi yakunlariga kura, Dushanbe shahrida 16ta hujjat imzolangan bulib, unda tovarlar va khizmatlarni eksport va import qilish buyicha kup millionli kelishuvlar kuzda tutilgandi. Tojikiston hukumati iqtisodiy blokidagi manbaning malum qilishicha, joriy yilgi biznes-forum natijalariga kura, kup millionli shartnomalar tuziladi. Forum Tojikiston milliy kutubkhonasi binosida bulib utadi.

20200118_111009Eslatib utamiz, 28-29 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston va Uzbekiston urtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hamkorlik masalalari buyicha qushma qumitaning navbatdagi Majlisi bulib utadi.

Statistika agentligi malumotlariga kura, sunggi besh yil davomida Tojikiston-Uzbekiston tovar aylanmasi qariyb 3,6 baravar usdi: 2014 yil yakunlariga kura, 13 million dollardan 2019 yilda 362 million dollargacha.

Biroq koronavirus pandemiyasi ikki davlat urtasidagi savdo hajmi pasayishiga olib keldi. Tojikiston va Uzbekiston urtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-iyul oylarida 2019 yilning shu davriga nisbatan 11,3 foizga kamaygan. Joriy yilning etti oyida ikki tomonlama tovar aylanmasining umumiy hajmi 148,4 million dollarni tashkil etadi.

Tojikiston mahsulotlarining Uzbekistonga eksporti 35,1 million dollar miqdorida bulsa, Uzbekiston bu davlatga 113,3 mln dollar miqdorida eksport qiladi.

Tojikiston Uzbekistonga asosan alyuminiy, elektr energiyasi, pakhta tolasi, ruda, sement, ishlov berilmagan teri, khom ipak, turli matolar, spirtli ichimliklar, gilamlar va boshqalarni etkazib beradi.

Uzbekistondan esa tabiiy gaz, tuqimachilik mahsulotlari, mineral ugitlar, plastmassa, poyabzal, keramik buyumlar, rangli metallar, elektr va mekhanik uskunalar eksport qilinadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

pGIZKj_NBea5YkaB5IjCPel3QVHr-w08-1

Samarqandda poezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda tukhtashga majbur buldi

6 sentyabr kuni soat 06:43 larda Maroqand–Tinchlik yunalishidagi yuk poezdi Kattaqurgon–Zirabuloq temir yul bekatlarining 4-piketida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари