Home / Madaniyat / Duoning ijobat va hojatning ravo bulishi

Duoning ijobat va hojatning ravo bulishi

duaMisol tariqasida «Sharkhi «Aqidatut Tohoviya» kitobidan iqtibos keltiramiz.

«Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi».

Sharh: Jumhur musulmonlar va boshqa dinlar ahllari ham duo manfaatni jalb qilish va zararni daf etish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bulsin, kofir bulsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga suraganini berishi, rizq va yordam berishi oyat va hadislardan malumdir.

Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Kim Allohdan suramasa, Ul Zot undan gazablanadi», deganlar.

Alloh taolo Uzining olti sifatiga dalolat qilgani sababidan duo qilishga amr qilgandir:

1. Vujud (borligi). Chunki yuqqa duo qilinmaydi. Yuqdan biror narsa suralmaydi.

2. Ganiyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi.Faqirdan biror narsa suralmaydi.

3. Eshituvchiligi. Chunki karga duo qilinmaydi. Kardan biror narsa suralmaydi.

4. Karam (sakhiylik). Chunki bakhilga duo qilinmaydi. Bakhildan biror narsa suralmaydi.

5. Rahmat. Chunki rahimsizga duo qilinmaydi. Rahimsizdan biror narsa suralmaydi.

6. Qudrat. Chunki ojizga duo qilinmaydi. Ojizdan biror narsa suralmaydi.

Duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatni inkor qiluvchidir.

Undan gofil bulgan olti sifatdan gofildir.

Foyda:

Bilingki, sabablarga suyanib, duo qilmaslik, tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik aqldagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz ugirish esa, ishlarni sabablarga boglab quygan shariatga ayb taqashdir.

Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Sabablarga tavakkul qilib (suyanib) qolmaydi ham, ularni behudaga chiqarmaydi ham. Balki Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni ila natijali buladi, deb harakat qiladi.

Alloh taolo duolarni ijobat qilishiga dalil:

1. «Va Robbingiz: «Menga duo qilinglar, sizga ijobat qilurman», – dedi» (Gofir: 60).

2. «Qachonki, bandalarim sendan men haqimda surasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman» (Baqara: 186).

3. «Albatta, ibodatimdan takabburlik qiladiganlar, tezda jahannamga buyin eggan hollarida kirurlar» (Gofir: 60).

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари