Home / Madaniyat / Duolar qabul bulishi uchun

Duolar qabul bulishi uchun

duo-kabul«Duo» lugatda » istamoq, chaqirmoq, yolvormoq» kabi manolarda keltirilgan. Istilohda esa inson uzini khokisor tutib, ehtiyojlarini cheksiz qudrat sohibi Allohdan surashidir.

Duoning mohiyati nimada? Duo ibodatning uzidir va magzidir. Duo bu vujud ila Qodiri mutlaqdan madad surashdir. Duo inson (ruh, tana, aql va qalb)ning Alloh bilan muloqoti. Duo Paygambarimiz alayhissalom ibodatlarining asosidir.

Duoda zamon va makonning ahamiyati bormi? Duo barcha joyda va zamonda maqbuldir. Bomdod namozidan sung, juma kuni, qadr kechasi, ramazon oyi davomida ijobati yanada aniqdir. Makonlardan esa Kabai muazzamada, Arofat togida, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidlari ( masjidi Nabaviy)da qilingan duolar aniq qabul bulishiga dalillar mavjud.

Duolaringiz qabul bulishini istasangiz, qalbingiz va chehrangizda faqat va faqat shukronalik va hayotdan mamnunlik balqib, namoyon bulib tursin. Ochiq chehra va tabassum bilan yuring, Allohim sizdek umidvorining duolarini qabul aylasin.

Kimdandir ranjib, uni kechira olmayotgan bulsangiz, keling, siz uchun muhim, hayotingizda burilish yasaydigan duolaringiz ijobat bulishi uchun eslaganda yuragingiz gash buladigan barcha narsalarni Alloh roziligi yulida kechirib yuboring.

Qalbdagi boshqalarga bulgan nafrat, kek, adovat, gina-kudurat kabi illatlar duolar ijobatini tusib, uzingizni behuzur qilib, yurakda gashlik, ruhiyatda tushkunlik paydo qiladi. Shu kabi gashlikka sabab bulgan illatlarning urnini Allohning zikriga bushatib bersak, duolarimiz qabul buladi, vujudimiz uzi soglom buladi, yanada tetiklashadi, ruhimiz engil tortib, oldinda bajarilishi kerak bulgan amallarga undaydi.

Uzingizga savol bering. Barcha sizga bilib-bilmay ozor berganlarni kechirdingiz, shundaymi? Siz yuragiga ozor berganlar ham anchaginadir balki?! Bandasi rozi bulmaguncha Yaratgan rozi bulmaydi. Kechirim suraylik. Qanday qilib deysizmi? Khohlasangiz, boring yoki telefon qiling, marhamat.

Kechirimli bulish va uzr suray bilish barchamizning qulimizdan keladi. Ishoning! Siz bu olamga keraksiz. Barchamizning aniq maqsad ila yuborilganligimizga ishonchim komil. Alloh bizni bu olamga soppa-sog qilib keltirdi.

Hayotimizdan nolib, behuda tashvishlardan siqilib yashashga haqlimizmi yoki shukronalik ila sabrli bulib yashashgami? Avvalo, ayniqsa, yaqinlarimizga, atrofimizdagilarga tilimiz va qulimiz bilan ozor berishdan tiyilaylik, shunda uzr ham surashning khojati bulmaydi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари