Home / Jahon / Dunyodagi eng kuchli muzyorar kema foydalanishga topshirildi
Место рекламы

Dunyodagi eng kuchli muzyorar kema foydalanishga topshirildi

Rossiyaning yangi muzyorar kemasi “Arktika” atom flotiga foydalanishga topshirildi. Ushbu kema dunyodagi eng kuchli muzyorar kema deb etirof etilgan.

“Atomflot” va kemani qurgan “”Baltiyskiy zavod” kompaniyasi rahbarlari Mustafa Kashka va Aleksey Kadilov Murmansk portida kemani topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashgan. Kemani foydalanishga topshirish marosimida Rossiya bosh vaziri Mikhail Mishustin ishtirok etgan.

“Arktika” 22220 loyihasidagi muzyorar kemalar toifasiga kiradi. Bu kemalar dunyodagi eng kuchlilari hisoblanadi. Ular qalinligi 3 metrgacha muzlarni yorib, kemalarga yul ochadi.

“Arktika”ni qurishga shartnoma 2012 yilda imzolanib, unga 37 mlrd rubl ajratilgan. Kemaning uzunligi 173,3 metrni, eni 34 metrni, suv sigimdorligi 33,5 ming tonnani tashkil qiladi. Hammasi bulib shunday kemadan 5 dona qurish rejalashtirilgan.

Kema sinovlar vaqtida 3 hafta davomida 4,8 ming dengiz milini bosib utib, Shimoliy qutbgacha etib borgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

UsBw7H2fly-QtU2vbL1KWlzVA1Wj2LnQ

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi maglubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning takidlashicha, Demokratlar partiyasi nomzodi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари