Home / Madaniyat / Dizayner Narimon Grigoryan Toshkentdagi uyida uldirib ketildi

Dizayner Narimon Grigoryan Toshkentdagi uyida uldirib ketildi

Taniqli dizayner Narimon Grigoryan bugun, 14 yanvar kuni Toshkentda uldirib ketildi. Bu haqdagi khabarlarni Bosh prokuratura matbuot khizmati boshligi Khayot Shamsutdinov Kun.uz’ga tasdiqladi.

Malum bulishicha, marhumning jasadi u ijarada istiqomat qilib kelgan Yashnobod tumani, Chigil kuchasidagi khonadonning mehmonkhonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Tegishli khabar Yashnobod tuman IIO FBM navbatchilik qismiga soat 11:50lar atrofida kelib tushgan. Tuman prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi quzgatgan.

«Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari kurilmoqda. Natijasi haqida qushimcha akhborot beriladi», – deyiladi Bosh prokuratura malumotida.

Narimon Grigoryan – Uzbekistonning taniqli modeler va kiyim dizaynerlaridan biri, Nariman Grigoryan brendi asoschisi. U 2018 yilda Vogue China jurnali tomonidan «Yil kashfiyoti» nominasiyasida eng yakhshi dizayner deb topilgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари