Home / Jamiyat / Din Kunts koronavirus pandemiyasini bashorat qilganmidi?
Место рекламы

Din Kunts koronavirus pandemiyasini bashorat qilganmidi?

Amerikalik yozuvchi Din Kunts 1981 yilda «Zulmat kuzlari»  (The Eyes of Darkness) nomli asarini elon qilgan. Asarda tasvirlanadigan ajal virusining ayrim jihatlari hozirgi koronavirus fojialarida aks-sado bermoqda. Ammo u pandemiyani bashorat qilganmidi?

Din Kunts / Foto: David Livingston/Getty Images

Koronavirus rasman global pandemiya sifatida tan olindi, lekin odamlar uz tashvish-khavotirlarini turli film, kitoblar va voqealar bilan «tuyintirmoqdalar» , deya voqealarni tahlil qiladi CNN.

Jurnalist Harmit Kaurning qayd etishicha, ayrim asarlardagi afsonaviy tasvirlarning hozirgi voqealarga ukhshashligi internet foydalanuvchilar tomonidan «koronavirus tarqalishi yozuvchilar tomonidan bashorat qilingan»,   deya uylashga sabab bulmoqda.

Bu kabilarning yorqin misoli «Zulmat kuzlari» asaridir. Twitterʼda kupchilik foydalanuvchilar kitobning ayrim sahifalari «skrinshot» lariga tayanib, muallif koronavirusni 1981 yilda tasvirlagan, deyishmoqda.

Royters nashri shu «skrinshot» larning kamida 29 ming marta ulashilganini yozmoqda.

Biroq asar — shunchaki fantastika.

«Zulmat kuzlari»  asaridagi virus odamlar tomonidan yaratilan qurol sifatida tasvirlanadi.

Hikoyaning «skrinshot»  qilingan betida Dombey ismli obraz khitoylik olimning «Uhan — 400»  nomli biologik qurolni AQShga olib kelgani hikoya qiladi.

«Khitoylik olim Li Chen AQShga Khitoyning eng yangi va muhim biologik qurolini olib kirish orqali un yillikda AQShni engdi. Bu modda «Uhan — 400»  deb nomlanadi, negaki uning ustida olib borilgan izlanishlar Uhan shahrining shundoq tashqarisidagi RDNA laboratoriyasida olib boriladi. Virus bitta odamdan 400ga yaqin odamgacha yuqishi mumkin» , — deydi Dombey asarda.

Biroq etibor berish kerak bulgan muhim nuqta – bu asarning birinchi chop etilishida «Uhan — 400»  deb nomlangan biologik qurol Rossiya hududini nazarda tutgan holda «Gorki — 400»  nomi bilan atalgan edi. Asar 1989 yil ikkinchi marta chop etilganda uning nomi «Uhan — 400»  tarzida uzgartiriladi, deb yozmoqda South China morning post.

Koronavirusning Uhanda birinchi tarqalgani rost, biroq uning qanaqadir makhfiy reja asosida qilingan biologik qurol ekanligi haqidagi uydirmalar tasdiqlanmagan akkauntlar orqali tarqatilgan, kholos.

Qolaversa, koronavirusning biologik qurol bulishi mumkinligi ham garb, ham Khitoy olimlari tomonidan rad etildi.

Ekspertlar hanuz virusning aniq kelib chiqish manbalarini aniqlash ustida izlanishmoqda. Biroq koronavirus kurshapalaklar bilan bogliq va u odamlarga yuqquncha mana shu vositachi mezbonlarida yashagan, degan takhmin bor, kholos. Bu khuddi 2003 yilda tarqalgan SARS epidemiyasiga ukhshaydi.

Kitobda esa virus 100 foizlik qirgin quroli sanalgan.

Okhirgi bulimda Dombey virus bilan zararlangan biror odam tirik qolmaganini aytadi:

«Uhan – 400» ning boshqa biologik qurollarga qaraganda ustun taraflari kup. Masalan, agar siz virus yuqtirgan odam bilan kontaktda bulsangiz, atigi turt soatdan sung, siz ham uning tashuvchisiga aylanasiz. Bu juda qisqa muddat. Virusni yuqtirganlar uzogi bilan 24 soatda uladi, kupchilikda bu 12 soatda sodir bulmoqda. «Uhan — 400» ning uldirish tezligi — 100 foiz» .

Bularning birortasi koronavirusga tegishli emas.

Birinchidan, sunggi izlanishlarga kura, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarda uning simptomlari 5 kundan, kupi bilan 14 kungacha, yashirin davrni boshdan kechiradi.

Ikkinchidan, koronavirusning qirgin keltirishi hech qachon 100 foiz kursatkichga etmaydi. Koronavirus ulimlarga sabab bulayotgan bulishi mumkin, biroq bu, asosan, kuchsiz immun tizimiga ega yoki yoshi katta odamlarni uz ichiga olmoqda.

Rasmiylar uzlarida bor malumotlarga tayanib koronavirusning ulim kursatkichini 3-4 foiz atrofida baholashmoqda va bu raqamning nolga tushishiga ham umid qilishmoqda.

Va shuning uchun ham Kuns, ehtimol, kupchilik diqqatini torta oladigan yozuvchi bulishi mumkin, biroq u kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega emas, deb khulosa qilsa buladi.

Malumot uchun, Din Ray Kuns 1945 yilda tugilgan amerikalik yozuvchi. Uning asarlari fantastika, satira, qurquv kabi elementlarni uz ichiga oladi va kup asarlari New York Times bestsellerlari ruykhatiga kiritilgan.

Din Kuntsning asarlari shu paytgacha 450 million nuskhadan kuproq sotilgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkentda issiq suv uchirilmagan holda issiqlik tarmoqlari tekshiruvdan utkaziladi

2020 yilda manbalardan issiqlik tarmoqlarini sinovdan utkazish grafigi tasdiqlandi.  2020-2021 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik kurish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари