Home / Iqtisodiyot / Davlat byudjeti kharajatlari 64,8 trln sumni tashkil etdi, byudjet defisiti 6,7 trln sumga teng buldi
Место рекламы

Davlat byudjeti kharajatlari 64,8 trln sumni tashkil etdi, byudjet defisiti 6,7 trln sumga teng buldi

Davlat byudjetining 2020 yil 6 oylik daromadlari 58,1 trln sumga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi. Hisobot davrida utgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kup mablag tushirilishiga erishildi.

Foto: Shutterstock

Moliya vazirligi akhborot khizmati khabariga kura, daromadlarning 19,7 trln sumi (jami daromadlarning 33,9 foizi) bevosita soliqlar, 21,5 trln sumi (37,0 foiz) bilvosita soliqlar, 9,6 trln sumi (16,7 foiz) resurs tulovlari va mulk soligi va 7,2 trln sumi (12,4 foiz) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi.

Davlat byudjetining 1-yarim yillik kharajatlari esa 64,8 trln sumni yoki YaIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi.

Jami kharajatlar tarkibida ijtimoiy soha kharajatlari eng kup ulushga (53,4 foiz) ega bulib, ushbu yunalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34,6 trln sum mablag yunaltirildi.

2020 yil 1-yarim yillik Davlat byudjeti defisiti 6,7 trln sumni tashkil etdi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12,8 trln sumni, kharajatlar qismi esa 20,2 trln sumni tashkil etdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

20200118_111009

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари