Home / Iqtisodiyot / Chorvoq yulidagi hashamatli uylar buzildi (VIDEO)

Chorvoq yulidagi hashamatli uylar buzildi (VIDEO)

35 yashar tadbirkor Sarvar prezident utadigan yulda joylashgan dala hovlisi 10 iyul kuni buzib tashlanganidan Ozodlikka shikoyat qildi. Suhbatdoshga kura¸ dam olish maskani sifatida ishlatib kelingan dala hovli buzilishi oqibatda 12 kishi ishsiz qolgan.

bc242c28-2928-44d1-a610-93db39bca80a_w1023_r1_s

Mavzuni urganish asnosida, mavsumiy kurort maskani sifatida faoliyat kursatgan Chorvoqdagi 28 ta dala hovli ogohlantirishsiz buzib tashlangani oqibatida yuzdan ortiq kishi ishsiz qolgani¸ dacha egalari daromadidan ayrilgani aniqlandi.

Bustonliq tuman hokimligi vakili dachasi buzilganlarga boshqa hududdan er uchastkasi ajratilishi va tovon tulanishini malum qildi.

 Tadbirkor Sarvar Ozodlik bilan suhbatda hech qanday tovon vada qilmasdan dachasi buzilganligini aytadi:

– Buzishdan oldin hatto hokimlik qarorini ham kursatishmadi. Dachang prezident trassasiga yaqin ekan deb zuravonlik bilan buzib tashlashdi. Imorat 8 yil oldin qurilgan. Kadastr hujjati bor. Men bu qonunsizlikdan barchaga shikoyat qildim, ammo hech kim sen kimsan, demadi, gapimni inobatga olmadi¸- deydi tadbirkor.

Chorvoqdagi buzilaëtgan dala hovli
Chorvoqdagi buzilaëtgan dala hovli

Prezident utadigan yuldagi dachalar buzilgani bois yuzlab kishilar ishsiz qoldi

Mahalliy tadbirkorga kura¸ buzilishlar dam olish sektorida ishlaëtgan yuzlab kishilarni mavsumiy daromaddan mahrum qilgan:

– Chorvoqda barcha dachadan tirikchilik qiladi. Qulimda uch oiladan 12 kishi ishlaydi. Bular ishsiz¸ uch oila daromadsiz qoldi¸ deydi Toshkentlik tadbirkor.

Buzilaëtgan uylar haritasi
Buzilaëtgan uylar haritasi

Uning yana aytishicha, sunggi bir hafta ichida 28 ta dala hovli buzib tashlangan:

– Mana videosini ham yubordim. Buzishning boshida Bosh vazir Aripov turibdi. Buzilaëtgan uylarning ichidan mebellarni ham olib ketishga ulgurishmadi¸ deydi suhbatdosh.

Chorvoq toshkentliklar uchun dam olish maskani
Chorvoq toshkentliklar uchun dam olish maskani

150 ming dollarlik dala hovli

Chorvoqda uyi buzilganlardan biri¸ uzini Farhod deb tanshtirgan tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda 150 ming dollar turadigan dachasidan ayrilganidan shikoyat qildi:

– Sezon boshlanmasidan oldin¸ aprelda 150 ming dollarga sotmagandim. Mana rasmlarini yubordim. Qanday mustahkam va chiroyli qilib qurilgan edi. Buzib tashladi. 20 yildan beri ishlab turgan magazinni ham buzishdi. Dachamni ham, magazinni ham kadastrdan hujjatlari bor edi,- deydi suhbatdosh.

Bir kunda vayronaga aylangan Chorvoq koshonalari
Bir kunda vayronaga aylangan Chorvoq koshonalari

Bosh vazir buzishga bosh-qosh

Suhbatdosh shuncha pul turadigan khovlisi buzilganiga Bosh vazir bosh- qosh bulganligini aytadi:

– 5 ta buldozer, 4 ta “MAN” rusumli yuk mashina bilan kelishdi. Bosh vazir Aripov¸ Toshkent viloyat hokimi Bustonliq tuman hokimi, tuman IIB boshligi uy buzilish jaraënida ishtirok etdi¸- deydi suhbatdosh.

Asosan yul buyidagi uylar buzilmoqda
Asosan yul buyidagi uylar buzilmoqda

Mulozim: Uylar qonunsiz qurilgan

Bustonliq tuman hokimligining ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlikka gapirgan vakili buzilaëtgan uylar eski genplanga qonunsiz kiritilganligini aytdi:

– Buzish haqida qaror bor. Hokim qarori. Buzilaëtgan uylarning kupi noqonuniy tiklangan. Kadastrda bitta vagonchik deb ëzilgan¸ borib tekshirsang bir qasr turibdi. Shu yil may oyida Bustonlida prokuratura tekshirish utkazdi. 2018 yil yanvaridan to maygacha Bustonliq tumanida 93 ta holatda 450 gektar er maydoni noqonuniy ravishda berib yuborilgani aniqlandi. Bu yuzadan predpisaniyalar ëzildi. Shunga qaramasdan¸ insonparvarlik nuqtai nazardan buzilgan uylar uchun tovon berishni vada qildik. Prezident trassasidan uzoqroq joydan er uchactkasi ajratamiz¸ – dedi ismi efirda aytilmasligini suragan hokimlik vakili.

Uy buzilishlari dam olish mavsumiga tugri keldi
Uy buzilishlari dam olish mavsumiga tugri keldi

Respublika Bosh prokuraturasi joriy yil may oyida Bustonliq tuman Er resurslari va davlat kadastri bulimi boshligi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida malumot bergan edi.

Bustonliq tumanining Sijjak qishlogiga yaqin joyda Uzbekiston prezidentining “Qaynarsoy” rezidensiyasi bor.

Chorvoqdagi magazin va kafelar ham buzildi
Chorvoqdagi magazin va kafelar ham buzildi

Check Also

200sum

200 ming sumlik banknotalar muomalaga chiqariladi

Yangi banknotalar 15 iyuldan muomalada buladi. Markaziy bank 2022 yil 15 iyulidan boshlab yangi kurinishdagi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари