Foto: Daily Mail

Daily Mail nashri avtoturargohning qush parvozi balandligidan olingan suratlarini elon qildi.

Kadrlarda sobiq harbiy bazaning butun hududini savdoning keskin tushib ketishi oqibatida dilerlar sota olmay qolgan yangi avtomobillar egallaganini kurish mumkin.

Baza hududiga bir necha mingta avtomobil joylashtirilgan. Avtoturargohda turli mashinalarni topish mumkin: MINI’dan torib Jaguar va Land Rover’gacha.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Qayd etilishicha, sotilmagan avtomobillarning narkhi 43 million dollarga etadi.

Buyuk Britaniyada koronavirus tufayli yangi avtomobillarga bulgan talab urushdan keyingi 1946 yil darajasiga tushib ketdi. Aprelda mamlakatda 871 ta avtomobil sotilgan, bu esa bir yil avvalgi kursatkichdan 97 foizga kam.

Mashinalar hozircha bazada saqlanadi. Dilerlar bir necha haftadan keyin ularni olib ketib, sotishga urinib kuradi.

Agar koronavirus bilan bogliq vaziyat yakhshilanmasa, mashinalar bazada uzoqroq muddatga ham qolishi mumkin.