Home / Iqtisodiyot / Bozorlar va gazetalar. Uzbekistonda mingdan ortiq korkhonalarning davlat ulushi tuliq sotiladi
Место рекламы

Bozorlar va gazetalar. Uzbekistonda mingdan ortiq korkhonalarning davlat ulushi tuliq sotiladi

Uzbekistonda mingdan ortiq korkhonalarning davlat ulushi tuliq sotiladi. Bu haqda 13 mart kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan uyushtirilgan «Transformasiya: iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin kamaytirish» mavzusiga bagishlangan khalqaro tadbirda aytib utildi.

Foto: Advantour

Hozirgi vaqtga kelib davlat ulushidagi korkhonalar soni 2965tani tashkil etayogan bulsa, shulardan 58 foizi DUK, 33 foizi MChJ hamda 9 foizi AKga tegishlidir.

Unga kura, davlat ulushi tuliq sotiladigan davlat ishtirokidagi korkhonalarga quyidagilar kirishi malum qilindi: Neft va gaz sohasida 69ta, energetikada 25ta, kimyo sanoatida 8ta, bank va moliya tashkilotlarida 4ta, yog-moy tashkilotlarida 16ta, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda 11ta, loyihalash institutlarida 23ta, gazeta va jurnallarda 94ta, bozorlar va komplekslarda 509ta hamda boshqa 336ta qushimcha korkhonalar.

Shu bilan birga, ushbu qarorda kupgina kompaniyalarning isloh qilinishi ham nazarda tutilgan. Jumladan, «Uzbektelekom», «Uzbekiston temir yullari», «Uzmakhsusmontajqurilish», «Uzdonmahsulot», «Uzbekoziqovqatkholding», «Uzavtosanoat», «Uzagrosanoatkholding», «Uzagrokimyohimoya», «Toshshahartranskhizmat», «Uzpakhtasanoat», «Uzagroservis», «Uzkimyosanoat» kabi kompaniyalar ham mavjud. Ushbu kompaniyalarda kupgina islohotlarning amalga oshirilishi belgilab quyildi.

Loyihalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korkhonalarni 81 foizga kamaytirish, davlat unitar korkhonalarini 96 foizga qisqartirish, 20ta jamiyatlarda IPO utkazish, kuzatuv kengashi mustaqil azolari sonini 20 foizgacha kupaytirish kutilmoqda.

«Uzbekistan Airways», «Uzbekneftgaz», «Uztransgaz», «NTKMK», «OTMK», «Uzmetkombinat», «Uzbektelekom», «Toshkent RFB» boshqa jami 554ta korkhona davlat ikhtiyorida saqlab qolinsa, ularning 44tasi qisman sotuvga quyiladi.

Qaror bozorlar tizimiga ham tasir etmasdan qolmadi. Shu sababli «Farhod dehqon bozori», «Askiya dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Chorsu buyum savdo kompleksi», «Yunusobod dehqon bozori», «Urikzor», «Chilonzor» va «Bektupi savdo kompleks»lari va boshqa bozorlar shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, «Marifat» gazetasi tahririyati davlat unitar korkhonasi (DUK), «Sharq» AJ, «Huquq va burch» ijtimoiy jurnali DUK, «Uzbekiston nashriyot matbaa uyi» DUK, «Gofur Gulom» nomidagi nashriyot matbaa uyi DUK, «Uqituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi» DUK, shuningdek, «UZDIGITAL TV» MChJ ham davlat ulushidan khususiy sektorga sotilishi belgilab quyildi.

Bundan avvalroq ham prezident qarori loyihasi asosida Uzbekistonda 1115ta davlat ulashlari khususiy sektorga sotilishi haqida khabar berilgan edi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

B1h8cNeAWDt1HBPqQtZSvY1LC3DauZJm

IIV: Qishloq khujalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari harakati cheklanmagan

Uzbekistonda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash doirasida joriy etilgan avtomobillar harakatlariga taqiqlar qishloq khujalik va oziq-ovqat …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари