Home / Siyosat / Bosh prokuratura Moliya vaziri urinbosarining korrupsiyaga aloqadorligini tekshiradi
Место рекламы

Bosh prokuratura Moliya vaziri urinbosarining korrupsiyaga aloqadorligini tekshiradi

Moliya vaziri urinbosari Abdumukhtor Ergashevning korrupsiyaviy ishga aloqadorligi tekshiriladi. Vazir urinbosari ukasining kompaniyasiga bank krediti ajratilishiga erishish maqsadida «Agrobank» rahbariyatiga bosim utkazgani iddao qilinmoqda.

Uzbekiston bosh prokurori Nigmatilla Yuldoshev 11 noyabr kuni bosh vazir urinbosari Jamshid Quchqorovga yullagan khatida Bosh prokuratura tomonidan Davlat moliyaviy nazorati departamentining joriy yilda etishtirilgan galla hosilini moliyalashtirish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yul quyilgani masalasi urganilayotgani bildirilgan. Ushbu khat nuskhasi Kun.uz’da mavjud.

Khatda takidlanishicha, hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan «Pakhta khom ashyosi va boshoqli don ekinlarini etishtirish kharajatlarini kreditlash va topshirilgan mahsulot uchun uzaro yakuniy hisob-kitoblar tartibi tugrisida»gi nizomga kura, tijorat banklari tomonidan boshoqli don ekinlarini etishtirish uchun buyurtmalar bir yilda bir marotaba, 1 sentyabrgacha taqdim etilishi belgilangan.

«Biroq ATB «Agrobank» tomonidan galla hosilini moliyalashtirish yakunlangan bir paytda, Buka tymanidagi «Melek don agro» MChJ uchun 16,3 milliard sum resurs mablagi ajratish haqida 2020 yilning 25 may kuni jamgarmaga buyurtma taqdim qilinib, 26 may kuni jamgarmadan 16,3 milliard mablaglar ajratilishiga erishilgan», — deyiladi Bosh prokuratura khatida.

Malum qilinishicha, ATB «Agrobank» Buka filiali boshqaruvchisi A.Qurbonov va «Melek don agro» MChJ rahbari Mirhomid Ismoilov urtasida 26 may kuni tuzilgan shartnomaga asosan ajratilgan 16,3 milliard sum resurs galla hosilini etishtirish uchun yunaltirilmasdan, noqonuniy ravishda kompaniyaning aylanma mablagini tuldirish uchun berib yuborilgan.

«Bundan tashqari, «Agrobank»ning Qumqurgon filiali hech bir asoslovchi hujjatlarsiz «Bek agro eksport» MChJ uchun 4 milliard sum resurs mablagi ajratish haqida 2020 yilning 16 aprel kuni jamgarmaga buyurtma taqdim qilib, shu kuning uzida 4 milliard sum ajratilgan», — deyiladi khatda.

Takidlanishicha, Moliya vaziri urinbosari Abdumukhtor Ergashevning ukasi Zafar Ergashev rahbarlik qiladigan «Bek agro eksport» MChJ ajratilgan pullarni galla hosilini etishtirish uchun sarflamasdan, jamiyatning aylanma mablagini tuldirish uchun yunaltirgan.

Bosh prokuratura khatida bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan ishga aloqador shakhslardan tushuntirish khatlari olinganda, moliya vazirining urinbosari Abdumukhtor Errashev jamgarma va «Agrobank» boshqaruviga bosim utkazib, uzining ukasi 3afar Ergashev rahbarligidagi «Bek agro eksport» MChJga 4 milliard sum hamda Mirhomid Ismoilov rahbarligidagi «Melek don agro» MChJga 16,3 milliard sum mablaglarni jamgarmadan ajratish haqida topshiriq bergani, shu sababli ularga resurs ajratishga majbur bulishganini bayon qilishgan.

Bosh prokuratura khatida ishlatilgan «jamgarma» suzi bilan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq khujaligini davlat tomonidan qullab-quvvatlash jamgarmasi nazarda tutilgan bulishi mumkin. Ayni paytda ushbu jamgarmaga Moliya vazirligi departament direktori Abdurashid Isroilov rahbarlik qiladi. Isroilov boshchilik qiladigan departament esa aynan moliya vaziri urinbosari Abdumukhtor Ergashev nazoratidagi kompleksga kiritilgan.

Ochiq malumotlarga kura, moliya vaziri urinbosarining ukasi rahbarlik qiladigan «Bek agro eksport» MChJ ustav fondidagi deyarli 60 foiz ulushi Marziya Ismoilovaga tegishli. «Melek don agro» MChJ ustav fondidagi 100 ulush esa Mirhomid Ismoilovga tegishli.

Bosh prokuror uz khatida kursatilgan holatlar buyicha jamgarma mablaglarining ajratilishi va sarflanishi qonuniyligi hamda Moliya vazirligi mansabdor shakhslarining ushbu ishga aloqadorligi yuzasidan tekshiruv utkazilishini tashkil qilishni suragan. Tekshiruv khulosasini 19 noyabrga qadar Bosh prokuraturaga taqdim etish suralgan.

Uz navbatida, bosh vazir urinbosari Jamshid Quchqorov mazkur masalani har tomonlama urganib, 19 noyabrga qadar aniq khulosa taqdim etilishini surab, moliya vaziri Timur Ishmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirining birinchi urinbosari Ilhom Norqulov va boshqalarga topshiriq bergan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Putin Toshkentga bugun kechqurun etib keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Uzbekistonga 18 oktyabr kuni kechqurun etib keladi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари