Home / Jamiyat / «Biz endi ish surab qaerga boraylik?». Surkhondaryoda eri hokimiyat tomonidan olib quyilayotgan fermer murojaatlari ortmoqda

«Biz endi ish surab qaerga boraylik?». Surkhondaryoda eri hokimiyat tomonidan olib quyilayotgan fermer murojaatlari ortmoqda

Respublikaning turli hududlaridan hokimiyat tomonidan fermerlarga qarashli erlar olib quyilishi masalasida tahririyatga murojaatlar soni ortmoqda. Bu safargi murojaat Surkhondaryo viloyati Qiziriq tumanidan. Murojaatni joyiga borib urgandik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Istara-iqtidor rivoji» fermer khujaligi rahbari Samad Turaboev va  «Shakhzod Turaboev» fermer khujaligi rahbari Sherzod Namozovlar bulib utgan voqealarni shunday suzlab berdi.

Samad Turaboevning aytishicha, 2018 yilning 27 dekabr kuni «Yangi taraqqiyot» hududida faoliyat yuritayotgan bir nechta fermerlar erlari hokimiyat tomonidan olib quyilayotgani haqida khabar olgan. Shu zahoti tuplanib, tuman hokimligiga borishgan. Hokim qabulida bulgan choglarida tuman hokimi khavotirga urin yuqligi va kelgusi hosilga tayyorgarlik ishlari bilan band bulishi mumkinligini aytgan. Lekin shu kunning ertasiga ularga tegishli er maydoni boshqa bir «Qiziriq parranda LTD» fermer khujaligiga berib yuborilgan. Ular bundan 2019 yilning 6 yanvarida khabar topishgan. Yana tuman hokimligiga borishgan. 2018 yilning turtinchi choragida er uchun mablag sarflagani va er ularga zarurligini aytib, nega boshqa shakhsga berib yuborilganini surashgan. Lekin tayinli javob olishmagan.


Samad Turaboev va Sherzod Namozov

«Etibor bergan bulsangiz, tumanimizda katta korkhonalar, zavodlar yuq. 633 gektar erda deyarli 1500 ga yaqin inson rizqini teradi. Yangi tuzilgan fermerlik esa 20 tadan ortiq ishchi olmayman deb aytdi.

Hokimning fuqarolarni qabul qiladigan kunlarida bir necha marta bordik. Lekin doim bir gap: «Yangi taraqqiyot» hududidan fermer buladigan bulsa, unga er berilmaydi, deb aytadi.

Janjallardan keyin er boshqa bir «Qiziriq zarbdor parranda LTD» degan tovuqchilik firmasiga utdi, deb eshitdik. Birovning eri bulganidan keyin kirishga ikkilanib turibmiz. Tovuqchalik ham qadrimiz yuqligiga achinib ketamiz.

Erlarda ut usib yotibdi. Bu vaqtda hosilga dori berilishi, sugorilishi kerak. YOvvoyi utlardan tozalanishi zarur. Lekin hech bir ish qilinmayapti», – deb bulgan voqealarni tushuntirdi «Istara-iqtidor rivoji» fermer khujaligi rahbari. Buni boshqa fermerlar ham tasdiqladi.

Shundan sung, izoh olish maqsadida Qiziriq tuman hokimligida bulib, tuman hokimi Olim Muhammadiev bilan suhbatlashdik.


Qiziriq tuman hokimi Olim Muhammadiev

«Muhtaram prezidentimizning Surkhondaryo viloyatiga khizmat safari chogida kengaytirilgan yigilish bulib utgandi. Belgilangan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish uchun «Qiziriq parranda» deb atalgan tashkilot ochdik. Prezident protokoli asosida 1000 gektar er maydoni parrandachilikni rivojlantirish uchun ajratilishi belgilandi. Avvaliga 500 gektar qismi berildi. Prezident topshirigini bajarishimiz kerak.

Shu vaqtgacha uzboshimchalik bilan biror bir fermerning erini olib quymaganmiz. Khabaringiz bulsa, Vazirlar Mahkamasining 14-sonli maqbullashtirish buyicha qarori chiqdi. Qaror buyicha barcha er maydonlari qaytarib olindi. Pul kiritadigan, investisiya kiritadigan fermerga birinchi navbatda er bergin, deyilgan.

Qiziriq tumani hududi asosan chul sharoitida bulsa ham utgan yili 25 million dollarlik mahsulotni eksport qilganmiz. Bu yilga 18,5 million dollarlik mahsulotni eksport qilishni reja qilganmiz. «Qiziriq parranda» firmasining uzi 2 million dollarlik eksport kursatkichlarini amalga oshirdi. Shuning uchun ham mazkur konturdagi 500 gektar er maydonini ham unga berdik.

Keyin usha erga borib fermerlar bilan gaplashdik. Sobiq fermerlar ishchi qilib olib utiladigan bulindi. Berilgan 500 gektar erga 300 ta odamni ishga olmoqchi buldi. Har biriga kamida 700 ming sumdan ish haqi berilishi belgilandi. Erda ishlab galla hosilini topshirganidan sung, ishchilar tomonidan erdan ikkinchi marta foydalanish masalasi kurildi.

Ularning imkoni bulmagach «Qiziriq zarbdor parranda LTD»ga utkazdik. Yaqinda prezident topshiriqlari bilan parranda klasterlari joriy qilinadigan buldi. Hosil topshira olish imkoniyatlari kurib chiqildi. Shu sababli bu tashkilotga berildi.

Bir-ikkita fermer norozi bulib turibdi. Qolgan fermerlar va usha hududda yashovchi aholi bundan rozi. Kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Tugatilgan fermerlarning hammasi chaqirilib, sessiya vaqtida uzlari khabardor qilinib tugatilgan. Ular hosil buyicha ham davlatdan qarzdor bulib qolgan. Qarzlari hozircha muzlatilgan. 2019 yil hosili uchun sarflangan fermerlarning shakhsiy mablaglari qayta hisoblab chiqildi. Jami 1 milliard 300 million sum buldi. Undan tashqari sobiq fermerlarga qarashli kreditlarni ham tulashni uzining zimmasiga oldi.  Tulab beradi albatta», – deydi tuman hokimi Olim Muhammadiev.

Qarorga etibor beradigan bulsak, ijrosi albatta tanlov asosida amalga oshirilishi kerak. Shunday belgilangan. Shu bilan birga tanlovda masullar qaysi talablarga diqqat qaratishi kerak? Ular quyidagilar:

talabgor yuridik va jismoniy shakhsning hisobvaragidagi majburiyatlardan ozod bulgan mavjud pul mablaglari mavjudligiga;

talabgorga yoki uning oila azolariga tegishli yaroqli qishloq khujaligi tekhnikalari mavjudligiga;

talabgorning etishtirgan qishloq khujaligi mahsulotlari eksportga yunaltirganiga;

yaratiladigan yangi ish urinlari soniga;

sunggi uch yil davomida mahsulot etkazib berish buyicha shartnomalar bajarilishiga har bir hokim va mansabdorlar diqqatini qaratishi darkor.

Biz bilan suhbat qilgan fermerlar maqbullashtirish buyicha tanlov utkazilganini rad qilishmoqda. Erlari dekabr oyidayoq olib quyilganini aytishmoqda. Maqbullashtirish buyicha qaror esa joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan. Utkazilgan bulsa, hokimlik rostdan ham qaror talablarini bajarganmi? Fermerlar tomonidan 2019 yil hosili uchun sarflangan mablag taqdiri nima buladi? Ularga qayta hisoblab qaytariladimi? Ular olgan kredit masalasi haqiqatdan ham yangi korkhona tomonidan tulab beriladimi?

Yuqoridagi holat buyicha muammolar vakolatli organlar tomonidan ijobiy hal etilishida tashabbus kursatilishini kutib qolamiz.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари