Home / Jamiyat / «Bizdagilar sovga berishni yakhshi kurishadi» – Ruslanbek Davletov voz kechilishi kerak bulgan milliy ananalar haqida
Место рекламы

«Bizdagilar sovga berishni yakhshi kurishadi» – Ruslanbek Davletov voz kechilishi kerak bulgan milliy ananalar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tashkilotlaridagi korrupsion holatlar va buning milliy mentalitetga aloqadorligi borasida fikr bildirib, milliy ananalar jamiyat rivojiga tusqinlik qilsa, ulardan voz kechish kerakligini takidladi.

«Jamiyatda okhirgi payt korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik oshib, nafrat usdi. Chunki, yangi khabarlar, shaffoflik va davlat kharidlari ochiqlana boshlagach, bu boradagi muammolar ham aniq kurina boshladi. Jamoatchilik byudjet puli qayoqqa sarflanganini kura boshladi.

Lekin hali shaffoflik borasida qiladigan ishlarimiz juda kup, davlat dasturini kuradigan bulsak, «Ochiq va shaffof hukumat» degan dastur ishlab chiqilishi kerak, biz bunga masulmiz – allaqachon loyihani ishlab chiqqanmiz», deya Ruslanbek Davletovning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

U bayramlar vaqtida amaldorlarga sovga-salomlar berish ananaga aylanganini tanqid qilib utgan.


Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

«Bizda shunaqa odat bor, yangi rahbar ishga kelsa, darrov khonasini remont qilishni boshlaydi, katta-katta kharajatlar qiladi. Mashinalar buyicha qanday muammo bulganini kurdik. Chetga, viloyatlardagi safarlar haqida ham gapirilyapti, u erlardagi kharajatlarni kim qoplaydi?

Shunaqa milliy ananalarimiz, qadriyatlarimiz bor. Mehmondustlik deymiz, boshqa deymiz, sovgalar berishni yakhshi kuradi bizdagi insonlar. Bu yil yangi yilda ham shuni kuzatdik. Qashqadaryodan tandir keladi, Khorazmdan guruch keladi. Hamma joyda shu jarayon bulib ketadi.

Milliy ananalar jamiyat rivojiga tusqinlik qilarkan, bu ananalardan albatta voz kechish kerak. Yillar davomida shakllangan bulsa ham rivojlanish tasir qilayotgan bulsa, baribir voz kechishimiz kerak, qadriyat bulsa ham, madaniyat bulsa ham.

Mehmondustlik, uzbekchilik degan gaplarimiz salbiy kontekstda ishlatiladigan bulib qolyapti. Aslida uzbekchilikning tagida juda begubor goyalar yotishi kerak», degan u vazirlik, adliya organlari va muassasalarining 2020 yildagi faoliyati, istiqbolli rejalari tugrisidagi ochiq muloqot vaqtida.

Ruslanbek Davletov amaldorlarni tarbiyalash hukumatning vazifasi ekanini takidlab utgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lQzJN6d1M7PhkTbtG-Gz9Z0Z4_kE5y_o_medium-680x385-680x385

Kuchli brendning yuqligi va valyuta khavfi: Fitch khalqaro reyting agentligi UzAuto Motors’ning zaif joylarini aytdi

Fitch Ratings khalqaro reyting agentligi birinchi bor UzAuto Motors’ning uzoq muddatli khorijiy va milliy valyutadagi kredit …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари